Нотам umurov adabiyotshunoslik
tayin etadi, asardagi yaxshi yoki yom onni o ‘zi ajratadi
Download 20.6 Kb. Pdf ko'rish
|
tayin etadi, asardagi yaxshi yoki yom onni o ‘zi ajratadi. Agar asardagi o ‘z - o ‘zidan rivojlanuvchi hayotga yozuvchi aralashsa, o ‘z nomidan tushuntirishlar bera boshlasa, ichki sabab natijasida «mustaqil» harakat qiluvchi bu hayotning kitobxonga ta’siri juda pasayib ketadi. Chunki biz obraz hatti-harakati, psixologiyasini ko'rmasdan, avtoming o ‘zini, uning munosabatini ko‘ramizki, bu salbiy reaksiya uyg‘otadi, badiiy asar m a’lum darajada tarixiy-adabiy xarakterdagi hujjatga yoki qahramon haqidagi quruq axborotga o ‘xshab qoladi. Bunday paytda hayot haqida hayotning o ‘zi, per sonaj haqida personajning o ‘zi gapirmaydi. U muayyan darajada bilim im iz- ni boyitadi, qahramon hatti-harakatlari va holatlarini, taqdirini tushu- nishimizga yordam beradi, lekin hech qanday estetik tuyg'u uyg‘otmaydi. « 0 ‘tkan kunlar» romanida Kumush vafotidan so‘nggi voqealarni tasvir- lash borasida yozuvchi Zaynab taqdiri haqida yozadi: «Kumushning yaqinlarigina emas, balki fojiadan xabardor b o‘lgan sha- harning katta-kichigi Zaynabga beriladigan jazoni erta-kech kutmoqda edi- lar. Biroq, fojianing o ‘ninchi kunlarida Zaynabning jinni bo'lib, ochiq ko‘yi ko'chada yurgan xabari va og‘asi tom onidan ushlanib kishanga solingan mojarosi eshitildi. Zaynabning jununi qozilar va tabiblar tarafidan ham tasdiq etilgach, uning ustidagi jazo ko‘tarildi. Darhaqiqat, aqldan ozib ko‘chalarda ochiq kezish va kishanga tushishning o ‘zi ham Zaynab uchun kichkina jazo hisoblanmas edi»1. Ushbu axborot — o ‘z kundoshini zaharlagan Zaynabning taqdiri, fojiasi haqida kitobxonga m a’lumot bersa-da, lekin uning asarga b o ‘lgan maf- tunkorligi hissini y o ‘qqa chiqaradi. Avtorning o ‘z qahramoni taqdiriga bevosita singishib ketm asdan, aralashuvi («Darhaqiqat, aqldan ozib ko‘chalarda ochiq kezish va kishanga tushishning o ‘zi ham Zaynab uchun kichkina jazo hisoblanmas edi, — deb Zaynabga o ‘z munosabatini ochiq bildirishi) Zaynabning o ‘z taqdiri haqida o ‘zi gapirishiga imkon berma- gan. Natijada, kitobxonning bu xabardan ko‘ngli to'lmaydi, Zaynabga bo‘lgan qiziqish hissi qoniqmaydi. Buni A.Qodiriy ham sezadi. Asarning «Xotima»sida Zaynab ichki dunyosi- ning, xarakter mantiqining rivojini to ‘g‘ri belgilaydi. Zaynab o'z hayoti bilan yashaydi, o'zining qanday holga tushganligini o ‘zi fosh etadi. A.Qodiriy o ‘zini Zaynab obrazidan tamoman ajratadi, chetdan, uzoqroqdan turib razm soladi. Obraz va avtor obyektivlashadi: «...Kecha oydin, qabriston tip-tinch, uzoqroqdan qur’on tovushi eshiti- lar edi. Ikki tup chinor butoqlarida q o ‘nib o ‘tirgan u ch -to‘rtta boyqushlar, qabr yoniga tizlangan Otabek va yuqori, quyi d o‘mbaygan qabrlar bu tilovat- ga som i’ kabi edilar. Qur’on oyatlari qabriston ichida og‘ir ohangda oqar edi. Qabr yoniga tiz cho'kkan yigitning k o‘z yoshlari ham Qur’on oyatlari- ga q o‘shilib oqar edi. Biror soatdan keyin tilovat to'xtaldi. Otabek holsiz- lanib oyoq uzra turdi va orqasidagi yarim yalang'och ko‘lagani ko‘rib, bir necha qadam qabr tomonga tislandi... Ko'laga yalingansimon unga yaqin yurib keldi... — Kim bu? — Men Kumush!.. Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi. — Ket mundan! — Men Kumush!.. — dedi yana Zaynab, ammo ketmay iloji qolmadi. Zeroki, dunyodagi eng yaqin kishisi «ket!» amrini bergan edi. Zaynab orqasiga qaray-qaray Otabekdan uzoqlashdi. Otabek qaytib unga qaramadi, qabr yo niga tiz ch o‘kdi»'. Ushbu misoldan va yuqoridagi fikrlarimizdan yaqqol aniq bo‘layaptiki, avtoming tasvirlangan hayotga, obrazga «zo‘rlik» qilishi — aralashuvi realis tik san’atga ziyon yetkazadi. Shunday ekan, ko‘pgina asarlarda («Yevgeniy Onegin», «Zaynab va Omon», «Bo‘rondan kuchli», «Qudratli to‘lqin» va sh.k.) avtorlaming bevosita aralashuviga duch kelamiz. Lekin biz bu asarda gi «avtor chekinishlarini» — lirik chekinishlami ko'plab uchratsak ham, ularning badiiy qudrati, emotsional ta’siri oldida lol qolamiz. Sababi nim a da? Sababi shundaki, bu asarlarda personajlar faqat biz uchun emas, balki avtor uchun ham obyektivlashtirilganidadir. Bu asarlarning avtorlari person- ajlaming o ‘z hayoti bilan yashashiga, o ‘z ichki kuchlari ila rivojlanishiga aralashmaganlaridadir. Ularning konkret obrazga emas, balki obrazlar siste- masiga, asarning umumiy ruhiga aralashuvi — hayotning ko‘pqirrali haqqoniy manzarasining mohiyatini falsafiy, publitsistik, lirik jo ‘shqinlik bilan to ‘liqroq gavdalantirishga imkon beradi. O'zbek romanchiligida, ayniqsa, Sh.Rashidov ijodida, uning «Qudratli to ‘lqin» romanida bu hodisa o ‘zining yaqqol ifodasini topgan. «Qudratli to ‘lqin»dagi avtor chekinishlarida biz xalq va rahbariyatning birligi haqida, d o‘stlik va sevgining olijanob qudrati to ‘g ‘risida, ona Vatan, mehnatning poeziyasi borasida hayotiy-falsafiy mushohadalami, hissiyot va fikrga to ‘liq izhomomalarni o ‘qiymiz, undan ta’sirlanamiz. Bu romandagi obrazlar sistemasiga tabiiy singdirib yuborilganki, avtor o ‘z qahramoniga muhabbatini izhor qiladimi, uning bilan hayotiy masalalar ustida tortishadimi, qoloqlikni qoralab, eskilikni fosh etadimi, mehnat romantikasini ulug‘laydimi — hamma o ‘rinda ham ongli ravishda alohida, o ‘z nomidan beradi. Avtor- ning subyektivizmi — u yoki bu masalaga uning ilg‘or shaxsiy qarashlari qahramon qarashlari bilan hamohanglik kasb etib, asarning g‘oyasini teran- lashtiradi. «P o‘lat! Mana hozir Bahor to ‘g ‘risida o ‘ylab turibsan. Uni sen bahor avjida boMgan paytda maysazorda, qalin-qalin ochilib, yer yuzini qoplagan iolalar ichida ko‘rayapsan. U ning oq shoyi ko‘ylagi ko‘klam shabadasida hilpiraydi. Qop-qora sochlari nur bilan tovlanadi. N im a uchun bu vo- qealarni esingga olganda, yuraging tez-tez uradi? Axir, sen Bahor bilan birga ana shu maysazorda lola terganingda, yuraging bu qadar urmagan edi-ku! Ehtim ol, bunga ayriliq sababdir? Ehtimol, ko'z oldingda Bahor gavdalangach, nima boMsa ham u bilan ko‘rishging kelgandir. Uning yel- kalaridan quchoqlab bag'ringga bosib, indamay k o‘zlariga termilgan holda tuiging kelgandirki, shuning o ‘zi dilingda bitmas-tuganmas sevinch-quvonch uyg‘otdi. Shunday ekan, nima uchun endi Bahorni chin dildan sevganingga iqror boMishdan qo'rqasan? Yoki bu bilan chin d o ‘stligimiz tamom boMadi deb o ‘ylaysanmi? Axir, sevgining o ‘zi ham d o ‘stlik emasmi? Jahon qadar keng, quyosh qadar yorqin, har qanday qiyinchilikka bardosh beradigan va har biringizga mehribonlik, g ‘am xo‘rlik bagMshlaydigan asl d o‘stlik — qaynoq dil sevgisi emasmi? Bu do'stlikning o ‘ziga xos xususiyati bor, sevishgan qiz yoki yigitning ko‘ziga bir nazar tashlab, baxtiyor boMasan! Sen PoMat, qiz ning qoMini qoMingda ushlab tursang, yashash shirinroq tuyuladi. Agar u ro‘molchasini hilpiratib, seni ishga kuzatsa, ishing unumli boMadi, togMarni ag'darib, daryolami bo‘g‘asan, jahonda sendan kuchli kishi boMmaydi, se- vimli qizingdan chiroyli qiz boMmaydi!.. Biroq, bu yoMdan adashma, agar turtinib yiqiladigan boMsang, sharmandayi sharmisor boMasan. Kishi uchun dunyoda sevgiga va sevimlining do'stligiga nomunosib boMishdan boshqa zo‘r musibat y o ‘q. Bunday do‘stlik uchun so‘z ham noo‘rindir. Chunki, bu ikki hayotning bir- biriga ajoyib quyilishidir. Hozir cho‘ntagingda o ‘z harorati bilan yuragingni isitgan Bahoming xati turibdi. Garchi bu xatni o'qib ko‘rmagan boMsang ham, yuraging yorqin va quvonchlidir. Bahoming shu salomi bilan sen qaytadan tugMldingu, hayoting yana toMa, yana yorug1 boMganday seziladi. Endi sen bundan ham ogMr, bundan ham katta mehnat va jasorat istaysan! Mana, PoMat, endi sizlam ing oddiy d o ‘stligingiz, o ‘zaro munosabatla- ringiz ko‘p vaqtlar do‘stlikdan nariga o ‘tmagan boMsa ham, endi chin sevgining nozikligini va nuroniyligini kasb etdiki, ehtim ol o ‘zing ham ishonging kel- mas. Sevgi odamlaiga turli-tuman boMib keladi. Xuddi sizlamikiday ham boMadi- yu, bolalikda paydo boMgan d o‘stlikdan ham kelib chiqadi. Sizlar yoshlik- danoq ajralmas do'st edingizlar. Mana endi bu ajoyib kamtarin d o‘stlik guli boshqa his-tuyg‘ularning qip-qizil g ‘unchasini chiqardi. P oia t, hozirgacha sen Bahorni sevishingni bilmay turib, rashk qila boshlading. Qiz bilan uchrashuving tabiiy bir hoi edi va sizlar ham shunga ko‘nikib qolgan eding- lar. Endi-chi? Endi bunday uchrashuv-uzoq kutilgan bayramdir. Chunki necha oylar o ‘tdiki, bir-biringiz bilan ko'rishganingiz y o ‘q. Shuning uchun ham Po‘lat, Bahorsiz yashashning naqadar qiyinligini har kuni his qilib turibsan. Agar sen ayni paytda, oddiy sinfdosh do‘stingdan xat olganingda, ohista- gina q o i yuborib ch o‘ntagingda turgan muqaddas uch burchak xatni ushlab- ushlab orom olarmiding? Ehtimol, bu xatda Bahor barmoqlarining issiq harorati saqlangandir. Endi sen mehmonlarning tezroq tarqalib ketishlarini toqatsizlik bilan kutmoqdasan. Ularni kuzatib qo‘ygach, shoshilinch ravishda Qosimovga, Saodatga va oyingga ham xayrli kech tilaysanu, hovlining pastidagi uzum- zorga kirib, g‘oyib b o‘lasan. Ko‘m -ko‘k o ‘tlar ustida o'tirib, shoshilinch ravishda uch burchak xatni ochasan. Bu xatning har bir satri senga sirli boMib ko‘rinadi-yu, garchi, Bahor bu xatda oddiy gaplamigina yozgan bo'Isa ham, bularning hammasi senga uzumzorlar ichida u bilan birga ikkovingiz uchun ham bir xilda muhim va maxfiy boMgan his-tuyg'ular to ‘g ‘risida shivirlashgandek boMadi. Ko'zlaring shunday deb turibdi»1. Ushbu lirik chekinish orqali yozuvchi Sh.Rashidov, birinchidan, tengsiz quvonch va baxt keltiruvchi do'stlikni ulugMasa, sevgini madh etsa, ikkinchidan, bevosita asarning bosh qahramoni PoMatga murojaat qiladi: unga bu d o‘stlikning, sevgining mohiyatini tushuntiradi, bu tuyg‘ularni asrashi lo zimligini ta’kidlaydi, birinchi bor judolik azobini tortayotgan PoMatning Bahordan kelgan xat bahonasida qalb tebranishlarini, yurak urishlarini nozik tahlil etadi. Bunday ta’sirli lirik chekinishlarni romanda ko‘plab uchratish mumkin (o ‘n ikki o ‘rinda). Avtor Bahor, Zebi, Anvar (asosan PoMatga) kabi faqat ijobiy obrazlarga bevosita murojaat etadi. Ularning faoliyati va ruhiyatida yuz berayotgan o'zgarishlarning mohiyatini ochadi, tushuntiradi. Biroq, yozuvchi yuqoridagi misolimizda ko‘ringanidek hech vaqt PoMat, Bahor, Zebi, Anvar obrazlarining ichki rivojiga, har binning «alohida, o ‘zida yashiringan dunyo» ( V.G.Belinskiy ) siga daxl qilmaydi. Bu qahramonlarn- ing har biri o ‘zi haqida o ‘zi gapiradi, har birining harakatida xarakter iroda yo‘nalishidan kelib chiquvchi hayotiylik, tabiiylik barq uradi. 1 Rashidov Sh. Qudratli tolqin. Т.: 1964, 138—140-betlar. Tanqidchi S. Mamajonov yozganidek, «...bunday lirik chekinishlarning o ‘rin olish sabablaridan biri bizda kitobxon bilan yozuvchi o'rtasida shakl- lanib ye.tgan g ‘oyaviy, m a’naviy, ruhiy yaqinlik, maqsad-ideal birligidir». Shunday ekan, asarning umumiy mazmuniga, obrazlar sistemasiga singib ketgan bunday qudratli lirik chekinishlarni — zarur fikr-mulohazalarni ifo- dalashning bunday shaklini realizm qoMlab-quvvatlaydi. Shu o'rinda yana bir alohida xususiyatni ta’kidlash lozimga o ‘xshaydi. Avtoming personajiga subyektiv munosabatini hamma vaqt rad qilish kerak- mi? Avtor obrazda «o‘zini» bersa, obrazda avtor qarashlari, flkrlari, sipmati- yasi va antipatiyasi m a’lum darajada ko'zga tashlansa, demak, asarning g ‘oyaviy-badiiy ta’sir kuchi pasayadimi? Bu narsa yuqorida ta’kidlaganimiz realizm qonuniyatiga zid emasmi? Tanqidchi S.M amajonov «Lirik olam, epik коЧат» kitobida yozuvchi Sh.Rashidovning voqelikni badiiy tadqiq etish usuli-uslubini tekshirar ekan, haqli ravishda yozadi: «G'oliblar», «Bo'rondan kuchli» asarlarida avtor pozitsiyasi bilan ijobiy qahramonlar pozitsiyasi, ular ovozi jips q o ‘shilib ketgan. Avtor ovozida xalqning fikri, nuqtai-nazari, personajlar nutqida avtor ovozi doim ishtirok etadi... Ijobiy qahramonlar bilan avtor nutqining yaqinligining ildizi ularning hayotga qarashidagi yagonalik — bir xil pozitsiyada turishlariga borib tutashadi. Ijobiy qahramonlar nutqining avtor nutqi kabi ko4arinki, hat- to shoirona ohangda b o ‘lishning asosi ham xuddi shu yerda b o ‘lsa ker ak»1 . Ushbu misoldan ham ko'rinayaptiki, avtor — Sh.Rashidov o ‘z so ‘zlarini qahramonga yuklaydi, o ‘zi qahramon qiyofasiga to'liq singimaydi. Xuddi sh u n d a y h o la tn i D .I .F o n v iz in , V .G y u g o , N .G .C h e r n is h e v s k iy , M.Yu.Lermontovning ba’zi asarlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, Lermontovning «Zamonamiz qahramoni» asarini tahlil qilib, V.G.Belinskiy «u (avtor) tom onidan tasvirlangan xarakter... shunchalik unga yaqinki, un dan o ‘zini ajratishga va obyektivlashtirishga kuch topa» olm aganligini ta’kidlaydi. Buning sabablari nimada? Sababi avtor va personajning «hayotga qarashdagi yaqinligi» (S.Mamajonov) dir. Avtor fikri, so ‘zi, xatti-harakati- ning personaj ichki dunyosi mazmuniga to4iq mosligidir. Bu xil tasvir asar yaratilgan davr kitobxonlari uchun qanchalik aham i- yatli va ta ’siri beqiyos bo‘lmasin, yozuvchi qahramon «kindigi»ni kes- ’ Mamajonov S. Lirik olam, epik коЧат. Т.: 1970, 317—318-betlar. gach, ya’ni o ‘zini personajdan ajratgach, yana «kindik»ni ulash — o ‘zini personajda berish, albatta, asarning g'oyaviy-badiiy kuchiga, kitobxon ning ijodiga m a’lum darajada salbiy ta’sir k o‘rsatadi. Yozuvchining qala- mi o'rniga (yuqoridagi misolga diqqat qiling!) jurnalistning qalami ishga tushadi. Tasvir o ‘rnini publitsistik ohang egallaydi... Shu sababdan yo - zuvchiga kitobxon A .M .G orkiyning quyidagi so ‘zlari bilan murojaat qil- moqqa da’vat his etadi: «Siz, har holda uning (personajning — H.U.) ko‘zi bilan qarashingiz kerak. Unga nima lozim bo‘lsa, shuni orzu etish va tasawur qilish uchun to ‘la erkinlik bering. Agar siz o ‘z qarashlaringizni uning qulog‘iga quyib tursangiz, unda personaj emas, balki siz gavdalanasiz». Xullas, avtor hayotni, personajni to ‘liq obyektivlashtirish, ulardan ustun bo‘lishi shart. U yoki bu masala bo'yicha zarur fikrlarni aytmaslikning iloji bo‘lmasa va bu fikrlarni obrazga «yuklatishga» imkon b o‘lmasa (obrazni obyektivlashtirishga monelik qilsa) lirik chekinishlar orqali ochiqchasiga, avtor (o ‘z) nomidan ifodalash shakli m a’quldir. Garchi bunday shaklni realistik metod qo‘llab-quwatlasa-da, u umumiy qoida bo‘Ia olmaydi. Un ing uchun hayotni aniq va xolis tasvirlash va tasvirlangan voqelikka bo‘lgan o‘z munosabatini yashirin ifodalash — umumiy qoida bo'lib qolaveradi. Xalqchillik. Ruslaming «tinib-tinchimas» tanqidchisi V.G.Belinskiy ayt- ganidek, «agar xalqchillik deganda biror xalq, biror mamlakat odamlarining xulq-atvorini, urf-odatlarini va xarakteri xususiyatlarini haqqoniy tasvirlash- ni tushunadigan b o ‘lsak, xalqchillik chinakam badiiy asarning zarur shar- tidir».1 Ayni paytda, uningcha, adabiyot xalq fikrini bir markazga yig‘adi va uni yana xalqqa qaytarib beradi. Demak, xalq hayoti va turmushini, orzu-umidlari va manfaatlarini tas virlash va xalqni komillik ruhida tarbiyalashga qodirlik adabiyot va san’atning xalqchilligi deb ataladi. Adabiyot va san’atning xalqchilligi (demakki, uning badiyligini belgilovchi muhim xislati) bir necha omillarga bog‘liq. Ular: — birinchi dan, xalq uchun ahamiyatli bo‘lgan hayotiy masalalami o ‘rtaga q o‘yish, xalq hayotining eng muhim tomonlarini aks ettirish, xalqning porloq orzu-umidlarini akslantirish; — ikkinchidan, tasvirlangan har bir voqea-hodisaga, masalaga xalq m an- faatlari va orzu-umidlari nuqtai nazaridan yondoshib, umuminsoniy dunyo qarash va g ‘oyaviylikni namoyish etish; — uchinchidan, keng xalq ommasi uchun tushunarli milliy til va uslub- dan, rang-barang janr va shakllardan foydalanish; — to'rtinchidan, «begona» xalqlar hayotini obyektiv va e ’zozlab tasvir- lash, o ‘z ijodini xalq og‘zaki ijodi bilan chambarchas bogiash; — beshinchidan, xalqning tuyg‘ularini birlashtirishi, e’tiqodini mustahkam- lashi, uni yanada yuqoriroq (olijanob, pok, halol qilib) ko'tarish va xalq tomonidan sevilish kabi muhim fazilatlar bilan, bu fazilatlarning yaxlitlash- gan holdagi qudrati ila belgilanadi. Milliylik va umuminsoniylik. Adabiyotning xalqchilligi uning milliyligini taqozo qiladi. Chunki xalq hayoti bilan mustahkam bogMangan adabiyot har bir xalqning o'ziga xos urf-odatlarini, ruhiyatini, fikrlash, yashash tarzini akslantirishi tabiydir-ki, bu — adabiyotning milliyligini vujudga keltiradi. Va bu milliylik shu adabiyotni yaratgan daholarning ijodlarida, ularning eng yaxshi asarlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jumladan, Navoiy, Bobur, Mashrab, Yassaviy, G ‘.G ‘ulom, H.Olimjon, E.Vohidov asarlarida butun dunyoda se- vilib o ‘qiladi. Chunki ularning asarlarida o ‘zbek xalqining «o‘zligi», xarak- teri chuqur ifodalanganidan tashqari, ularda insoniyat uchun, inson uchun zarur bo‘lgan muammolar tasvir va tahlil qilinganidan umuminsoniy xislat kasb etadi. «Badiiy ijod shunday daraxtki, shoxida umuminsoniy mevalar yetiladi, ildizi esa milliy zaminda yotadi», — deganida yozuvchi 0 ‘tkir Hoshimov tamomila haqdir. Shu nuqtai nazardan she’riyatimiz malikasi Zulfiya hayoti va ijodiga bir nigoh tashlaylik. Zulfiya 29 yoshida bir qizu bir o ‘g‘il bilan beva qoldi. Umrining oxiri gacha Hamid Olimjon sevgisiga «sodiq b o im o q o ‘zi saodat» deb tushundi. Tunlar tushimdasan, kunduz yonimda, Men hayot ekanman, hayotsan sen ham, — deya kuyladi. Vafosi, sadoqati bilan o ‘zbek Onasi, o‘zbek ayolining Vafosi ramzi sifatida bizning qalbimizni isitdi, haqiqiy va buyuk muhabbat qudrati haqida jonli dars berdi, ibrat namunasini ko'rsatdi. Kamalak yetti rangda yetmish xil jilolanib, barchani maftun qilganidek, Zulfiya «tongning o ‘ziday rost va yorqin haqiqatga» y o ‘g‘rilgan poeziyasi bilan («Kechir, qoldim g‘aflatda!», «Bahor keldi, seni so‘roqlab», «N e baloga etding mubtalo» va sh.k.) Sadoqat va vafodorlik tuyg‘usini — insoniylikning bosh m ezoni darajasiga ko‘tardiki, usiz haqiqiy komil insonni tasawur etish ham mumkin emas. Bugungi hayotimizda q o‘ydi-chiqdilar, sarson-sargar- don yetimlar, havoyi istaklar deb or-nomusdan voz kechgan, «ignaga o ‘tirgan» ayollar, hayosiz, ibosiz juvonlarjabrini tortayotgan jahonda Zulfiyaning haya jonli, o ‘tli chaqirig‘i, jasoratga to ‘liq qo‘shig‘i har bir qalbda (farang, olmon, ingliz, arab, fors qalbida ham) jaranglamoqda. Bu qo‘shiq vafoga, sadoqatga, hurmat va e’zozga, nazokat va latofatga, or-nomus va insoniylikka chaqirayotibdi. Shu bilan odamdek yashashimizga, komil inson va sog‘lom avlod uchun kurashishimizga faol yordam berayap- ti. Bu Zulfiya ijodining umumbashariyligidan, umrboqiyligidan, chuqurza- monaviyligidan, butun insoniyat uchun zarurat ekanligidan dalolat beradi. Demak, san’atkor ijodida, uning chinakam asarida milliylik va umum- insoniylik bir vujuddan oziqlanadi. Milliylik qanchalik chuqur va yorqin ifodalansa, unda umuminsoniy xislatlar shunchalik ulug‘ va ta’sirchan qudrat Download 20.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling