Нотам umurov adabiyotshunoslik
— Majlisda masala bitta
Download 20.6 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birisi unday dedi, birisi bunday, Biror tadbir topolmay bosh qotdi xumday. Sherday magrur kerilib turgan bir sichqon
- Tadbir shu: kirib borib mushuk qoyniga, Untoq kerak qo‘ng‘iroq uning boyniga.
- Pastdan bir ovoz chiqdi.. — Toxtanglar andak. Qani ayting! Bu ishni kirn qila oladi Mushukka qongiroqni xo sh, kim iladi
- Bu taklif, shaxsan men ozim ilmayman. Shundaylar bor maslahat berishga usta, Amaliy ish kelsa, «yuragi xasta».
- Alayhil-la ’na iblisga sadoqatli malaydursan, Qayon yaxshi odam borki, goriga g lisht qalaydursan. Korinsa bir ayol xushroy, yo‘tal tutgay seni bir dan
- Agar afting esa qiyshiq — nachora, oynada ne ayb, Nechun ahlizamondan, ham zamondan opkalaydursan
- Odamsan, zohiran, lek benasibsan odamiylikdan, Ya’rtikim, shunchaki maxluq erursan, ormalaydursan...
— Majlisda masala bitta, Qolmadi hech andisha mushuk surbetda. Qutulish chorasin o'у lab ko'raylik, Dunyoda и tursin, yo biz turaylik. Qani, o'у lab topaylik bir chora, Qachongacha yem bo"lar sichqon bechora... Birisi unday dedi, birisi bunday, Biror tadbir topolmay bosh qotdi xumday. Sherday mag'rur kerilib turgan bir sichqon, Mushukvoyga go'у о и qo'ygandek qopqon, Dedi: — Mushuk chorasin men olylab topdim, Aql farosat kerak bunday ishga, hmm.. Tadbir shu: kirib borib mushuk qo'yniga, Untoq kerak qo‘ng‘iroq uning bo'yniga. Qo'ng iroq ovozidan bitib olamiz, Mushukvoy kelguncha qochib qolamiz. Bu tadbirnima'qullab, chalishdi chapak, Pastdan bir ovoz chiqdi.. — To'xtanglar andak. Qani ayting! Bu ishni kirn qila oladi? Mushukka qo'ng'iroqni xo sh, kim iladi? Rais dedi: — Bu to'g'ri, kim iladi, kim? Biror ovoz chiqmadi suv sepganday jim . Taklif qilgan «sher» dedi: — Tag'in bilmayman, Bu taklif, shaxsan men o'zim ilmayman. Shundaylar bor maslahat berishga usta, Amaliy ish kelsa, «yuragi xasta». 9. Satirik obrazlarda hayotdagi qusurlar ustidan zaharxanda kulgu, sarkazm masxaralash usuli yetakchilik qiladi. Qahramonlardagi tashqi jihatdan ko‘zg< ko'rinmaydigan, lekin ichki jihatdan bijg‘igan, yaramas, arzimas odatlai fosh etiladi. Kulgu qanchalik fosh etsa, uning mohiyati shunchalik ochilad — qusur va yaramasliklar o ‘limga mahkum etiladi. Mulla Dilkash («Hiyla sha ’riy», G'.G'ulnm). Kalvak mahzum («Kalvak mahzumning xotira daftari- dan», A.Qodiriy), Qori Ishkamba («Sudxo1 rningo'limi», S.Ayniy) kabi obra zlar faoliyatini achchiq kulgu ila fosh etish y o ii bilan yozuvchilar inkoi etadilar. «Malaydursan... »da yaratilgan ig‘vogarlarning satirik obrazigj ( 0 ‘zAS, 1998-yil, 27-noyabr) diqqat qilaylik: Alayhil-la ’na iblisga sadoqatli malaydursan, Qayon yaxshi odam borki, go'riga g lisht qalaydursan. Ko'rinsa bir ayol xushro'y, yo‘tal tutgay seni bir dan, Baroq qosh ostidan q iyg ir ko zing-la parmalaydursan. Bale, fisqu fasod «ilmi» aro senga ta raf yo qdir, Jam e’i rasvo hunarni sen bilursan, uddalaydursan! Agar afting esa qiyshiq — nachora, oynada ne ayb, Nechun ahlizamondan, ham zamondan o'pkalaydursan? Necha boshga balo bo'lding, baloi tim qaro bo'lding, Tuzalmas, bir у aro bo'lding, qishu yoz maddalaydursan. Odamsan, zohiran, lek benasibsan odamiylikdan, Ya’rtikim, shunchaki maxluq erursan, o'rmalaydursan... 10. Yumoristik obrazlarda hayotdagi ayrim nuqsonlar yengil, quvnoq kulgu ostiga olinadi va ularni tuzatishga chorlaydi. MulIado‘st («Maysara- ningishi», H.H.Niyoziy), Hamrobuvi, Xolnisa («Shohiso'zana», A.Qahhor), Toshbolta («Toshbolta oshiq», H.G'ulom) kabilar yumoristik obrazlarning jonli namunalaridir. Asqad M uxtom ing «Afsona» she’ri (yuqorida keltirgan edik)ni qayta bir o'qisangiz, yumoristik obrazlarga xos yoqimli kulguni jonli shohidi bo ‘lasiz. Asar qurilishida tutgan o rniga qarab obrazlar quyidagicha turlarga bo‘linadi: A. Asar voqealarining markazida turib, asar syujetini harakatga keltiradi- gan va oxirigacha rivojlantiradigan, asar bosh g'oyasini o ‘zida tashiydigan shaxslar — bosh obraz yoki bosh qahramon deb yuritiladi. Jumladan, XX asr boshida o ‘zbek xalqi o ‘zini qanday taniganini ko‘rsatish «Qutlug‘ qon» ( Ov’/?e’A.)ning bosh g'oyasidir. Ana shu g‘oyani o ‘zida tashiga- ni va asarning boshidan oxirigacha ishtirok etgani uchun Yo‘lchi roman- ning bosh qahram oni sanaladi. Xuddi shuningdek, Otabek « 0 ‘tkan kunlar» (A.Qodiriy)ning, Po‘lat «Qudratli toiqin» (Sh.Rashidov)ning, Avaz «Qora k o ‘zlar» (P.Q odirov)ning, A h m ad jo n «D avr m en in g ta q d irim d a » (A.Muxtor)rimg bosh obrazidir. B. Badiiy asarda m a’lum bir g'oyani (asardagi bosh g‘oyaning kichik bir boMagini) ifodalovchi, syujet davomida bir, ikki ko‘zga ko'ringan obrazlar epizodik yoki yordamchi obrazlar deyiladi. Jumladan, « 0 ‘tkan kunlar» romanidagi Qovoq devona, Usta Farfi, Rah- mat, Ahmadxon, Komilbek kabilar — epizodik obrazlardir. Usta Farfi romanda bir epizodda ko'rinadi va Otabek bilan usta Alimni «Komilbekni qotili Hamid» ekanligiga ishontirish, Kumushning xaridori, uni o ‘ziniki qilishga harakati borligini bildirish uchun, «bu bir it, tomdagi luqmani o ‘zi ham yemaydi, boshqaga ham yedirmaydir, nah itning o ‘zi!» — deya Hamidni xarakterlash uchun, Otabek hayotidagi fojialarning m an- baini, Hamidning yordamchisi Sodiq usta Alimga qo‘shni ekanini ta ’kidlash uchun kiritiladi. Bu vazifani o ‘tab bo‘lgach, romanning keyingi voqealari tasvirida ko'rinmavdi. Shunga asosan u yordamchi obrazdir. Adabiyot hayotni ikki xil y o i bilan tadqiq etadi: biri — tasdiqlash, ikkinchisi — inkor etish. Shunga ko‘ra obrazlar quyidagicha tu rlarga bo‘linadi: A. X atti-harakati, xarakter xususiyati bilan asosan ijobiy xislatlarn o ‘zida tashisa va kitobxon uchun o ‘rnak b o ‘la olsa, jam iyatni ezgulik v* komillikka yetaklay bilsa, u — ijobiy obrazdir. Bu xususiyatlarga eg* b o ‘lgan Otabek, YoMchi, Bobur, P o ia t, A hm adjonlar - ijobiy obrazlai sanaladi. B. Xatti-harakati, xarakter xususiyati bilan, asosan salbiy xislatlarn o ‘zida tashisa, kitobxonni o ‘ziga nisbatan nafratini uyg'otsa, jamiyatni ta- nazzulga tortsa, u — salbiy obrazdir. Hamid, Musulmonqul cho‘loq ( « 0 ‘tkar kunlar»), Ahmad Tanbal («Yulduzli tunlar»), Inoyat oqsoqol («Ufq») kabilai bu xil obrazlarning tipik vakilidir. Adabiyot tarix va zamona m aterialiga murojaat qilishiga ko‘ra quyid- agi obrazlarni vujudga keltiradi: A. Yozuvchi «tarix orqali zam onaning ichiga kirsa» (A.Tolstoy), tarixdc bo‘lib o4gan voqelikni obrazlarda gavdalantirsa, ular tarixiy shaxslar obrazi deb yuritiladi. H am id O lim joninng «Zaynab va Omon»idagi Zaynab Oybekning «Navoiy» romanidagi Navoiy, P.Qodirovning «Avlodlar dovo- ni»dagi Akbar real tarixiy shaxslar obrazidir. B. Yozuvchi bugungi jam iyatning taraqqiyoti uchun zarur bo'lgan yang g'oyalarni ifoda etsa, bu g‘oyalarni zam ondosh, «tanish bo'lgan nota- nish» xarakterlarda gavdalantirsa, bu zamonaviy obraz yoki zamondosh obrazi deb yuritiladi. M ustaqillik m afkurasini qalbiga ko‘chirgan, Istiqlo m ohiyatini o ‘zida jam qilgan, el-yurt ravnaqi uchun kuyib, yonib yashay- otgan, 0 ‘zbekistonning buyuk davlat b o iish ig a asos va kuch berayotgar tadbirkor, mulkdor zamondoshlarimiz obrazi — bunday obrazlarning yaqqo! tim solidir. Adabiyotshunoslikda obrazlarning yana boshqacha turlari ham mavjud: ozgaruvchan obrazlar ( Yormat, «Qutlug‘ qon»), murakkab obrazlar ( Ortiq, «Qora k&zlar») kabi. Demak, bu sohadagi izlanishlar davom etaveradi. Badiiy asardagi bir — biri bilan uzviy bog‘liq obrazlar majmui — obraz lar (sistemasi) tizimi (« 0 ‘tkan kunlardagi» Yusufbek hoji — 0 ‘z.bekoyim - Otabek — Kumush — Yodgorbek kabi), asardagi m a’lum birguruhga m ansut obrazlar - obrazlar galereyasi («O'tkan kunlar»dagi Hamid ~ Sodiq - Mutal — Jannat kampir kabi) deb yuritiladi. Badiiy asar qahram onlarini yuqoridagidek turlarga ajratish mumkindir. lekin ular o'rtasiga Xitoy devorini qo‘yish tam om an noto‘g‘ridir. Chunki go‘zal va hayotbaxsh bitta obraz (masalan Otabek)ni — realistik obraz, epik obraz, bosh obraz, ijobiy obraz, tarixiy obraz deb yuritaverish haqiqatga to ‘g‘ri keladi. Hayotda har qanday yaxshi insoning ham qusurlari, har qanday yo- m onning ham yaxshi xislatlari borligiga hech kim shubha qilmaydi. H am masi ham aybdor (beayb — Parvardigordir) bandalardir. Shunday ekan, badiiy asar qahram onlarini faqatgina bir rangda (oq yoki qora, yoki qizil) tasvirlanishi, sun ’iy ravishda bir rangning quyuqlashtirilishi m antiqan noto‘g‘ridir. Jumladan, «Oltin zanglamas» ( Shuhrat)dag\ Mirsalim, «Chiniqish» ( Mirmuhsin)dag\ Bo‘rixo‘ja, «Senga intilaman» (H.Gulom)dagi Mirhosil obrazlari yozuvchilar tom onidan jamiyatimizda uchrab turuvchi salbiy xu- susiyatlarning deyarli barchasini o‘zlaridajam g‘argan shaxslar sifatida tasvir- lanadi, obraz aniqligiga putur yetkaziladi. Natijada, bu obrazlar o'zlarining jonli qiyofalarini yo'qotib, salbiy xususiyatlarning yig‘indisiga aylanib keta- dilar. Chunonchi, yigirma yildan buyon jam oaga raisb o ‘lib kelgan Mirhosil — qo‘li egri, qo'pol, xushomadgo'y, cho'lni nobud etuvchi, m a’naviy jih a t dan buzuq, xotin olib, xotin qo‘yuvchi va hokazo... Adabiyot — insonshunoslik ekan, adabiy asardagi obrazlar hayotdagi kishilarning fe’l-atvorlariga — xarakterlariga muvofiq kelishi, eng asosiysi, hayotiy bo'lishi talab qilinadi. Adabiyotshunoslikda «obraz» tushunchasi bilan ba’zida teng, ba’zida farqli ishlatildigan «personaj», «qahramon» tushunchalari ham bor. Personaj (lat. personal — shaxs so'zidan) atamasi badiiy asarda ishtirok etuvchi hamma shaxslarga nisbatan qoMlaniladi. K o'pincha asardagi epi zodik obrazlar-personajlar deb yuritiladi, shu sabab uning tushunchasi obrazga nisbatan tor hisoblanadi. «Ona lochin vidosi» ( P.Qodirov) romanidagi Ibn Ali, Ahmad Tarxon, Bobo Husayn, Habiba Sulton, Robiya Sulton, Uvays Tarxon, Sherhoji kabilar — personajlardir. Qahramon deganda, shijoatli, dovyurakligi, botirligi bilan shuhrat qo- zongan, jonbozlik, mardlik qilib o ‘zini ko'rsatgan (М ., 0 ‘zbekiston Qahra- moni) kishi tasaw urga kelsa-da, bu tushuncha um uman asarda ishtirok etuvchi (Yo'lchi, Yormat, Unsin; Ham id, Sodiq, Mutal; lirik qahram on, epik qahram on) ijobiy yoki salbiyligidan qat’i nazar ham m a shaxslarga, ko'pincha, bosh ishtirokchilarga nisbatan qo ‘llaniladi. Chunki, har qanday salbiy qahram on ham adabiy asarga to ‘qib-bichib kiritilar ekan, u ham asardagi biror voqea-hodisaning yuzaga kelishida asosiy rol o'ynashi, shub- hasizdir. 5. BADIIY XARAKTER VA ADABIY T IP Tayanch tushunchalar: Xarakter. Uning ikki xususiyati. Psixoiogizm prinsiplari: dinamik, analitik, sinte- tik. Psixologik tasvir ko‘rinishlari. Xarakter. Agar obrazni yong‘oqqa qiyoslasak, xarakter (yunoncha char- akter — xususiyat, belgi) shu yong‘oqning mag'zidir. Chunki mag‘izda yong'oqning mohiyati, tirikligi, zaruriyligi, joni jamuljamdir. Shu sabab «xarakter yaratilsagina — badiiy asar yaratiladi» ( N.Pogodin) degan qat’iy va asosli xulosani chiqarish mumkin. X arakter yaratish badiiylikning o ‘zak masalasi deb qarashimizning boisi shundaki, xarakter badiiy ijodning juda ko‘p unsurlari (syujet, kompozitsiya, til kabi)ni o ‘zida jamlaydi, to ‘g‘risi o ‘ziga «ishlash»ga majbur qiladi. Ya’ni xarakter asar mazmuniga nisbatan shakl bo ‘lsa, xarakterga nisbatan syujet, kompozitsiya, til (uslubning butun hiyla-nayranglari) shakldir. Izzat Sulton tavsiya etganidek, «Asar mazmuni xarakter tasviri tufayli hayotiy aniqlik kasb etadi va shu bilan birga, bizning hislarimizga ta ’sir etish xosiyatiga ega b o ‘ladi». T o ‘g‘ri gap: «Har qanday muhim g‘oya ham inson qismatiga aylanmasa quruq gap bo‘lib qolaveradi» (O .Hoshimov). Xarakterning mazmunini aniqlaydigan ikkita asosiy xususiyati bor. Birinchisi, «bu bir shaxsni ikkinchi bir shaxsdan ajratib turadigan ax- loqiy va psixologik belgilar majmuasidan iboratdir. Hayotda shunday kishi- larni uchratish mumkin: qilayotgan bir ishiga hamohang qilib biror ha- rakatni odat qilib olgan boiad i: gapirayotganda bum ining uchini qashib qo‘yadi yo o ‘ylayotganda barmoqlari bilan sochini taraydi va hokazo. Psix ologik jihatdan esa har bir shaxsning biror xususiyati bo'rtgan bo‘ladi: o ‘jar yo tajang, og‘ir yo yengil, kamgap yo ko‘p gapiradigan va hokazo. Psixika xususiyatiga nisbatan tabiiy xususiyatga yaqin turadigan bunday belgilar yo zuvchi uchun ko‘proq obrazni individuallashtirish uchun zarur bo'ladi. Ikkinchisi, bu individual belgilarni ham o ‘z ichiga olgan holda m a’lum bir ijtimoiy sharoitda paydo b o ig an , ijtimoiy m a’no kasb qilgan shaxs iroda yo‘nalishi va bu iroda yo'nalishining asardagi badiiy ifodasidan ibo ratdir. Faqat ijtimoiy sharoit asosida yuzaga chiqqan shaxs irodasi xarak terning asarda badiiy va g‘oyaviy negizini ta ’min qiladi. Busiz yozuvchi yaratgan xarakter badiiy va estetik qiymatga ega boMmaydi»' (Та ’kid bizniki - H.U.) 1 Q o ‘shjonov M . Oybek mahorati. Т.: «Toshkent» , 1965, 5-6-betlar. Darvoqe, Yo‘lchida («Qutlug* qon») m ehnatkash xalq vakillariga xos bo‘lgan umumiy xislatlar — konkret m uhit ta ’sirida vujudga kelgan o ‘z- o ‘zini anglash xususiyati va shu xususiyat natijasida uning ongida yuz bergan olg‘a intilishlar, shaxsiy xislatlarini belgilaydigan belgilar — sodda, yuvosh, uyatchan, hushyor, sofdil, mehnatsevar, halol J a s u r kabilar o ‘zaro uyg'unlik kasb etib, yaxlit xaraktemi yaratadi. Demak, xarakter — bu aniq iroda yo‘nalishiga ega bo‘lgan, o ‘z xatti- harakatlari, intilishlari, o ‘y-xayollari, dunyoqarashi, m a’naviyati, m a’rifati, fe’l-atvori bilan ajralib turadigan to ‘laqonli shaxslar obrazidir. Shu sabab badiiy asardagi hamma obrazlar xarakter sanalmaydi. Jum ladan, « 0 ‘g‘ri» (A.Qahhor) asaridagi Qobil bobo x arakter sanalsa, qolgan (Qobil bobo- ning kampiri, ellikboshi, pristav, tilmoch, Egamberdi)lar personajlardir. Psixologizm prinsiplari, shakllari. Xarakter va uning psixologiyasi tahlili adabiyotning kamoloti, yozuvchining m ahorati darajasini belgilovchi bosh omildir. Darvoqe «Adabiyot — xarakterlar yaratish san’ati» ( I.Sulton, 132-b.) va ayni chog‘da, ana shu xarakterlar «...dilini bilish, uning sirlarini bizga ochib ko‘rsatish — asarlarini biz maroq bilan qayta-qayta o ‘qiydigan yozuv- chilaming har biriga beriladigan ta ’rifdagi birinchi so‘zlar shular-ku, axir» ( N.G.Chemishevskiy). Hozirga qadar o‘zbek nasrida qahram on psixologiya- sini ochishning uch xili yaqqol ko‘zga tashlanadi. Abdulla Qodiriy yirik prozasida qahram onlar tuyg‘ularini bevosita tahlil etmaydi, balki tashqi qiyofa ko‘rinishlarida ruhiy holatlam ing aksini beradi. Birgina misol. Otabek oshiq. Lekin hali bu sir. «Otabekning har bir siriga o ‘zini mahram hisoblaganlikdan» uning «ma’naviy bir padar»i — Has- anali bu simi ochm oq maqsadida bekni sinamoqda». «Hasanali ginalik qiyofada qoshlarini chimirdi va — Mendan yashirib yurgan bir siringiz bor, — dedi. — Sizdan yashirgan bir sirim bor?-Bor, o'g'lim bor, — dedi Hasanali, — agar da ’vongiz to'g'ri bo" Isa, menga chindan o'z kishim deb qarasangiz, o'sha simi yashirmangiz. Otabek to'satdan o'zgarib, boyagi asabiylik holatini yo‘qotdi, shundog‘ bo'Isa ham o'zini yig'ib, kulgan bo'ldi: Hali shunaqa sizdan yashirin sirim bormi? — Bor! — Bo'Isa, marhamat qilib kashflngizni so'zlangiz! Hasanali piyolani og'ziga ko'tarib, choyni ho'pladi, kashfini ochdi: — Marg'ilondan kelgan kunlardan boshlab sizda qiziq bir holat bor edi. — Siz bu holatni «Marg'ilon havosi yoqmadi» deb ta ’bir qilsangiz ham, men mundan boshqa narsalarpayqayman... Otabek o‘ziga q a t’iy tiki lib turgan Hasanalidan у uzini chetga burishga m ajbur bo‘ldi. Go‘yo bu sehrgar chol ham m a sim i betdan &qib olar edi. Hasanalini hamon d'ziga tikilib turganini bilib manglayini qashigan bo‘ldi: X&sh, davom etingiz.-- — Bu siringizni mendan yashirmoqchi bo4asiz, “ dedi tamom qanoat bilan Hasanali. — Xayr, yashirmoqqa ham balki haqingiz bordir.. Am m o shu ko‘y i sir saqlash bilan biror natijaga у etish mumkinmi?.. Otabek qip-qizil qizarib, gunohkorlardek yerga qaragan edi. H asanali - ning yuziga padarona tarahhum tusi kirib keksalarga xos ohangdor bir tovush bilan bekning ustidagi og4r у ukni ola boshladi: — Aybi y o ‘q, 0 ‘g‘lim, - dedi, — m uhabbat ju d a oz yigitlarga m uyassar bo‘ladigan yurak javharidir. Shuning bilan birga ko ‘p vaqtlar kishiga zararli ham bo"lib chiqadilar. Shuning uchun kuch sa rf qilib bo'Isa ham unutish, ko‘p d'ylam aslik kerakdir. Bu keyingi gap bilan Otabek ko4arilib Hasanaliga qaradi va uzoq tin olib у ana yerga boqdi. Go‘yo buning ila «unutish m um kin emas» degan qat Чу so‘zni aytgan edi. Oraga so‘zsizlik kirdi. Ikkisi ham flkrga tolgan edi. H a- sanalining ortiqcha berilib o‘ylagan kezda soqolini qayirib tishlaydigan bir odati bo"lib, hozir soqolini yam lash bilan mashg‘ul edi. Uzoq o6ylagandan so‘ng ishning ochilmay qolgan qismini yechishni boshqa vaqtga qoldirmoqchi bo‘ldi, chunki Otabek, shuning o‘ziga ham yaxshigina qizariniby bo'rtingan edi»1. Keltirilgan ushbu parchadan ko‘rinadiki, qalb iztirobi va kechinmalarini xatti-harakatlar, yuz tuzilishi, ko‘z qarashlari orqali ochadi. Haqiqatan ham birinchi bor Otabek qalbini tug‘yonga solgan muhabbatning Hasanali tom o- nidan kashf etilishi Otabekni uyalishga («...Hasanalidan yuzini chetga burishga majbur bo‘ldi»), gunohkorlardek aybiga iqror boiishga («Otabek qip-qizil qizarib, gunohkorlardek yerga qaragan edi») olib keladi va h.k. A.Qodiriy romanning «Qarshilash» bobida Hasanalining va «Qorong‘u kunlar» bobida Otabekning fikr va hislar oqimini («o‘z -o ‘zini tahlil qilish» vositasi orqali) juda siqiq formada berishga intiladi, xolos. Xullas, romanda yozuvchi uchun ichki dunyoning — ruhning kechin malarini tashqi qiyofa, holat va xatti-harakatlarda ko‘rinishini tasvirlash, ya’ni dinamik prinsip asosiy mezondir. 0 ‘zbek romanchiligida birinchi bor Abdulla Qahhorning «Sarob» roma- nida psixologizmning analitik prinsipi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu prinsip- 1 Abdulla Qodiriy. 0 ‘tkan kunlar. Т.: 1980, 24— 25-betlar. da «voqealar tafsiloti»ning tasviriga nisbatan «his-tuyg‘ular tafsiloti» tasviri birinchi o ‘ringa chiqadi. Qahramonning ruhiy jarayoni, bu jarayonning betinim o‘zgaruvchanligi, fikrlar, hislar va kechinmalaming rivoji va oquvchan- ligi keng tahlil etiladi. Shuning uchun ham Abdulla Qahhor «Sarob» romanida qahram onning o ‘z shaxsidagi qarama-qarshi fikrlar jangiga, his-tuyg‘ular kurashiga asosiy diqqatni qaratadi. Qahramon qalbi dialektikasining ochilishi — o ‘sha qahra- monni tug‘dirgan va o'stirgan muhit ko‘p qirrali panoramasining realistik tasviriga olib keladi. Roman Saidiyning universitet dargohida M unisxon bilan tasodifan uchrashuvi va tanishuvidan boshlanadi. «... Oldiga qo'yilgan shartlarni es- hitib, «unday bo4sa o'gimay man» degan fikrga kelgan Saidiy M unisxonni ко' rgach, qizning ham universitetda o' qishga xohishi borligini bilgach , tezda bu fikridan tonadi: «Uning endigi flk ri qanday bo‘lsa ham universitetga k i rish, o'qish edi. Vujudi mo'jiza, har bir so ' zi, harakati hayotga chaqirib turgan shu qizga ham dard bo4ish uchun и har narsaga tayyor edi»1. Ikkinchidan, Saidiy M unisxondan «nima umidvor ekanini o 'zi bilmaydi, ammo uning um id qilgan narsasinigina emas, butun olamni berib, hech narsa talab qilmaydigan holat»ga tushadi. Saidiy Munisxonga shunchalik maftun- ki, qizning lab tishlab bosh chayqashi ham , mayin tovushi ham uning vujudini egallaydi, qalbini titratadi. Bu hissiyot dinamik ravishda asta-sekin rivojlana boradi. Rivojlangan sayin Saidiy qalbi o'zining borlig'ini namoyon etadi: «Shu qizning boshiga bir fa lo ka t tushsa-da, qutqaradigan kishi yagona men bo'lsam...» Boyagi samimiy his-tuyg‘ular o'rnini xudbinlik egallaydi. Ana shu xud- binlikning ildiz otishi, gurkirashi uchun to ‘la imkoniyat beradigan mil- latchilar muhiti Saidiyni o ‘z domiga tortadi va bora-bora uni halokatga olib keladi. Ana shu xudbinlikni millatchilar muhiti bilan bogiashda Munisxon «ko‘prik» vazifasini o ‘taydi. Demak, Saidiyning «butun hayoti, ichki va tashqi olami, qismati ana shu dastlabki his va uning natijasi bo‘lgan fikrning oqibatidir». Demak, «Sarob»da analitik prinsip asosiy, hukm ron prinsipdir. Psixologizmning dinamik va analitik prinsiplari garchi bir-biriga qara- ma-qarshidek tuyulsa-da, lekin, ularni o ‘zaro zid qo'yish ham noo‘rindir. Bu prinsiplar ba’zi romanlarda uyg‘unlashgan, qo‘shaloqlashgan holda ko‘zga tashlanadi. Bunday asarlarda qahram onlarning ruhiy dunyosi ularning xat- Download 20.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling