«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet54/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

59 
tamoyillarni hozirgi kunda O‗zbekistonni iqtisodiy rayonlashtirish masalalariga 

tatbiq qilish ahamiyatdan xoli bo‗lmasa kerak.


Ta‘kidlash joizki, I.Tyunen va A.Veber g‗oyalari o‗z davri talabiga mos 
kelardi. Chunki, u davrda hududning iqtisodiy sig‗imi, zichligi uncha yuqori emas,
hududiy-iqtisodiy manzara qutbiylashmagan, ya‘ni deyarli bir tekis edi. Ana 
shunday iqtisodiy geografik holat alohida korxona yoki tarmoqlarni ayrim joylarda
o‗rinlashtirish ta‘sirida o‗zgaradi, notekislik xususiyatini oladi. Boshqacha qilib 
aytganda, avvalgi tabiiy ko‗rinishdagi iqtisodiy tekislik notekislikka, hududiy
mujassamlashuvning kuchayishiga o‗zgaradi. Buning natijasida notekislikni 
tekislashga urinib ko‗radigan ilmiy izlanishlar talab etildi. Xuddi shunday regulyar
tizimga moslashgan ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‗rsatish sohalarini 
hududiy tashkil qilish g‗oyalarini V.Kristaller va A.Lyosh yaratdi.
Iqtisodiyot nuqtai nazaridan uncha o‗zlashtirilmagan, xo‗jalik sig‗imi past 
hududlarni rivojlantirish va jonlantirish borasida o‗sish qutblari va rivojlanish
markazlari to‗g‗risidagi nazariya ham katta ahamiyatga ega. Uning asoschisi 
fransuz olimi

Fransua Perru
dir.

F.Perru ―Markaziy o‗rinlar‖ g‗oyasidan kelib chiqdi, omillarni emas,


tarmoqlarni rivojlanish xususiyati, harakatchanligi, atrofga ta‘siri bo‗yicha 
tabaqalashtirdi va ularni uch guruhga ajratdi. U, eng avvalo, hududiy iqtisodiy
munosabatlarda tengsizlik, nobarobarlikni tan oldi va mutlaq jihatdan tenglikni 
amalga oshirish mumkin emasligiga to‗la ishondi.
Perru fikricha, iqtisodiyot tarmoqlari tez, jadal rivojlanish, rayon hosil qilish 
salohiyatiga, qobiliyatiga ega bo‗lib, aynan ana shunday mintaqaviy iqtisodiyotni
harakatga keltiruvchi tarmoqlar rivojlanishi o‗sish markazlarini tashkil qiladi. 
Markazlarning mustahkamlanishi, ularda turdosh korxonalarning ko‗payishi,
atrofga bo‗lgan ta‘sir doirasining kengayishi natijasida o‗sish qutblari vujudga 
keladi.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling