64-modda. Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yish va taqiqni
bekor qilish
Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yish va taqiqni bekor qilish
qonunlarda belgilangan shartlarda va tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 106 va 111-moddalari hamda
Jinoyat-protsessual kodeksining 290 va 295-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Birlamchi bozordagi ko‘chmas mulk va transport vositalariga nisbatan ipoteka
shartnomalarini rasmiylashtirgan bank va boshqa kredit tashkilotlari mol-mulkka taqiq qo‘yish
hamda taqiqni echishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda,
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mustaqil ravishda amalga
oshiradi.
(64-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y.,
03/20/602/0052-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |