«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet48/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

53 
xalqaro erkin savdoning rivojlanishidan manfaatdor mamlakatlar undan mustaqil 

ravishda eksporter yoki importyorligidan qat‘iy nazar, albatta, yutishini ko‗rsatdi.


A.Smit ―almashinish har bir mamlakat uchun foydali ekanligini, har bir mamlakat 
unda mutlaq ustunlikni topishini‖ isbotladi. Xalqaro savdoda mutlaq ustunlik bu –
mamlakatda ishlab chiqarishda boshqa mamlakatda mumkin bo‗lmagan kam 
mehnat sarflab tovar ishlab chiqarishdir.
A.Smit tahlili klassik nazariyaning tayanch nuqtasi sifatida erkin savdo 
siyosatining barcha turlariga asos bo‗lib xizmat qiladi. Biroq, bu mulohazalarni
oxirigacha davom ettirib, shunday xulosaga kelish mumkin: agar mamlakat 
chetdan cheklanayotgan miqdorda, arzon bahoda istalgan barcha narsasini topsa,
uning manfaatlari chetda ―hammasi‖ tusini oladi. Uning o‗zi sotish uchun biror-bir 
narsa ishlab chiqarayaptimi? Hech narsa buni kafolatlay olmaydi. Ana shunda uni
o‗zi sotib oladigan narsalariga umid bog‗lashdan boshqa iloji qolmaydi. Turgan 
gapki, bunda mutlaq usutunlik nazariyasi boshi berk ko‗chaga kirib qoladi.
D.Rikardo ―Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqqa tortish‖ (1819-y.) 
kitobida bu boshi berk ko‗chadan chiqishning klassik nazariyasini olg‗a suradi. U
xalqaro ixtisoslashuv mezonlarini ajrata turib, ikki davlat o‗rtasida qaysi doirada 
almashinish maqbulligini ko‗rsatadi. Har bir mamlakat o‗z manfaatidan kelib
chiqib ishlab chiqarishda ustunlik beradigan yoki nisbatan kam foyda beradigan 
sohaga ixtisoslashishi mumkin. Uning mulohozalari taqqoslama ustunlik
nazariyasida o‗z aksini topadi. 
D.Rikardo xalqaro almashinuv barcha mamlakatlar uchun zarur va manfaatli
ekanligini ko‗rsatib berdi. U shunday baho hududi (zonasi)ni aniqladiki, uning 
ichida almashinish hamma uchun foydalidir.
Jon Styuart Mill o‗zining ―Siyosiy iqtisod asoslari‖ (1848-y.) ishida 
almashish qanday bahoda amalga oshishini ko‗rsatdi. Millning xulosasiga ko‗ra,
almashish bahosi talab va ehtiyoj qonuni asosida belgilanadi va har bir mamlakatni 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling