Notalashtirilgan o’zbek xalq musiqasini. (5-qism) Reja
Download 35.6 Kb.
|
Notalashtirilgan o’zbek xalq musiqasini. (5-qism)
Boychechak marosimi
Boychechak marosimi – turkiy xalqlarda ko‘klam kelishi bilan bahorning ilk guli – boychechak chiqqanligi munosabati bilan o‘tkaziladi. Bahor bilan bog‘liq «Lola», «Gul» kabi ko‘plab sayillarning ibtidosida «Boychechak» marosimi turadi. Boychechak sayli qish qahratonidan omon chiqqan xalqning shukronalik bayrami hamdir. Qadimda bu marosim qish va ko‘klamning kurashini ifodalagan. Bunday marosim va bayramlar tog‘ bag‘rida, qir-adirlarda, bog‘larda o‘tkazilgan. Marosim yerli xalq hayotida muhim sanalgan va unga maxsus tayyorgarlik ko‘rilgan. Boychechak sayli dastlab kattalar va bolalar ishtirokida o‘tkazilgan. Hozirgi kunda faqat bolalar tomonidan nishonlanadi. Bolalar guruh-guruh bo‘lib qishloq yaqinidagi qir-adirlardan boychechak terib kelishadi. Bunda guruhlar o‘rtasida raqobat ham kechishi mumkin. Qaysi guruh qishloqqa birinchi bo‘lib boychechak keltirsa eng ko‘p sovg‘a-salomlar ularga beriladi. Darvishona - Bahor faslida o‘tkaziladigan marosimlar ichida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi, dasht joylarda o‘troq yashaydigan aholi tomonidan o‘tkaziladigan Darvishona marosimi alohida o‘rin tutadi. Bu marosim o‘tkaziladigan kun yerli aholining oqsoqollari tomonidan belgilanadi va erta tongdan boshlab qishloq atrofidagi ma'lum joyga erkaklar yig‘ilishadi. Bu yerda kun davomida amalga oshiriladigan obodonchilik va tozalash ishlari taqsimlanadi. Asosan, qabriston, suv keladigan ariqlar, quduqlar, zovurlar, yo‘llar va boshqa aholi umumiy ravishda foydalanadigan ob'ektlarda tozalash va obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Qishloq yig‘iladigan ma'lum joy yoki ochiq havoda qishloq aholisidan yig‘ilgan pulga sotib olingan mol (yoki qo‘y)lar so‘yilib, taomlar tayyorlanadi. Ishlar yakunlangandan keyin bu ishlarda ishtirok etgan barcha aholi yana to‘planib, taom tortilishidan oldin yil davomida qilinadigan ishlarni kelishib olishadi. Yomg‘ir chaqirish – qurg‘oqchilik munosabati bilan bahor faslida o‘tkaziladigan marosim hisoblanadi. Asosan lalmi (faqat qor va yomg‘ir suvlari bilan sug‘oriladigan) yerlarda dehqonchilik qiluvchi aholi tomonidan o‘tkaziladi. Marosim turli viloyatlarda turlicha “So‘z xotin”, “Sut xotin”, “Suv xotin”, “Sust xotin” nomlari bilan yuritiladi. “Sust xotin” marosimi O‘zbekistonning Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan viloyatlaridagi ayrim qishloqlarda ayollar, Sho‘rchi, Koson tumanlarida va o‘zbek laqaylarida erkaklar ishtirokida o‘tkazilgan. Bunda belgilangan vaqtda o‘n-o‘n besh nafar ayollar maxsus yasalgan qo‘g‘irchoqqa keksa ayolning kiyimini kiydirishgan. Uni bir ayol ko‘tarib olgan va qolganlar uning orqasidan ergashib, qishloqdagi uylarga birma-bir kirib chiqishgan. Xonadon egasi esa mamnuyat bilan ularga atagan narsalarini hadya etishgan. Marosim so‘ngida ramziy qo‘g‘irchoq qishloq ahli tomonidan yaqin oradagi suv havzasiga oqizib yuborilgan. Kelin salom-Nikoh to‘yidan keyingi katta marosimlardan biri “kelin salom” udumidir. Marosimdan maqsad kelinni kuyov tomonning qarindoshlari bilan tanishtirish. Marosim turli hududlarda turlicha o‘tkaziladi. Muchal to‘yi – inson hayotida (aslida) har o‘n ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan marosim bo‘lgan. Muchal yoshlari (o‘n ikki yillik sikl tugab, u yana takrorlana boshlanish davri) qadimdan Navro‘z bayrami kunlari nishonlanib kelingan. Ayniqsa birinchi muchal almashish – o‘n ikki yoshdan o‘n uch yoshga o‘tish (boshqa muchal yoshlariga qaraganda) katta tantana bilan nishonlangan. Qadimda muchal yoshini nishonlayotgan inson o‘zining kiyimlarini yaqin qarindosh-urug‘lari yoki qo‘ni-qo‘shnilarga hadya qilgan. Bu odat muchal davriyligini saqlashga xizmat qiladi deb ishonishgan. Navro‘z (forscha – yangi kun) – shamsiy (quyosh) yil hisobi bo‘yicha yangi yilning birinchi kuni. O‘rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimiy an'anaviy bayrami. Bahorgi teng kunlikka (21 yoki 22 mart), ya'ni Quyoshning Hamal burjiga kirishiga to‘g‘ri keladi. Navro‘z dehqonchilik ishlarini boshlash bayrami hisoblanadi. Bayramda ommaviy xalq sayillari uyushtirilib, yangi ungan ko‘katlardan tansiq taomlar pishiriladi, bahorgi ekinlarni ekish boshlanadi. Nikoh to‘yi – yangi oila yaratish maqsadida tashkil etiladigan marosimlar turkumi. «Nikoh» arabcha so‘z bo‘lib, er-xotinlikni shariat yo‘li bilan qonuniy rasmiylashtirishdir. Nikoh to‘yi «ijob to‘yi», «uy tushirar to‘yi», «katta yaloq qizartirar to‘yi» deb ham nomlanadi. Nikoh uch qismga – to‘ydan oldingi, bvosita to‘y va to‘ydan keyingi qismlarga bo‘linadi. Ramazon hijriy yil hisobining to‘qqizinchi oyi hisoblanadi. Islom dinida ramazon oyida Olloh taolo payg‘ambarimiz Muhammad(s.a.v.)ga Qur'onni vahiy qila boshlagan, deb talqin etiladi. Shu sababli ramazon muqaddas oy hisoblanadi. Bu oy davomida musulmonlarga ro‘za tutish buyuriladi. Islomdan avval Ramazon – arablarning 4 muqaddas oyidan biri sanalib, islom dini joriy etilishi arafasida Makkada ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) an'ana bo‘lgan. Sumalak sayli – bahor faslining ilk kunlarida ommaviy tarzda o‘tkaziladigan marosim. Asosiy taom “sumalak” bilan bog‘liq bir qancha odatlardan tashkil topadi. Ba'zi ma'lumotga ko‘ra, sumalakning tarixi 3000 yildan oshiqroqdir.Tuz solinmasdan pishiriladigan yagona taom ham sumalak hisoblanadi. Sumalak tayyorlash uchun faqat undirilgan bug‘doy suvi, un, o‘simlik yog‘i va suv kerak bo‘ladi. U eng uzoq pishiriladigan taom hisoblanib, u kamida 22-24 soat davomida tagiga olmasligi uchun kavlab turiladi va unga tosh, yong‘oq tashlanadi. Sunnat to‘yi – o‘g‘il farzand uchun o‘tkaziladigan to‘y marosimi. Marosim bola 3-5-9 yosh, ayrim hollarda undan kattaroq yoshda o‘tkaziladi. O‘zbekistonning turli xududlarida bu marosim “sunnat to‘yi”, “chipron” “chukron”, “xatna to‘yi”, “qo‘lni halollash (poklash)” kabi nomlar bilan yuritiladi. Sunnat to‘yining tarixi ibtidoiy jamiyatda balog‘at yoshini nishonlash, bolalarni o‘smirlikka o‘tish marosimiga borib taqaladi. O‘sha davrlardayoq bolani sunnat (xatna) qilish odati paydo bo‘lib, u bir tomondan, issiq iqlimda gigiena (ozodagarchilik)ga rioya qilish vositasi bo‘lgan, ikkinchidan, mardlik va jasurlik hisoblangan. 3.O’zaki an’anadagi professional musiqa yo’llari. XIX asr oxirlariga kelib o‘zbek musiqiy madaniyatida o‘zgarishlar davri boshlandi. Bu albatta, Turkiston o‘lkasini Russiya tomonidan istilo qilinishi bilan bog‘liqdir. Bu borada ikki tomonlama qarash bilan o‘rganmoq zarur bo‘ladi. Chunki bazi bir hollarda milliy musiqa madaniyatimizga salbiy ta’sirini kuzatsak, ikkinchi tomondan, o‘ziga xos rivojlanish davri bo‘lganligini ham ehtirof etish zarur bo‘ladi. Chunki nota yozuvining kirib kelishi, o‘lkamizda milliy musiqa san'atimizni ilmiy ravishda o‘rganish, folklor va etnografiya sohasidagi rivojlanishga sezilarli ta’sir etdi. Bu borada V.A.Uspenskiy, ye.Ye.Romanovskaya, N.N.Mironov singari musiqashunos va etnograf olimlarning mehnatlarini aytib o‘tish zurur bo‘ladi. Ilyos Akbarov, Mutal Burxonov, Yunus Rajabiy, Tolibjon Sodiqov, Muxtor Ashrafiy singari musiqamiz darg‘alari ulardan saboq oldilar. Bundan tashqari, jahon musiqiy madaniyatining durdonalari sanalmish fortopiano sozi, opera va balet, simfonik ijro, jahon klassik musiqiy sozlarining kirib kelishi musiqiy madaniyatimizning har tomonlama serqirra rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Natijada, o‘zbek xalq musiqalari, qo‘shiqlari, maqomlari joy olgan 20 jilddan ortiq kitoblar dunyo yuzini ko‘rdi. So‘nggi 130 yil ichida musiqiy madaniyatimiz murakkab, keskin ziddiyatlarga, ijobiy va salbiy ko‘rinishlarga to‘la tarixiy davrni boshidan kechirdi. Ana shu holatlarga qaramay, o‘tgan davrlar mobaynida ilm fan, san’at, jumladan, musiqiy madaniyat sohasida faxrlanishga arzigulik ishlar amalga oshirilganligini ehtirof etish zarur. Yaqqol misol sifatida musiqa ijodiyoti, ijrochiligi, musiqa ilmi, tahlili singari sohalarni olish mumkin. Shu o‘tgan davrlarning salbiy oqibatlari sifatida hayotimizning o‘ta siyosiylashtiriluvi, milliy qadriyatlarimizni mensimaslik, uning toptalishiga yo‘l qo‘yilishi, xalqchil yo‘nalishlarga bepisandlik munosabatida bo‘lish, azaliy xalqaro madaniy aloqalar rivojlanishiga sunhiy to‘siqlar qo‘yilishi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Hozirgi zamon o‘zbek musiqa ijodiyoti serjabha va ko‘lami keng, usluban boy va rang-barang, rivojlangan va shiddatli jarayon sifatida gavdalanadi. Zotan, musiqiy madaniyatimiz juda qadim, betakror va noyob an’analarga ega bo‘lgani holda, zamona zayli bilan yangidan-yangi yo‘nalish, shakl, janr, uslublar bilan yanada boyib bormoqda. Demakki, asrlar osha bizgacha yetib kelgan ardoqli navobaxsh merosimiz qatori bir necha avlod ijodkorlarining ko‘rkam musiqiy an’analari madaniy-ma'naviy mulkimizga aylandi. Har qanday sanhat turi har xil vositalar orqali hayotiy voqyelikni aks ettirishga qodir ekan, so‘nggi yuz yillik mobaynida O‘zbekiston musiqasining rivojlanishi nechog‘lik murakkab va o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarda kechganini yaqqol tasavvur qilish mumkin. Xususan, 20-yillardan ehtiboran kompozitorlikka xos ifoda vositalarining izchil joriy etila boshlanishi musiqiy madaniyatimizda musiqa ijodkorligining yangi tizimi barpo etilishidan dalolat berdi. Tabiiyki, tez orada o‘zbek xalq ijodiyoti, an’anaviy bastakorlik hamda havaskorlik singari o‘zaro chambarchas bog‘liq qatlamlar bilan uzviy bog‘liq ravishda milliy qadriyatlarimizga, «noan’anaviy» kompozitorlik ijodkorligi muhim tarmoq sifatida qo‘shiladi. Umumbashariy madaniy taraqqiyotga mos ravishda mazkur jabha o‘lkamizda tarixan juda qisqa muddat ichida uzil-kesil shakllanib, samarali rivoj topganini alohida ehtirof etish lozim. G‘arbiy va Sharqiy Ovrupa mamlakatlari tajribasidan unumli foydalanibgina qolmay, o‘zgacha yaratuvchanlik qonun-qoidalarini o‘zlashtirish, uni o‘zbek xalq musiqasining boy imkoniyatlari bilan mohirona payvand qilish maqsadida ilg‘or kompozitorlarimiz nafaqat Markaziy Osiyo, balki Sharq mintaqasi doirasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar. Yangicha musiqiy uslubda noyob zamonaviy asar yaratish, jahon xalqlari musiqasi rivojlanishini hisobga olib, tobora yangidan - yangi ijodiy ufqlarni ochib berish bilan tavsiflanuvchi baynalminal jarayonga O‘zbekiston o‘z munosib ulushi bilan dadil kira oldi. Kasbiy ulg‘ayish bosqichlarini tezkorlik bilan o‘tab, har tomonlama yetuklik pallasiga ko‘tarilishi bilan «O‘zbek kompozitorlik maktabi» dunyo musiqa madaniyatida o‘ziga munosib o‘rinni egallashga intildi. Asosan XX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan ana shunday ijodga moyillik darajasi ilgari ayricha holda bo‘lgan ikki toifadagi musiqiy tafakkur an’analarining o‘lkamizda uzviy mushtarakligiga erishilganligi bilan ham xarakterlanadi. Shu boisdan ko‘p ovozlik uslub ila bunyod etilgan turli janrlardagi badiiy jihatdan barkamol, mumtoz asarlar ma'naviy qadriyatlarimizning jahonshumul salohiyatini yanada oshirdi. Musiqiy madaniyatimizning yangi yo‘nalishi bo‘lgan o‘zbek simfonik musiqasi 70-80-yillarda peshqadam safga chiqib olganini eslab o‘taylik. Bu o‘rinda respublikamizda, qo‘shni va qator xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan nufuzli madaniy tadbirlar, konsert, ko‘rik-tanlov hamda festivallarda katta muvaffaqiyat bilan ijro etilgan o‘zbekona poemalar, syuitalar, uvertyuralar, fantaziyalar, cholg‘u konsertlar va simfoniyalar xalqaro musiqa jamoatchiligi diqqat-ehtiborini qayta-qayta o‘ziga jalb qilgan. Bugungi kunda o‘zbek musiqa sanhati nafaqat asl an’anaviy ko‘rinishlarida, balki kompozitorlik yo‘nalishlarida ham xalqaro miqyosda tobora kengroq tan olinmoqda. Bu mahnoda sof cholg‘u musiqasi, xususan, uning ancha murakkab sanalmish simfonik ijodiyoti alohida ehtiborga molik. Endilikda respublikamiz kompozitorligi shunchaki xilma xil musiqa janrlarida yozish va izlanish tajribalaridan iborat bo‘lmay, balki noyob an’analariga, mumtoz namunalar xazinasiga ega sermahsul oqimdir. Uni turli yillarda xalqchil kuy ohanglar zaminida yaratilgan noyob va betakror asarlar tashkil etadi. Zero, har qanday andozada bastalangan musiqaning milliylik, badiiy barkamollik, o‘ziga xoslik, mazmundorlik, tahsirchanlik kabi fazilatlari hamisha qadrlidir. Yuksak kasb mahorati, teran bilimdonlik, nozik did bilan ko‘hna milliy an’analarga tayanib yaratilgan asarlarning umri boqiyligini birgina o‘zbek simfonik musiqasi misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Jumladan, 30-yillarning ikkinchi yarmida yaratilgan Aleksey Kozlovskiyning ovoz va simfonik orkestriga moslashtirilgan ehtirosli «Tanovar» poemasi, «Lola» syuitasi, Reyngold Gliyerning «Farg‘ona bayrami» shodiyona uvertyurasi tinglovchilarga hamon olam-olam zavqu shavq bag‘ishlab kelmoqda. Simfonik orkestr ishtirokida ijro etishga mo‘ljallangan o‘lmas kashfiyot darajasidagi asarlar orasida Mutal Burhonovning yakkaxon, xor va simfonik orkestr uchun «Alisher Navoiyga qasida»si, Muxtor Ashrafiy, Georgiy Mushelp, Sulaymon Yudakovlarning qator simfonik asarlari, Doni Zokirovning «Lirik poema»si, Boris Nadejdinning «Bolalarga» syuitasi, Ikrom Akbarovning «Shoir xotirasiga», «epik poema»lari, «Samarqand hikoyalari» turkumi, Sayfi Jalilning «Samarqandnoma» simfoniyasi, To‘lqin Qurbonovning simfonik kuylari, Mirsodiq Tojiyevning «Shoir sevgisi» poemasi va 19 ta muhtasham simfoniyalari, Mirxalil Mahmudovning 3 ta simfoniyasi, Nurilla Zokirov, Mustafo Bafoyev, Rustam Abdullayev, Habibullo Rahimov, Bahrullo Lutfullayev va boshqa ijodkorlarning yutuqlari musiqiy madaniyatimiz ravnaqiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. 4.Aanaviy musiqa ijodining tarixiy ko’rinishlari. Zaminimizdagi musiqa san'atining rivoji uch ming yilga borib taqaladi. O‘tgan bu zalvorli davrlar mobaynida musiqiy madaniyatimiz juda ko‘p marta o‘zining uzoq rivojlanish davrini bosib o‘tdi va xalqimiz ma'naviy boyligining negizi sifatida ezgulik va taraqqiyot uchun xizmat qildi. Shuning uchun ham biz juda boy, rang-barang, ko‘lami keng, usluban xilma xil, qiymati chin mahnoda bebaho darajali ulug‘vor musiqiy merosga egamiz. O‘rta asrlarda faqat mumtoz ijodkorlik qatlamida «O‘n ikki maqom»dek muhtasham tizim, uning negizida shakllanib bizgacha yetib kelgan Buxoro va Xorazm maqom turkumlari, Farg‘ona-Toshkent maqomlari, an'anaviy ijrochilik va surnay yo‘llari, xalq bastakorlik ijodkorligi, musiqiy dostonchilik san'ati musiqiy madaniyatimizning sarchashmalari sifatida bahramand qilib kelmoqda. Milliy cholg‘ularimizning toifalari ko‘pligi, turfa yakka va jo‘rnavozlik ijro an'analarining o‘ziga xosligi bo‘yicha milliy musiqa san'atimizga dunyo uzra teng keladiganini topish qiyin. Sharq musiqa ilmining asoschisi deb butun jahonda tan olingan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy, buyuk allomalarimizdan Abu Ali ibn Sino, Abdulqodir Marog‘iy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaynulobiddin Xusayniy, Kavkabiy Buxoriy, Darvish Ali Changiy va boshqalar sharqona jahonshumul ahamiyatga molik noyob nazariy va estetik qarashlarni ishlab chiqqan holda mumtoz musiqiy asarlarning ham muallifi sifatida keng tanilgandirlar. Ana shunday xalqchil va ustozona qatlamlar orqali bizgacha yetib kelgan musiqiy madaniyatimiz tufayli tarixan juda qisqa muddatlarda O‘zbekistonda yanada yangicha, ko‘p ovozli milliy kompozitorlik ijodiyoti uzil - kesil shakllandi, o‘z qiyofasiga ega bo‘ldi, jadal ravnaq topdi. Bunda xalq musiqamiz, ayniqsa, maqomchilik an'analari faqat hayotbaxshlikni ta'minlabgina qolmay, balki mahsuldor zamin bo‘lib xizmat qildi. Buyuk istiqlol tufayli musiqiy madaniyatimiz eski siyosiy - mafkuraviy tazyiqlardan xalos bo‘ldi. Shu bilan birga, u ko‘hna mumtoz an'analarimizning to‘la tiklanishiga, ayniqsa, yosh avlodlarni bilimdon, savodxon, ma'naviy barkamol darajada tarbiyalashga misli ko‘rilmagan imkoniyat yaratdi. Xususan, biz aynan mustaqillik davrida ko‘hna maqom ijrochiligi va an'anaviy ijodkorligida yuzaga kelgan yangicha ijodiy salohiyatning tiklanishini kuzatishga muyassar bo‘lmoqdamiz. Download 35.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling