«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
15 bo'lmay, balki u o'z nomi bilan Hazrati Insondir. Shuning uchun iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada inson tabiati, biogeografiyasi, yashash tarzi, urf-odati kabi sof ijtimoiy masalalarning hududiy jihatlari ham o'rganilishi lozim. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda, fan-texnika taraqqiyoti va boshqalarda inson omili, uning talab va ehtiyoji, dunyoqarashi muhim o'rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, demosentrik tamoyil ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishda e'tiborga olinishi bilan bir qatorda, insonning o'zi ham o'rganilishi ahamiyatdan xoli emas. Chunonchi, uning dam olishi, davolanishga o'xshash bevosita ishlab chiqarish jarayonidan tashqarida yotgan va kishi yashashi, tafakkuri bilan bog'liq barcha masalalar sotsiologiya, etnologiya, psixologiya fanlari qirrasida tadqiq etilishi kerak. Shunday qilib, hududiylik, komplekslilik, tarixiylik, ekologik hamda demosentrik yondashuvlar iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning birligini ta'minlaydi. Shu bilan birga, bu asosiy prinsiplar alohida-alohida emas, balki birgalikda kuchli, ta'sirchan bo'ladi. Ular ushbu fanni ijimoiylashtirish, siyosiylashtirish, iqtisodiylashtirish va mahalliylashtirish kabi yo'nalishlar yordamida amaliyotga tatbiq etilsa, u yanada samaraliroq natijalar beradi. Geografiya fanining yana bir ajoyib va betakror imtiyozi bor. Bu ham bo'lsa, uning integratsion salohiyatining kuchliligidir. Qamrovi keng bo'lgan geografiya juda ko'p fanlar bilan «qo'shnichilik» qiladi va tutash mavqega ega. Ular jumlasiga tarix, biologiya, geologiya, sotsiologiya, demografiya, iqtisodiyot, ekologiya psixologiya huquqshunoslik, shaharsozlik, tibbiyot va boshqalar kiradi. Demak, geografiya bu fanlar bilan aloqada va uning kuchi ham ana shunda. Boshqacha qilib aytganda, geograflar uchun turli fanlar qirrasiga yangi-yangi yo'nalishlar va yutuqlarga erishish imkoniyati mavjud. Chunki geografiya fani barcha fanlar tiziinida qulay «geografik o'ringa» ega, u markazda (maxrajda) va shuning uchun qolgan fanlar istasa-istamasa geografiyaga to‘qnashadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling