Noshirlik ishiga oid davlat hujjatlari


NOSHIRLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA


Download 20.96 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi20.96 Kb.
#1468056
1   2   3
Bog'liq
Robiya. muqovalash--8--

NOSHIRLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 4-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 23-aprelda ma’qullangan.
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi noshirlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Noshirlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik
Noshirlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida O‘zbekiston Respublikasining noshirlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
adad — noshirlik mahsulotining tayyorlangan nusxalari soni;
nashr — moddiy jismda matn va (yoki) tasvir tarzida qayd etilgan, tahririy-noshirlik jihatdan ishlov berilgan, noshirlik mahsulotini tayyorlash uchun mo‘ljallangan axborot;
noshirlik mahsuloti — chop etish matbaachilik texnologiyalarini va (yoki) vizuallashtiruvchi dasturiy-texnologik vositalarni qo‘llash yo‘li bilan nashrga muvofiq tayyorlangan mahsulot;
noshirlik faoliyati — nashrlarni tayyorlashga va chiqarishga qaratilgan tashkiliy, ijodiy, ishlab chiqarish chora-tadbirlari hamda boshqa chora-tadbirlar majmui.
4-modda. Noshirlik faoliyatining asosiy prinsiplari
Noshirlik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: noshirlik faoliyatining erkinligi; kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish va oshirish; mualliflik huquqlarini himoya qilish; noshirlik faoliyati erkinligini suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik.
5-modda. Noshirlik faoliyatining erkinligi prinsipi
Noshirlik faoliyati subyektlari o‘z faoliyatida, shu jumladan mavzuni, ixtisoslashuvini, ishlab chiqarish kooperatsiyasini aniqlashda, mualliflarni tanlashda, adadni, noshirlik mahsulotining narxlarini belgilashda, o‘zaro aloqalarning, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning shakllarini belgilashda mustaqildir.
Agar davlat organlarining va jamoat birlashmalarining mansabdor shaxslari nashrning mualliflari bo‘lmasa, ushbu mansabdor shaxslar tomonidan nashriyotlardan materiallarning oldindan kelishib olinishini, matnni olib tashlashni yoki uning ayrim qismlarini tuzatishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Nashrga tayyorlangan qo‘lyozmalarni va materiallarni senzuradan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.


XULOSA:

Nashriyotlar kitoblari, asosan, Toshkent matbaa kombinati, Rangli bosma fabrikasi, 1-Toshkent bosmaxonasi, Toshkent kitob-jurnal fabrikasi, "Tezkor" bosmaxonasi, Yangiyoʻl kitob fabrikasi, "Rastr" qoʻshma korxonasida, "Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasida bosiladi. Nashriyotchilar va matbaachilar oʻz soxalariga zamonaviy noshirchilik, bosma usullar, yangi texnika joriy qilib bormoqdalar. Bosmaxonalar keyingi davrda texnologik jihatdan qayta qurildi.


Korxonalar va tashkilotlar Germaniya, AQSH, Shvetsiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya kabi matbaa sanoati ta-raqqiy etgan mamlakatlar bilan amaliy aloqalar oʻrnatishgan. Oʻzbekistonda 2002-yil jami 969 nomda 16,5 mln. nusxa kitob chiqarildi. 2002—2003 oʻquv yilida jami 519 nomda 31,0 mln. nusxada maktab darsliklari chop etildi. Oʻzbekistonda N.ka doyr masalalar, asosan, "Oʻzbekiston matbuoti" jur.da yoritiladi.



Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling