Notalashtirilgan o’zbek xalq musiqasini. (5-qism) Reja
Download 35.6 Kb.
|
Notalashtirilgan o’zbek xalq musiqasini. (5-qism)
Diniy-falsafiy ashulalar
Diniy-falsafiy ashulalar masalasiga kelsak, bular, avvalo bizning tarixiy boyligimizdir. Kimgadir g‘ayri tabiiy tuyulsa ham, bu yo‘nalishga to‘siq bo‘lmaslik aslida ozodlik, erkinlik, yuksak madaniyatga xos chinakam demokratik tamoyillarning amaldagi yaqqol ifodasi bo‘lsa kerak. Chunki mumtoz sharq shehriyatida bitilgan ilohiy, tasavvufona mavzular o‘tmish musiqamizda o‘zining ohanrabo, ta'sirchan ifodasini topgan va qadrlangan. Bunday ashulalarning o‘z tinglovchilari, asosan, keksalar orasida shinavandalari, muxlislari bor. Buni albatta, hisobga olish zarur bo‘ladi.m Kezi kelganda shuni ham e'tirof etish kerakki, Ovro‘paga turdosh zamonaviy musiqa ijrochiligi bo‘yicha, jumladan, fortepiano, torli, damli va zarbli cholg‘ular, akademik uslubdagi xonandalik ixtisosliklaridan ko‘plab iqtidorli yosh musiqachilarimiz voyaga yetmoqda. Ularning aksariyati respublika va chet mamlakatlarda nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etishib, g‘olib va sovrindorlikni qo‘lga kiritishayotgani quvonarli holdir. Xulosa qilib aytganda, musiqiy madaniyatimizning xalq ma'naviy hayotidagi o‘rni beqiyosdir. Musiqiy madaniyat xalq ma'naviy dunyosining ajralmas qismi bo‘lib, uning ma'naviy ehtiyojini barcha davrlarda qondirgan va har doim hamdard bo‘lgan, beminnat xizmat qilgan. Zero, bugungi mustaqillik davrimizda ham o‘zining ma'naviy burchini muqaddas bilib, xalqimizga xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham musiqa madaniyatimiz bugungi kunning ulkan ijod maydoniga aylandi. Xalq maqollari yozma adabiyotda hikmatli so’z (aforizm)larning yuzaga kelishiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Ahmad Yassaviy — hikmat, Rabg’uziy — foyda va Alisher Navoiy — tanbeh deb atagan bu hodisa yozma adabiyotgagina xos bo’lib, maqoldan muaffifming aniqligi, hikmatdan iborat ma’no-mazmunining kitobiy uslubda ifodalanganligi, hajman nisbatan yoyilganroq shakldaligi bilan ajralib turadi. Abu Rayhon Beruniy «Hikmatlar»i (1973), Abu Ali ibn Sino «Hikmatlar»i (1981), Amir Xusrav Dehlaviy «Hikmatlar»i (1973), Alisher Navoiy «Aforizmlar»i (1947), «Abdulla Qahhor hikmatlari» (1990), shuningdek, «1001 hikmat», «Tafakkur gulshani» va boshqa o’nlab to’plamlar ana shunday xulosaga kelishga asos bo’la oladi. Xullas, maqollar xalq aforistik tafakkurining kaliti bo’lib, hajman siqiq, mazmunan purhikmat, ommaviy va keng tarqalgan janridir. Ularda kishilikning tabiat va jamiyatga munosabatining hamma qirralari axloqiy-falsafiy hukm tarzida baholangan. Maqollar ota-bobolaming asrlar davomida to’plangan hayotiy tajribalarini zamonlar osha yetkazishda manoviy ko’prik bo’lib, avlodlarning bir-birlariga bog’lanishlarida beminnat xizmat qilib kelmoqda. Download 35.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling