12-modda. Notariusning muhri, shtamplari, ish qog‘ozlari
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, notarius
familiyasi, ismi-sharifi, lavozimi va notarial idoraning nomi ko‘rsatilgan shaxsiy muhriga,
tasdiqlovchi yozuvlar bitilgan shtamplariga, notarial idoraning blankalariga ega bo‘ladi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning muhrida litsenziyaning seriyasi va raqami
ko‘rsatiladi.
Notariuslarning reyestriga ularning muhri va imzosi namunalari kiritiladi.
Notariusning
muhri
O‘zbekiston
Respublikasi
Adliya
vazirligi
tomonidan
tasdiqlanadigan yagona namuna bo‘yicha tayyorlanadi.
Notarius muhri, shtamplari, gerbli (maxsus) blankalari litsenziyaning amal qilishi
to‘xtatib turilgan, tugatilgan va litsenziya bekor qilingan hollarda hamda qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa hollarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda
adliya boshqarmalariga qaytarilishi lozim.
Notarial idoralar tomonidan gerbli (maxsus) blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash
va ular bo‘yicha hisobot berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
belgilanadi.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan
o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |