«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet43/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

48 
D.Harveynning ―Geografiya fanining umumnazariy masalalari‖, uning vatandoshi 

G.Uaytning tabiiy resurslar va tabiiy ofatlarga bag‗ishlangan asarlari shular


jumlasidan. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning shakllanishi va rivojlanishida geografiya
jamiyatlarining tashkil etilishi ham ma‘lum ahamiyatga ega bo‗lgan. Chunonchi, 
bunday jamiyat dastlab, Parijda (1821), so‗ngra Berlinda (1828), Londonda (1830),
Nyu-Yorkda (1852) va Avstriyada (1856) tashkil etilgan edi. Peterburgda esa u 
1845-yilda tashkil etildi. Rossiya geografiya jamiyatining tashkil etilishi va uning
faoliyatida V.P.Litke, P.T.Semyonov Tyan-Shanskiylarning xizmati katta bo‗lgan. 
Biroq, bu ijtimoiy tashkilotlar doirasida sof iqtisodiy geografik masalalar kam edi.
Masalan, Rossiya Geografiya jamiyatida 4 ta bo‗lim mavjud bo‗lgan: tabiiy 
geografiya, matematik geografiya va kartografiya; etnografiya; antropologiya va
tarixiy geografiya; statistika va siyosiy iqtisod. 
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ (Iqtisodiy
geografiya) fanining shakllanishida rus geografi va kartografi, geografiya fanlari 
doktori, sobiq Ittifoq davrida Fanlar akademiyasining faxriy a‘zosi, iqtisodiy
geografiya borasidagi maktab va oliy o‗quv yurtlari uchun mo‗ljallangan o‗quv 
darsliklar va qo‗llanmalar muallifi – Baranskiy Nikolay Nikolayevichning (1881-
1963) xizmatlari kattadir. 
―Iqtisodiy geografiya‖ fanining tarixiy rivojlanishi, eng avvalo, shu fan nomi
bilan yuritiladigan kafedralarning ochilishida ham o‗z aksini topdi. Jumladan
bunday kafedra birinchi marta Rossiyada, ya‘ni Peterburg Politexnika Institutida
professor V.E.Den tomonidan 1902-yilda ochilgan edi. Keyinchalik u Rossiya 
iqtisodiy geografiyasining birinchi professori sho‗rolar davrining dastlabki
yillarida shunday kafedrani Sankt-Peterburg Universitetida ham tashkil qilgan edi. 
Sobiq Ittifoq iqtisodiy geografiyasining asoschisi N.N.Baranskiy iqtisodiy
geografiya kafedrasini 1921-yilda Kommunistlar Universitetida ochgan. O‗rta 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling