«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
8 jamiyat taraqqiyotidagi turli davrlar xususiyati aniqlanmasa, ushbu fan o'z mohiyatini yo'qotadi). Zero, hamma joyda bor narsa geografiyada mutlaqo bo'lmasligi kerak. Agar hamma joy bir rangda tekis, bir xil darajada bo'lganda edi, geografiyaning ham, qolaversa, jamiyat rivojlanishining ham o'zi bo'lmas edi. Bizning ta'rifimiz kengayib ketmasligi, mumkin qadar qisqaroq bo'lishi uchun unga majmualar yoki komplekslar (tizimlar) g'oyasi kiritilmadi. Aslida esa iqtisodiy va ijtimoiy geografiya o'zi o'rganayotgan voqelikni muayyan hududda va faqat alohida-alohida emas, balki o'zaro aloqadorlikda, ya'ni ma'lum bir hududiy tizimlar doirasida ko'radi. Shu bois, yuqorida berilgan ta'rifni yanada mukammallashtirilsa bo'ladi, ya'ni: «iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ishlab chiqarish kuchlarini turli mamlakat yoki rayonlarda rivojlanish va joylanish xususiyatlarini hamda inson hayot faoliyati va yashash tarzini hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar yoki majmualar doirasida o'rganadi», deb ifodalash mumkin. Albatta, har qanday fanning predmeti, ta'rifi uning asosiy tamoyillarini o'zida aks ettirishi shart. Chunki o'zining metodologiyasi va metodi, tadqiqot predmeti va prinsiplariga ega bo'lmagan fan mustaqil fan hisoblana olmaydi. Demak, geografiya va, shu jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining bosh tamoyillari nimalardan iborat? Fikrimizcha, bu yerda turli darajadagi asoslar mavjud, ularning ayrimlari faqat shu fanga tegishli bo'lsa, qolganlari umumilmiy, falsafiy ahamiyatga ega. Shubhasiz, geografiya fanining eng birinchi tamoyili uning hududiyligi dir. Zero, geografiyani hududiy munosabatlarsiz, makon tushunchasisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ammo, shu bilan birga, hududga o'ziga xos borliq sifatida turlicha yondoshiladi. Masalan, muhandislik (yersozlik) hamda rayon planirovkasida ko'proq hududni tashkil etishga e'tibor beriladi. Bunda yer maydonining o‘zi ma‘lum maqsadlar uchun tayyorlanadi. Jumladan, uni barcha infrastruktura |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling