Nosirjon uluqov lobar abduhamidova zniitq macfaniyati taCqin va tafiCiCCari
Download 410.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Nutq madaniyati. Uluqov.N
1 Жуманиёзов P. Дил - кулф, тил - калит. - Тошкент: Узбекистан, 2015. - Б. 26.
Keltirilgan misollar shu manbadan olingan. Boshqa o ’rinlarda sahifa qavs ichida beriladi. O'tmish allomalaridan to bugungi kun ilm ahligacha sukut donishmandlikning eng asosiy belgilaridan biri ekanligi e ’tirof etiladi. Ilm shunday xilqatki, uning mashaqqadi yo'lini har kim ham bosib o'tolmaydi. U insondan cheksiz sabr va matonat talab qiladi. Rahimboy Jumaniyozov fikricha, notiqlik ilm sifatida keng amaliy tajribani ham talab qiladi: ''limning avvali - sukut, so 'ng eshitish, so 'ng yo d olish, s o 'ng amal qilish, so'ng uni tarqatishdir. Notiqlikning avvali - sukut, so'ng tinglash, yo d olish, aql chig’irig ’idan o'tkazish, amal qilish va some 'ga bayon etishdir”. (28-bet) Harakat va izlanish hayotning davomiyligi va tiriklikdan nishona-dir. Suv ham oqmasa, u asta-sekin o'zidan turli noxush hidlar chiqara boshlaydi. Oqibatda esa qurishga mahkum. Har qanday bilim doimiy takrorlab turilmasa, xotiradan chiqadi. Bilimning mavjudlik sharti ham takrordadir. Rahimboy Jumaniyozov ko'rsatishicha, ayniqsa, nutqiy amaliyotda takrorlashning o'm i nihoyatda ahamiyatlidir: “Notiqlik tinimsiz izlanish, intilish va kundalik m ashg’ulot bo'lishi kerak. Suvdagi holatingizni tasavvur qiling. Qimirlab turmasangiz cho'ka boshlaysiz. Notiqlik ham doimiy mashqni talab etuvchi san ’atdir". (88-bet) So'zning inson hayotida tutgan o'm ini hech qanday o'lchov bilan baholab bo'lmaydi. Xalq og’zaki ijodi namunalarida so'zga bildirilgan munosabatlami istagancha topish mumkin. Mehrli so'z inson umrini uzaytiradi. Qahrli so'z egasi esa omma qahriga uchraydi. Shunga binoan so'zga ko'plab ta’riflami keltirish mimkin. Olim so'zni quyidagicha ta’rif- u tavsif etadi: “So 'z - ne ’mat, so 'z - rag ’bat, s o 'z - d a ’vat, so 'z - hikmat, so 'z-h im m a t... Faqat uni qachon, qayerda, qanday qilib, qancha qo'llash so'zlovchiga b o g ’liq". (65-bet) Risolani o'qir ekansiz, notiqlik san’atining mohiyati, so'zdan unumli foydalanish borasidagi qarashlar sizga hayotiy saboq beradi, yana o'qib o'rganishga chorlaydi. Download 410.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling