66-modda. Hujjat nusxasidan ko‘chirilgan nusxaning to‘g‘riligini shahodatlash
Hujjat nusxasidan ko‘chirilgan nusxaning to‘g‘riligini notariuslar, basharti avvalgi
nusxaning to‘g‘riligi notarial tartibda shahodatlangan bo‘lsa yoki hujjatning nusxasi uning asl
nusxasi tayyorlangan korxona, muassasa, tashkilot tomonidan berilgan bo‘lsa, shahodatlaydi.
Keyingi holatda hujjatning nusxasi mazkur yuridik shaxsning ish qog‘ozida bayon etilgan, muhr
bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur korxona, muassasa, tashkilotda ekanligi
yozib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |