Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

guvohnoma berish

Chet el fuqarosi vafotidan keyin uning O‘zbekiston Respublikasi hududida qolgan mol-

mulkini  qo‘riqlash  yoki  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  vafot  etganidan  keyin  chet  el

fuqarosiga  tegishli  bo‘lgan  mol-mulkni  qo‘riqlash,  shuningdek  bunday  mol-mulk  xususida

merosga  bo‘lgan  huquq  haqida  guvohnomalar  berish  bilan  bog‘liq  harakatlar  O‘zbekiston

Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



90-modda. Chet elda amal qilishga mo‘ljallangan ishonchnomalar

Notarius  tomonidan  tasdiqlangan,  chet  elda  amal  qilishga  mo‘ljallangan,  amal  qilish

muddati  ko‘rsatilmagan  ishonchnomalar  ularni  bergan  shaxs  tomonidan  bekor  qilinguniga

qadar o‘z kuchida qoladi.



91-modda. Notariusning chet elda tuzilgan hujjatlarni qabul qilishi

Oldingi tahrirga qarang.

Chet  elda  boshqa  davlatlar  vakolatli  organlarining  mansabdor  shaxslari  ishtirokida

tuzilgan  yoki  ulardan  kelayotgan  hujjatlar  rasmiylashtirilgan  yoki  apostil  qo‘yilgan

taqdirdagina notarius tomonidan qabul qilinadi.



(91-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-

yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

Bunday  hujjatlar  O‘zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlarida  va  xalqaro

shartnomalarida  nazarda  tutilgan  hollarda  rasmiylashtirilmagan  yoki  apostil  qo‘yilmagan

holida notarius tomonidan qabul qilinadi.



(91-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-

yil 1-yanvardan kuchga kiradi)


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling