QABUL QILIB OLISh
(12-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
73-modda. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish
Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) o‘zga hujjatlarini boshqa
jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi.
Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar ularning topshirilganligini ma’lum qilish sharti bilan
pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qo‘ydirib topshiriladi. Arizalar
telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi
mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini
notarial harakatni amalga oshirishni so‘ragan shaxs qoplaydi.
Shaxsning iltimosiga ko‘ra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning
topshirilganligi haqida guvohnoma beradi.
(73-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan
kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: