Badiiy asarlarda va sheriyatda belgi bildiruvchi so’zlarning uslubiy vazifalari Erkinov Shohjahon group 2003 O'zbek tilida belgi bildiruvchi so‘zlar. - Sifat so‘zlarining o‘zaro sinonimiyasi, ularning turli nutq uslublarida farqlanish, sifat darajalarini hosil qiluvchi shakllarning ma'nosidagi farqlar, shuningdek, badiiy adabiyotdagi epitetlarning sifatlardan ifodalanishi bu turkum so‘zlarning boy uslubiy imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Sifatning asosiy
- morfologik belgisi uning daraja ko‘rsatkichiga ega bo‘lishidir. Ammohamma sifatlar ham bunday xususiyatga ega emas. Oilaviy, g‘oyaviy, devoriy, sirtqi, ichki, kuzgi kabi nisbiy sifatlarga daraja shakllarini qo‘shib ishlatish uslubiy xatoga olib keladi. O‘zbek tilida belgining ortiqligi ma'nosi fonetik, leksik, leksik-semantik usullar bilan ifodalanadi: sap-sariq juda sariq; qop-qora- o‘ta qora-ko‘mirdek qora. Bu holat, ya'ni biror ma'noni turli shakllar orqali ifodalash sinonimlikni yuzaga keltiradi: yuzi qizil bola - yuzi anordek qizil bola kabi.
Sifatlarda yana quyidagi holatlar kuzatiladi: - Sifatlarda yana quyidagi holatlar kuzatiladi:
- Sifatlardagi qiyosiy darajani yasovchi -roq qo‘shimchasi o‘rnida -mtir, - imtir, - ish qo‘shimchalari qo‘llanishi mumkin: ko‘kroq - ko‘kish, qoraroq - qoramtir.
- 2.-gina (-kina, -qina) affikslari sifat o‘zaklariga qo‘shilganda yoqimtoylik, kichiklik ma'nolarini ifodalash bilan birga salbiy belgi munosabatlarini ham ifodalab kelishi mumkin:U qiz xunikku ; Xayr, o‘g‘rigina bolam, kelib tur. (G‘.G‘ulom)
- Sifat yasovchi qo‘shimchalar orasida sinonimlik hodisasi ko‘plab uchraydi: aybdor - aybli, serg‘ayrat - g‘ayratli, chopqir - chopag‘on, beg‘ubor - g‘uborsiz, bama'ni - ma'nili. Barcha holatlarda ham yuqoridagicha ma'nodoshlik yuzaga kelavermaydi. Masalan, nodavlat tashkilotlari deyish o‘rniga bedavlat tashkilotlari deyilsa, uslubiy g‘alizlik yuzaga keladi.
- Bu qo‘shimchalar orasida antonimlik hodisasi ham uchraydi: suvli - suvsiz; o‘rinli-noo‘rin.
Do'stlaringiz bilan baham: |