«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet52/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

57 
A.Veber – sanoat shtandortining asoschisidir. 


Shtandort
esa – korxonaning 
o‗rnashgan joyi yoki korxonaning optimal (standart) joylashgan nuqtasi ma‘nosini
anglatadi. Joylashtirish omili u yoki bu korxonani qurishda ko‗zda tutilgan 
iqtisodiy samaradorlik, foyda nuqtai nazaridan baholanadi.
Bu foyda, A.Veber fikricha, asosan, xomashyo, mahsulotni realizatsiya qilish, 
transport va ishchi kuchiga ketgan xarajatlar nisbati hamda asosiy ishlab chiqarish
fondlari qiymatidan tashkil topadi. Keyinchalik u xomashyo va mahsulotni sotish 
bilan bog‗liq omilni umumiy transport sarf-xarajatlariga kiritdi. Chunki,
mahsulotning tannarxiga xomashyoni keltirish, mahsulotni realizatsiya qilish bilan 
bog‗liq xarajatlar ham kiradi. Natijada, sanoat shtandortini belgilovchi ikkita omil
– transport va ishchi kuchi (mehnat resursi) olindi. Veber keyinroq ularga yana bir 
muhim omilni – aglomeratsiya omilini qo‗shdi.
Transport omiliga mahsulot yoki xomashyoning vazni, tashiladigan masofa
mehnat resursida ish haqi, aglomeratsiya omilida esa, korxonalarning bir joyda
to‗planishi hisobga olinadi. 
A.Veber ilmiy adabiyotda o‗zining shtandort nazariyasi, ―joylashtirish omili‖
va ―aglomeratsiya samaradorligi‖ tushunchalarini kiritganligi bilan mashhurdir. 
Aglomeratsiya samaradorligi – bu asl mohiyatiga ko‗ra mujassamlashuv
(konsentratsiya) samaradorligi bo‗lib, unga hozirgi kunda korxonalarning 
yiriklashuvidan, ya‘ni miqyos, masshtab iqtisodi asosida emas, balki
korxonalarning kooperatsiya va ixtisoslashuv natijasida erishiladi. 
I.Tyunen (qishloq xo‗jaligi) va A.Veberning (sanoat shtandorti) g‗oyalari
abstrakt sharoitlarni hisobga olgan holda yaratilgan bo‗lsa-da, ularning ilmiy 
ahamiyati hozirgacha yo‗qolmagan. Bu olimlarning g‗oyalarini ―omillar tahlili‖
shaklida umumlashtirish mumkin. Omillar esa hududda ayrim joylarni tanlab olish 
va pirovard natijada, hududiy mujassamlashuv va hududiy notekisliklarni yoki
geografik tengsizlikni keltirib chiqaradi. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling