74-modda. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilish
Notarius qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun
qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 249-moddasi.
Notarius pul summalari va qimmatli qog‘ozlar kelib tushganligi haqida kreditorga xabar
qiladi hamda uning talabi bo‘yicha unga tegishli pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni
topshiradi.
Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga majburiyat bajariladigan joydagi
notarius qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish uchun depozit
hisobvarag‘ini ochishi kerak.
Notariusning shaxsiy mablag‘larini ushbu hisobvaraqqa o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Notarius qarzdorga depozit hisobvarag‘i ochilgan bankka taqdim etish uchun pul
mablag‘lari depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilganligi to‘g‘risida yozma xabarnoma beradi.
Kreditorning yoki qarzdorning depozit hisobvarag‘iga qabul qilingan pul mablag‘larini
va qimmatli qog‘ozlarini berish, shuningdek depozitdan foydalanganlik uchun to‘lov bank
tomonidan notariusning xabarnomasiga asosan amalga oshiriladi.
(74-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan
to‘rtinchi — yettinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-
y., 03/20/602/0052-son)
75-modda. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarning ularni depozitga topshirgan
Do'stlaringiz bilan baham: |