Nosirova mardona


Biznesni baholash quyidagi holatlarda o’tkaziladi


Download 470.19 Kb.
bet2/4
Sana24.03.2023
Hajmi470.19 Kb.
#1294036
1   2   3   4
Bog'liq
biznesni baxolash

Biznesni baholash quyidagi holatlarda o’tkaziladi:

  • Korxonani joriy boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqishda;

  • Fond bozorida korxona aksiyalarining oldi-sotdisi amalga oshirilgan hollarda

  • Korxona butunlay yoki qismlarga bo’lib oldi-sotdi qilingan hollarda

  • Korxona tarkibiy o’zgartirilgan hollarda

  • Korxonani rivojlantirish rejasi ishlab chiqilayotganda

Biznesning bozor bahosining har xil taʼriflari mavjud. Ulardan har birini alohida koʼrib chiqamiz.
- biznes (tashkilot)ning miqdor bahosi – bu jarayon. Ekspert-baholovchi bu jarayonda natijaga yerishish uchun bahoning maqsadi bilan bogʼliq boʼlgan mazmun va ketma-ketlilik, obʼektning parametrlari va tanlangan metodi bilan bogʼliq bir qator operatsiyalarni amalga oshirishi kerak.
-,baholashning barcha bosqichlari uchun umumiy boʼlgan jihatlarni ajratish lozim. Masalan, baholashning maqsadini aniqlash; narxning hisob-kitob bilan bogʼliq turini tanlash; zarur boʼlgan maʼlumotlarni toʼplash va qayta ishlash; tannarxni baholash metodlarini asoslash; obʼektning miqdori tannarxini hisoblab chiqish, tuzatishlar oʼtkazish; yakuniy bahoni chiqarish; natijalarni tekshirish va taqqoslash
.- tannarxni baholash – maʼlum maqsad sari yoʼnaltirilgan jarayon. Ekspert-baholovchi oʼz faoliyatida hamisha aniq maqsad asosida ish olib boradi. Аlbatta, u obʼekt tannarxining miqdorini hisoblab chiqishi, qanday narxni belgilash lozimligi baholash maqsadiga, shu bilan birga, baholanadigan obʼektning parametrlariga ham bogʼliq. Masalan, biznes miqdorini baholash oldi-sotdi bitimi maqsadida amalga oshiriladigan boʼlsa, unda bozor narxi hisoblab chiqiladi; agar biznes miqdorini baholash uni tugatish maqsadida amalga oshiriladigan boʼlsa, unda likvidatsion narx hisoblab chiqiladi.
- tannarxni belgilash jarayoni shundan iborat boʼladiki, baholovchi tannarxning miqdorini pul birligi shaklida belgilaydi. Shundan kelib chiqib qiymatga oid barcha koʼrsatkichlar, ular aniq oʼlchovga va pul birligiga qanchalik mos kelishidan qatʼiy nazar, son bilan ifodalanishi lozim.
- biznes qiymatini baholashning mohiyatiga oid jihatlari bozor bilan bogʼliq vaziyatga tayanadi. Bundan koʼrinadiki, baholovchi baholaniyotgan obʼektning qurilishi yoki sotib olinishi, texnik xarakteristikasi, joylashgan oʼrni, keltiradigan daromadi, aktiv va vazifalarning tarkibi va tuzilishi kabi xarajatlar bilan cheklanib qolmaydi. U albatta: bozor konyukturasi, raqobatning darajasi va strategiyasi, baholanayotgan biznesning bozordagi ulushi, uning makro va mikroiqtisodiy muhitdagi oʼrni, unga taʼsir yetadigan xavf-xatarlar, olinadigan foydaning oʼrtacha darajasi, oʼxshash obʼektlarning bahosi va shu kabi bozor omillarning barchasini hisobga oladi



  • Korxona va uning tarkibiy qismlarini baholash ehtiyojlari nima bilan shartlangan?


Download 470.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling