Нотам umurov adabiyotshunoslik
ilhom holatining sehrli ek aoiga ishongim keladi
Download 20.6 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilhom siz yozilgan asar sevgisiz oiingan b o ‘saday sovuq b o ia d i (£. Vohidov, 140-bet. Та ’kidlar bizniki — H.U.).
- Isakovskiy M. Badiiy ijod haqida. Т.: 1960, 30-bet. 2 Qarang: Adabiyotim iz avtobiografiyasi. Т.: 1973, 158— 159-betlar.
- 1 Qarang: Normatov U. Talant tarbiyasi. 37-bet.
ilhom holatining sehrli ek aoiga ishongim keladi. Lekin, bu holat osmonga boqib kutib o ‘ltirish bilan kelmaydi. «Faust»da aytilga- nidek: She’riy kayfiyatni tek kutgan shoir Umr so‘ngigacha kutishi mumkin. Ilhom uzluksiz izlanish, o ‘qish, o ‘rganish, m ehnat qilish natijasidir. Shu m a’noda u ongli jarayon. Talantning to ‘qson to ‘qqiz qismi m ehnat, degan so‘zni men shunday tushunam an. Ilhom tu yg‘ularning shoir qalbidan tosh ish i, shoir xayolida tu g ‘ilgan sh e ’riy niyatning yetilish i va vujudni larzaga solishidir. Fikr va tuyg‘ular esa izlanishdan dunyoga keladi. Ilhomsiz asaryozish mumkinmi? Mumkin. Lekin, bu juda og‘ir m ehnat — yozish ham, o ‘qish ham. Ilhom siz yozilgan asar sevgisiz oiingan b o ‘saday sovuq b o ia d i (£. Vohidov, 140-bet. Та ’kidlar bizniki — H.U.). Ushbu mulohazalardan ayon boiayaptiki, ilhom kelganda san’atkom ing ma’naviy va jismoniy quw ati bir nuqtaga yig‘iladi, u katta qudrat bilan ishga kirishadi: Bu paytda u borliqni tam om an unutadi, go‘yo inon-ixtiyoriga bo'ysunmaydigan zavqu shavqqa to ia d i, qattiq hayajonga tushadi; faqat «g‘oyibdan kelgan», to ‘g‘rirog‘i, ichdan to iiq his qilib sezilgan fikr, holat tasvirini yozib ulgurish bilan band bo iad i. Ilhom kelganda san’atkor, qadimgi filosoflar aytganidek, m a’naviy «kayf» holatida b o iad i, ya’ni o ‘zi qilayotgan ishni to iiq anglamaydi; o ‘zligini, o ‘zi yashayotgan dunyoni unutadi; o ‘zi yaratayotgan yangi olamda va shu olam «kishilari» — qahram onlari bilan birga yashay boshlaydi; ularning faoliyat va nutqlarini juda yengillik bilan qog‘ozga tushirib boradi. Obrazli qilib aytganda, «Ilhom —parovozning o ‘txonasi» ( L.Leonov), shu parovozni ha- rakatga keltiradi. Demak, ilhom yozuvchi qalbiga tushgan m a’naviy olov, u ijodiy jarayonni to iiq yoritadi va harakatini t a ’minlaydi. Xo‘sh, bunday holat qachon yuz beradi? «M aium ki, san’at, shu jum ladan, so‘z san’ati — adabiyot ham kishi- laming ongiga his orqali — yurak orqali ta ’sir qiladi... Yozuvchi o ‘zi his qilmagan narsa to ‘g‘risida yozsa, buni o ‘qigan o‘quvchi ham hech narsani his qilolmaydi. 0 ‘quvchining qalbiga ta ’sir qilmagan narsaning adabiyotga hech tegishliligi yo‘q. Dem ak, kuydirish uchun kuyish, ardoqlash uchun ardoqlanish shart. Busiz bo‘lmaydi. His qilinmasdan yozilgan narsa qog‘ozdan qilingan gulga o ‘xshaydi... Bas, ma’lum bo‘Iadiki, ilhom kelgani yozuvchining to ‘Iiq his qilgani, ilhom kelmagani yozuvchining hali his qilmagani boiadi»'. Ilhom degan sehming makoni bormi? «To‘liq his qilmoq»ni qanday tushunm oq lozim? Ichki his orqali sezmoq uchun nimalar kerak? Buning uchun iste’doddan tashqari ulkan m ehnat — asalari m ehnati zarur. «Asalari yuz gramm bol yig‘ish uchun m illionta gulga q o ‘nar ekan, — deydi yozuvchi 0 ‘tkir Hoshimov. — Shunga yarasha sharbat to ‘plash uchun 46 ming kilom etr masofani bosib оЧагкап. Bu Yer kurrasini ekva- to r b o ‘ylab aylanib uchish bilan teng. Bundan tashqari, bolari har bir tom chi gul sharbatini xartum chasidan 200 m arta to ‘kib, qayta yutib, ishlov borarkan. Am m o, bu hali asal tayyor b o ‘ldi, degan gap emas. Shundan keyin bolari asalni maxsus katakchaga joylab, bir necha soat mobaynida qanot qoqib, havo yuborib, tozalarkan. Asal aynimasligi shun dan. Haqiqiy asar dunyoga kelguncha, qalam kash ham taxm inan shun- cha aziyat chekadi» ( 0 ‘. Hoshimov, 200-bet). Lekin, bu aziyat ham kamlik qiladi: H ayotni, inson ruhini tahlil va tasvir etuvchi san ’atkorda saviya baland, donishm andlik va payg‘am barlik xislatlarining b o ‘lishini ham taqozo qiladi. M a’lumki, Tangri taolo, barcha buyuk payg‘ambarlarning eng oliy sifat- larini M uhammad payg‘ambarda bo‘lishiga amr etganlar. Shu sabab, Odam Atoning yaxshi xulq-atvori, Sifning ilmu donishi, Nuhning jasorati, Ibro- himning shafqati, Ismoilning fasohati, Ishohning kamtarligi, Lutning faro- sati, Yoqubning topqirligi, Yusufning husni-jamoli, Musoning sabr-matona- ti, Ionaning halimligi, Joshuaning ustivorligi, Dovudning xayrixohligi, Doni- yolning mehri va yuragi, Ilyosning olijanobligi, Ionning musafToligi, Iso- ning taqvodorligi unga muyassar bo ‘ladi. Xuddi shunday fazilatlar talantda ham mujassam bo‘lishi va u ezgulik yaratish ishiga m o‘jizakorlikka sarf bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina haqiqiy san’atkorlik yuzaga keladi, kitobxonni ham za- vqu shavqqa, kuchli ehtiroslarga duch etadi. Yozuvchidagi his o'quvchiga to‘liq «ko'chadi», yozuvchining ilhomi o ‘quvchi ilhomini jo ‘shtiradi. Bunday m ehnat va xislatlarsiz «Ilhomning o ‘zi hech qachon kelmaydi. llhom ni yozuvchining o ‘zi qidirib topishi kerak. 1 Abdulla Qahhor. Asarlar, 5-jild, Т.: G kafur G ‘ulom nom idagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1989, 228-bet. Ilhom deb atalgan parizod, nozanin yorning m akoni qayerda? II- hom ning m akoni xalqning dilida — m ajburiyat emas, zaruriyat, xohish- ga aylangan mehnatning shavkati, baxtiyor odamning qahqahasida, jabrdiy- daning ko‘z yoshida, oshiq va m a’shuqalarning k o‘zlari va so'zlarida, odam da m ehr va g‘azab uyg'otadigan hodisa va voqealarning m ag‘zida... ilhom qidirgan yozuvchi xalqning qalbiga q o ‘l solishi kerak» (A. Qahhor, 228-bet). Demak, ilhom ham hayotni chuqur o'rganishdan — shu yo'ldagi tinim - siz m ehnatdan tug‘iladi. Hayot bor joyda — ilhom bor. Faqat yozuvchi uni hayotdek ulkan olamdan o ‘zini ehtirosga solgan olamni — xalqqa aytm o- qchi bo‘lgan zarur gapni topishi, ajratib olishi lozim. Lekin, yozuvchi tas- virlamoqchi bo‘lgan har bir hodisani, qahram onlari taqdirida sodir bo'lgan hamma holatlarni o 'z boshidan kechira olmaydi-ku. «Mana shu joyda yo- zuvchini bir narsa qutqaradi, - deb yozadi Asqad Muxtor, — hayotni yozuv chi ko‘zi bilan ko'rib, uni badiiy, falsafiy tahlil qila bilish qobiliyati»1. Yozuvchi P.Qodirov «San’atkor yozuvchi shaxsan o ‘zi ko'rmagan vo- qealarni boshidan o'tkazm agan kechinma va hissiyotlarni ichdan astoydil his qilguncha o'rganadi»2, — deb yozsa, Ilya Erenburg «Uning qo'lida o'zgalaming qalbini ocha oladigan kalit bo‘lmog‘i kerak», — deb ta ’kidlaydi. Bu fikrlar asosida qanday sirlar yashiringan? «Hayotni yozuvchi ko‘zi bilan ko'rish... ichdan astoydil his etish... o'zgalar qalbini ocha oladigan kalit»ni qanday tushunm oq lozim? L.N.Tolstoy «Tirilish» rom anida shunday yozadi: «Dunyoda eng ko'p tarqalgan fikr, har bir kishining o'ziga xos m a’lum bir xususiyati bo'ladi, xushfe’l, aqlli, axmoq, g'ayratli, yalqov odam bo'ladi va hakozo, degan fikrdir. Lekin, odam lar bunaqa bo'lm aydi. Biz odam haqida u ko'pincha badjahl emas, g'ayratli yoki aksincha bo'ladi deyishimiz m um kin, lekin bir odam ni agarda, u xushfe’l yoinki aqlli desang-u, boshqa birini jahld or yoki ahmoq desak noto'g'ri gapirgan bo'lam iz. Biz bo'lsak odamlarni doimo shunday ajratamiz. Bu noto'g'ri. O dam lar daryodek gap: ham m asining suvi bir xil, ham m a joyda o'sha suv, lekin daryo goh keng bo'ladi, goh tor, goh tez, goh sekin oqadi, suvi goh tiniq bo'ladi, goh loyqa, goh iliq bo'ladi. O dam lar ham shunday. H a r bir odamda insoniy xususiyatlarning kurtagi bo'ladi. Odam shu xususiyatlarning goh birini, goh boshqasini namoyon qiladi, b a’zan o 'sha odamning o'zi butunlay o'zgarib ketadi. 1 Qarang: Norm atov U. Talant tarbiyasi. Т.: «Yosh gvardiya», 1980, 38-bet. : Qodirov P. Т.: 0 ‘ylar. 1971, 107-bet. В а’ zi odamlarda shu o ‘zgarishlar juda keskin namoyon bo‘Iadi...» (Та 'kio bizniki - H.U.). Demak, har birimizda butun odamzod shu vaqtgacha boshidan kechir- gan insoniy xususiyatlarning kurtagi yashirin tarzda mavjud. U lar har bii qalbning chuqurida yota beradi. Lekin, ulardan birortasini uyg'otish zarurati tug'ilsa, shunga tashqi talab, ehtiyoj bo‘lsa, tasawurim izda jonlanishi m um kin. Xuddi ana shu sababli yozuvchi xohlagan qiyofaga, yoshga, holatga kira bilishi mumkin. Xohlagan kechinma, hissiyot, ruhiyatni tasaw ur eta olishi mumkin. Shunday ekan, yozuvchi-san’atkorxasislikvajinoyatni ham, qo‘rquv va mardlikni ham, o ‘lim va jasoratni ham, ayol va yigitni ham, chol va kampimi ham... muhabbat va oriyatni ham tushunarli va yorqin tasvirlay olish qudratiga egadir. Lekin, bu qudrat samimiy va ta ’sirchan, ishonarli va «yuquvchan» bo‘lishi uchun yozuvchi o ‘z xalqining farzandi, Vatanining fidoyisi, qaynoq hayot- ning faol ishtirokchisi, ilg‘or dunyoqarashning egasi sifatida katta shaxsiy va ijodiy tajribaga ega bo'lishi lozim. Chunki yozuvchining shaxsiy tajribasi, biografiyasi «oltin fond» ( A.Muxtor) bo‘lib, u hayotda, shu jum ladan, asarda ro ‘y berayotgan voqea va hodisalarni tushuntiruvchi kalitdir. Shu bois, G ‘.G ‘ulom: «Yozuvchi kishining ichki dunyosini tasvirlar ekan, o ‘z tajriba- siga suyanadi. Shuning uchun ham bu tajriba qanchalik keng bo'lsa, qahra m onning ichki dunyosi ham shu qadar boy bo'ladi», deb yozgan edi. D ar voqe, shaxsiy tajriba — o'zgalar qalbini to 'g 'ri anglashning yo'lchi yulduzi- dir. G archi, insoniyatga tegishli hamma narsa har bir shaxsga ham tegishli bo‘lsa-da, har bir inson o'zicha his qilib, o'zicha o'ylaydi, o'zicha yashaydi, o'zicha o'rtanadi, o'zicha m ulohaza qiladi, o'zicha gapiradi... Shu sabab «Bir shoiming «sir»i boshqa shoir uchun sira ham ish bermaydi. U ni ham ma qulfga tushadigan kalitdek deb o'ylash mumkin emas. Poetik ijodning «sir»ini faqat shoim ing o'zigina topa olishi, shunda ham faqat o'zidan topa olishi mumkin. Har bir yangi shoir bu «sir»ni o'zi uchun yangidan «ochishi» kerak, deb aytsak to'g'riroq bo'ladi. Poetik «simi» bilib olish — bu ham m adan oldin ijodda mustaqil bo'lish demakdir. Boshqacha qilib aytganda, sen bir she’r yozginki, bu she’ming yozilishi faqat o'zingga, boshqa shoirga emas, faqat sening o'zinggagina xos bo'lsin, ya’ni bu she’rda o'zingga xos ovozing bo'lsin, biror tem ada mustaqil o'zing nima ayta olsang, faqat shuni, o 'z fikringni ayt. Chunki turm ushdan olgan bir voqeani o'zing ko'rgansan, o'ylagansan, uni o'zing his qilgansan, o'zing anglagansan va o'zing undan xulosa chiqargansan. Shuning bilan birga bu voqea, faqat shoir va m a’lum doiradagi odamlar uchungina ahami- yatli bo'lmay, balki, eng muhimi, keng o quvchilar ommasi uchun ahami- yatli bo lishi kerak»1. Shoir M.Isakovskiyningyuqorida keltirgan so‘zlaridan xulosa shuki, «kimki yozuvchi bo‘lmoqchi bo‘lsa, albatta, o ‘zidan o'zligini topishi zarur». C hun ki, u tasvirlamoqchi bo'lgan hayotning maftunkorligi yozuvchi shaxsidan qo'shiladigan m a’naviy, poetik «boylik»ning darajasiga bogliqdir. U o ‘zigagina tegishli ana shu «boylik»ni — insoniy sifatlarni, ruhiy kuchlam i yaratayot- gan qahramonlariga «ulashganda», berganda buning sifati qandayligini — fikriy doirasi, ichki dunyosining teran, boy yoki cheklangan va qashshoq- ligini kitobxon baholaydi. Ana shu bahosining natijasiga qarab yozuvchiga, uning asariga bo‘lgan munosabatini belgilaydi. Demak, yozuvchining qahram onlar kechinm alarini birga his qilish, ularga singish («vjivaniye») iste’dodi, qahramonlarga subyektiv munosabati katta rol o ‘ynaydi. U o ‘zini tasvirlanayotgan shaxs o ‘rniga qo'ya olsagina, o ‘sha shaxs qiyofasiga kira bilsagina xarakter jonlanadi. Buning uchun yozuvchi, dastaw al, obrazni ko'z o ‘ngida jonli shaxs qiy ofasiga kirguncha o'rganadi. Yozuvchi o ‘z qahram onining tug‘ilishidan tor- tib umrining oxirigacha bo ‘lgan hayotini va u harakat qilishi lozim bo‘lgan voqelikni — sharoitni tasaw ur qila bilishi kerak. Agar Oybek: «Buning uchun, albatta, Navoiyning barcha asarlari, N a voiy yashagan davm ing tarixi, u davrning sotsial qiyofasi, u davr faoliyati- ning xarakteri, urf-odatlari, xulq-atvori bilan tanishishiga to ‘g‘ri keldi. K o‘p tarixiy faktlar, m ateriallarni yig'dim , ularni tahlil etib, mag‘zini chaqish uchun chuqur his etishga, o ‘ylashga boshladim. Bu ishga shu qadar g‘arq bo‘lgan edim ki, rom anning ish plani qog‘ozda yo‘q edi, u m ening ko‘nglimda, yodim da edi, butun borlig‘imni band etgan edi. Yur- sam-tursam hamisha Navoiyni o ‘ylar edim. Uning m a’nodor, aqlli ko‘zlari, xushfe’l, rahm dil, olijanob qiyofasi, asl, pok, ulug‘ qalbini his etardim , ko‘z o ‘ngimda ko‘rardim»2, — deb yozsa, S.Ahmad «Ufq» qahram onlari haqida: «Rom andagi har bir personaj bilan xayolan gaplashganm an, yig‘laganman. U lar xuddi qaysar, bebosh bolalardek meni qancha qiy- nashgan. Xasis, yaramas Inoyat oqsoqolni qandoq qilib yomon ko‘ray. Axir uni yaratguncha qancha azob tortganm an. Uning eski bir so'mliklarni samo- ' Isakovskiy M. Badiiy ijod haqida. Т.: 1960, 30-bet. 2 Qarang: Adabiyotim iz avtobiografiyasi. Т.: 1973, 158— 159-betlar. vaming qomiga yopishtirib dazmollashidan tortib militsioner bilan uchrashu- vigacha menga qadrli»1, — deb ta ’kidlaydi. Ushbu iqrornom alardan ko‘rinayaptiki, Oybek qahram onlarini ko‘z o ‘ngida ko‘rganday tasaw ur qilsa, Said Ahmad ular bilan xayolan gaplashib, suhbatlashadi. Bu xususiyat, ya’ni yozuvchining asarda tasvirlanayotgan olamda yashashi, shu olam kishilari bilan munosabatga kirishishi, ularning yaxshi- sini sevishi, yomonini qoralashi hamma san’atkorlarga xosdir. A.Tolstoy yozganidek, «Tasvirlagan narsalami his-tuyg‘ular yordamida ko‘ra bilib, asar yaratish yozuvchi uchun qonundir»2. Ilhom bepoyon ijodiy jarayonning bir parchasi, badiiy asar yaratish tizi- midagi san’atkorning muayyan bir holati. Lekin ilhomsiz yaxshi asar yara tish mumkin emasligi ham ayon bo‘ldi. Adabiyotshunoslikda ilhomning ikki darajasi borligi qayd etilgan: Biz birinchisini — m o ta d il ilbom (vdoxnoveniye-skritoye, «skromnoye») va ikkinchisini — zavqu shavqqa t o iiq ilhom (vdoxnoveniye-affekt) deb ata- dik. Birinchisiz asar yozish mumkin emas, ikkinchisisiz har qalay mumkin. Birinchisi juda oddiy kechadi, ya’ni san’atkor ilhom hayajonini sezsa-da, tashqi ko‘rinishidan o ‘zini juda xotiijam tutadi, hamma holatini ongli idrok etadi. M a’lumki, ilhom yozuvchi fikr-m ushohadasining chuqurliklarida tug‘iladi va yetiladi. Ba’zan u birdaniga vulqondek otilib chiqadi: san’atkor yaratayotgan olamiga shunchalik ehtiros va hayajon bilan beriladiki, reallik- ni sezmaydi. Uning tomirlarida shiddat bilan qon yugura boshlaydiki, o ‘sha tasvirlayotgan qahramonining holatiga tushadi. Jum ladan, kitobxon Surayyo Xo‘jayeva yozuvchi A. M uxtordan «Badiiy asarni o'qiyotganda qahram onlar hayotining eng hayajonli daqiqalari tasviri paytidagi yozuvchi holati masalasi meni juda-juda qiziqtiradi. Men «Tug‘ilish» romanini o ‘qiyotganimda Luqmonchaning o ‘limi tasviriga kelganda o ‘zimni qo'yarga joy topolm ay qolgan edim. Asqad aka, o ‘sha hayajonli daqiqalar tasviri paytida qanday holatga tushgansiz, eslay olasizmi?» — deb so‘raganida A.M uxtor quyidagicha javob beradi: «Asarning kitobxon uchun ta’sirli joylari yozuvchining o ‘zini ham shun chalik ta ’sirlantiradimi? Bu haqda har xil afsonalar bor. Mikelanjeloga o ‘zi yaratgan haykal tirikday ko'rinib, q o ‘rqib ketganmish; Balzak qahram oni o ‘lganda infarkt boMib qolganmish... « 0 ‘tkan kunlar»dagi Kumush o ‘limi tasviri paytida Abdulla Qodiriyning yigMagani haqida ham gaplar bor... 1 Qarang: Norm atov U. Talant tarbiyasi. 101 — 102-betlar. 2 Qarang: Badiiy ijod haqida, Toshkent, 1960, 100-bet. Bular — ijod psixologiyasi nuqtai nazaridan haqiqatan ham afsona. Ijodkor bunday ta ’sirli tasvirlar paytida zahm at chekadi. T o‘g‘ri, ilhom bilan zahmat chekadi, lekin uni ko‘pincha hayajon emas, qanoatsizlik hissi qiynaydi. Chunki, qog‘ozga tushgan narsa odatda yozuvchi o ‘yida tug‘ilgan o ‘ziga xos murakkab munosabatlar olamiga nisbatan juda kichik bo'ladi. Yozuvchi tasawuridagi ajoyib dunyo qog‘ozga hech vaqt to'laligicha tush- maydi. Tasaw ur so‘zlardan boy. Shuning uchun o'sha Surayyoxon aytgan tasvirlarda ham meni birinchi galda qanoatsizlik hissi qiynagan. Charcha- ganman, maza qilib uxlaganman. Nazarimda, shu his bo'lmasa; bordi-yu yozuvchi o ‘zi yozganidan o ‘zi mamnun bo‘lib zavqlansa, asar yaxshi chiq- maydi»1. Demak, A.M uxtorning asosli fikriga ko‘ra, yozuvchi qahram on hissiyo- tini, kechinmasi va iztiroblarini tasvirlash paytida uning qiyofasiga kiradi, lekin butunlay, yuz foiz emas, o'zining «men»ini, yaratuvchi shaxs-yozuv- chi ekanligini unutmaydi. Darhaqiqat, M ikelanjelo, Balzak, Qodiriylar boshidan kechirgan yuqoridagi «afsona»lar yuz berganda ham, u san’atkorlar yaratilgan yoki yaratilayotgan obrazlardan ustun turganlar; o'zlarini asar qahramoni emas, balki «uydirmalar ijodkori» ( M.Gorkiy) ekanlarini unut- maganlar. Shunday ekan, H.Qodiriyning «Otam haqida» xotirasida quyida gicha yozgani yolg'onmi? «Bobom vafotidan so'ng edi. Shahar hovlida yashar edik. Bir kuni uyi- mizda shunday voqea ro‘y berdi, oyim, odatimizcha, ertalabki choyni bibim- ning uyiga hozirladi-da, erta turib, yozib o‘tirgan dadamni choyga chaqirga- ni kirib ketdi. Biz dasturxon tevaragida uning chiqishini kutamiz... Bir vaqt oyim negadir indamay chiqdi-da, o'tirib bizga choy quyib bera boshladi: — Abdullani chaqirdingmi, Rahbar, — dadam chiqavermagach, oyim- dan so'radi bibim. — Yo'q. — Nega? — O'g'lingiz yig'lab o'tiribdilar, — dedi oyim. Bibim bechora sakrab turib dadamning uyiga yo'l oldi. Kap-katta kishining yig'lashidan hayratga tushib men ham bibim ortidan ergashdim. Kirsak, u yum-yum yig'lar, kursiga tirsaklanib olib to'xtovsiz yozar edi. Bibim da damning bu holiga bir oz qarab turdi-da, bir narsani tushundi shekilli, indamay, meni boshlab orqasiga qaytdi va o'tirib choyini icha boshladi. Men bibimdan so'radim : 1 Qarang: Normatov U. Talant tarbiyasi. 37-bet. — Ona, dadam nega yig‘layaptilar?... — Dadang jinni bo ‘lib qolibdi... — javob qildi bibim va boshqa so‘z aytmadi. Keyinchalik anglasam, o ‘shanda dadam o ‘z sevikli qahramoni Kumush- ning o ‘limi payti tasvirini yozayotgan ekan»1. Bu kabi hodisalar badiiy ijod uchun yot narsa ham, yozuvchi A. M uxtor aytganidek, afsona ham emas. San’atkor o ‘zi yaratgan, o ‘ylab chiqargan obrazini obyektivlashtirar ekan, uni xuddi birga yashayotgan kishisidek, real, hayotiy odam tarzida tasaw ur qiladi. Natijada, qahram on qalbida sodir bo‘layotgan kechinm a, iztirob, og‘riqni o ‘z boshidan kechirayotgan shaxs holiga tushadi. Qahramonning o ‘zigagina tegishli olamning eng chuqur sir- larini to ‘liq his qilishga imkon beradi. Shu sabab S.Ahmad yozadi: «Og‘ir yuk ko ‘targan kishini tasvirlaganim da, o 'zim o 'sh a yukni ko'targandek kuchanib, terlab ketaman. O'lim manzarasini tasvirlaganimda eng yaqin kishimning jasadi tepasida turgandek yig'lagim keladi. Xullas, nimani tasvirlasam, o'zim o'sha voqeaning ishtirokchisiga ay- lanaman. Shuning uchun ham, har bobni yozganda qattiq charchab, toliqib qolaman». Agar qahram on kechinmasi bilan birga azoblanish A.Qodiriyni yum- yum yig'latsa, S.Ahmadni charchatsa, toliqtirsa, yozuvchi H .G 'ulom ni beix- tiyor ko'zlaridan yosh chiqib ketishiga olib keladi: «Boshda «Binafsha atri» qahramoni... Nafisaning keyingi taqdirini — bolasi bilan c h o 'lg a chiqib ketib sargardon yurishini tasvirlay turib, ko'zlarim dan yosh chiqib ketganini sezmay qolganman». Badiiy ijod tarixida bundan ham o g 'ir m a’naviy iztirob chekkan, azobli holatlarga tushgan yozuvchilarning iqrornom alarini eslash m um kin. Masalan, Flober Emma Bovarining zaharlanishi lavhasining tasviriga kelganda shunday deydi: «Tasawurimdagi shaxslar meni hayajonlantiradi- lar, kuzatadilar, aniqrog'i, men ularga aylanaman. M en Emma Bovarining zaharlanishini tasvirlay boshlaganimda og'zim da haqiqatan ham mishyak (zahar)ning ta ’mini totdim . Zaharlanganimni sezdim, ikki marta juda yo- mon ahvolga tushdimki, hatto qayt qildim». Bu avtorlarning fikrlari shunchalik samimiy va ular o'rtasida shuncha- lik yaqinlik borki, ularning haqiqat ekaniga ishonmaslikka hech qanday asosimiz yo‘q. Unda buni qanday tushunish kerak? Badiiy ijod psixologiyasi qonuniyatiga xilof emasmi? Ushbu masalaga chuqurroq yondoshilsa, A .M uxtor tipidagi yozuvchi- larning asosli tushunchasi bilan A.Qodiriy, S.Ahmad, H .G ‘ulom, Flober- ga o'xshash san’atkorlarning yuqoridagi holatlari o ‘rtasida katta farq yo‘q. Birinchi tipdagi yozuvchilarda qahram on shaxsidan, uning ruhidan ajral- ish, uzoqlashish jarayoni tez va osonlik bilan yuz beradi. Ikkinchi tipdagi yozuvchilar qahramon qiyofasiga kirar, ular kechinmasini birga tortar ekanlar, birdaniga bu qahram on ruhidan chiqib, uning ta ’siridan uzoqlasha olmay- dilar. Tasvirlamoqchi b o ‘lgan qahram on yozuvchining butun borlig‘ini band etadi, uning shaxsiy hayotiga, yurish-turishiga muhrini bosadi. Shuning uchun ham Oybek: «Yursam-tursam ham hamisha Navoiyni o ‘ylar edim. Uning m a’nodor, aqlli ko‘zlari, xushfe’l, rahm dil, olijanob qiyofasi, asl pok, ulug‘ qalbini his etardim , ko‘z o ‘ngimda ko'rardim», - deb haq gapni aytadi. Bunday holat ba’zi yozuvchilarda uzoq davom etishi mumkin. Asar yaratilgan, kitob bitgan, yillar o ‘tgan b o ‘lsa-da, baribir o ‘sha asar ruhidan, qahram onlar hayajonidan, ta ’siridan qutula olmaydilar. Buni S.Ahmad va uning «Ufq» rom ani ustidagi kuzatishlari ham isbotlaydi: «... kitob qattiq hayajon, turli ruhiy izlanishlar, quvonchlar bilan yozilganidan, u bitgan- dan keyin ham , o ‘quvchilar q o ‘liga tegib, adabiy tanqid yaxshi-yom on aytgandan keyin ham uning ruhidan chiqib ketolmadim. Biron hikoya yozsam yo shu romanga kirmay qolgan bobga, yo qahram onga o ‘xshab qolaveradi»1. Ushbu fikrlardan shu narsa aniqlashadiki, yozuvchi tasawuridagi qahra- m onlam ing azob va quvonchlari, hayajon va tashvish-kechinmalarini birga tortar ekan, yaratayotgan, uydirma asosiga qurilgan lavhasini ko‘z o ‘ngida ko‘rar ekan, u bu holatlar va predmetlarni shunchalik aniq va jonli sezadiki, natijada uni o'z qalbida, ko‘z oldida, haqiqiy hayotda yuz berayotgan kechinma va hodisadek qabul qiladi. Shuning natijasi o ‘laroq ijodiy jarayonning b a’zi «afsona»lari yuzaga chiqadi. Lekin, yozuvchi tasaw urida uyg‘ongan hissiyot, qanchalik kuchli va chuqur, tiniq va ta ’sirchan bo ‘lmasin, san’atkor o ‘zining «men»ini, indivi- dualligini yo‘qotmaydi. Qalb ong va irodaga bo‘ysunadi. Shu sabab voqea b o ‘layotgan ham m a hodisalaming real, obyektiv sababi yo‘qligini yozuvchi tushunadi. Yuqoridagi yozuvchilaming «afsona»lari go‘yo haqqoniy aktyor- laming yig‘isi, uh tortishi, azoblanishi, kulishi — bu o ‘sha o ‘ynayotgan Download 20.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling