«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet44/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

49 
Osiyoda bunday kafedra ilk bor Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)da 

1940-yilda tashkil qilingan edi.


O‗zbekiston hududida dastlabki iqtisodiy va iqtisodiy-geografik bilimlar uzoq 
tarixga egaligi bilan ajralib turadi. Sug‗orma dehqonchilik, irrigatsiya inshootlari,
shaharlar va mamlakatlar, aholishunoslik va hunarmandchilik, arxeologiyaga doir 
ma‘lumotlar yirik mutafakkirlar Mahmud Qoshg‗ariy, Muhammad Ibn Muso al-
Xorazmiy, Abu Abdulla Muhammad ibn at-Termiziy, Ahmad al-Farg‗oniy, Abu 
Nasr Forobiy, Abu Zayd Balxiy, Abu Abdulla Jayhoniy, Abu Abdullo Xorazmiy,
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Xoraqiy, Mahmud az-Zamaxshariy,
Xafizi Abru, G‗iyosiddin Naqqosh, Mirzo Ulug‗bek, Ali Qushchi, Zahiriddin
Muhammad Bobur kabilarning asarlarida o‗z ifodasini topgan. 
Jumladan, Mahmud Qoshg‗ariyning ―Devonu lug‗otut-turk‖ nomli asarida
tabiat tasvirlari, yershunoslik, ekologik va geografik ma‘lumotlar berilgan. 
Muhammad ibn Muso Xorazmiyning (780-847) ―Yerning tasviri‖ va ―Xorazm
geografiyasi‖ nomli asarlari yer bilimi, kartografiya, geodeziya va 
mamlakatshunoslikka oid qimmatli ma‘lumotlarga boy.
Al-Beruniy va Ibn Sino asarlari XVIII asrga qadar Yevropa oliy o‗quv 
yurtlarida darslik sifatida qo‗llanib kelingan bo‗lsa, Xorazmda ―Ma‘mun
akademiyasi‖ va Ulug‗bek ilmiy maktabi Markaziy Osiyo hududidagina emas
balki butun jahonda ilm-fanning rivojlanishiga beqiyos hissa qo‗shdi. Ayniqsa,
Z.M.Boburning ―Boburnoma‖ asari Farg‗ona vodiysi tabiati, xo‗jaligi, aholisi va 
shaharlariga doir g‗oyat qimmatli ma‘lumotlar berilgani bilan ajralib turadi.
Markaziy Osiyo hududini ilmiy jihatdan tadqiq etish XVII asr oxiridan XX 
asr boshlariga qadar Rossiya imperiyasi tomonidan o‗lka boyliklarini o‗z
manfaatlari uchun foydalanish imkoniyatlarini o‗rganish maqsadida tashkil etilgan 
qator ilmiy ekspeditsiyalari faoliyati bilan bog‗liqdir. O‗lka Rossiya imperiyasi
tomonidan mustamlakaga aylantirilganidan so‗ng 1897-yili Toshkent shahrida 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling