Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Notarial ish yuritish va hisobdorlik


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

10-modda. Notarial ish yuritish va hisobdorlik

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Notarial  idora  notarial  ish  yuritish  hujjatlari  va  materiallarining  but  saqlanishini

ta’minlashi, o‘z notarial arxiv ishini yuritishi shart.

(10-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  18-apreldagi  O‘RQ-476-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Notarial  ish  yuritish  hujjatlari  va  materiallari  uch  yil  o‘tgach  Qoraqalpog‘iston

Respublikasi  Adliya  vazirligi,  adliya  boshqarmalari  huzuridagi  idoraviy  notarial  arxivlarga

topshirilishi  kerak.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  adliya  boshqarmalari

huzuridagi  idoraviy  notarial  arxivlar  tomonidan  beriladigan  notarial  tasdiqlangan

hujjatlarning  dublikatlari  va  reyestrlardan  ko‘chirmalar  notarial  tasdiqlangan  hujjatlarga

tenglashtiriladi  hamda  ularni  berganlik  uchun  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  haq

undiriladi.



(10-moddaning  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  18-apreldagi  O‘RQ-476-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  adliya  vazirining  2010-yil  22-dekabrdagi  20-sonli

“Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  viloyatlar  va  toshkent  shahar  adliya  boshqarmalari

huzuridagi  notarial  arxivlar  shtat  birliklari  soni  va  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  ma’lumotnomalar  va

arxiv  hujjatlari  nusxalari,  shuningdek,  notarial  tasdiqlangan  hujjatlarning  dublikatlari  va  reyestrlardan

ko‘chirmalar  berilganligi  uchun  ular  tomonidan  undiriladigan  haq  miqdorlarini  tasdiqlash  to‘g‘risida”gi

buyrug‘ining (ro‘yxat raqami 2167, 22.12.2010-y.) 2-bandi.

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  adliya  boshqarmalari  huzuridagi

idoraviy notarial arxivlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga

ega bo‘ladi.



(10-moddaning  uchinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  18-apreldagi  O‘RQ-476-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

1

2



2

1

2


Notarial  ish  yuritish  qoidalari,  notarial  hujjatlarni  saqlash  muddatlari  va  tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.



 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalari”

(ro‘yxat raqami 2170, 22.12.2010-y.).

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  adliya  boshqarmalari  davlat  boji

tushumlarining  hisobini  yuritadi  va  ular  yuzasidan  davlat  soliq  xizmati  organlariga  hisobot

taqdim etadi.



(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni

tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling