Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Ijro xatlarini yozish shartlari


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

78-modda. Ijro xatlarini yozish shartlari

Ijro xatlari quyidagi hollarda yoziladi:

taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa

majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;

da’vo  qilish  huquqi  vujudga  kelgan  kundan  boshlab  o‘tgan  vaqt  uch  yildan  ortiq

bo‘lmasa.

Agar  ijro  xati  berish  haqidagi  talab  uchun  qonun  hujjatlarida  boshqa  muddat

belgilangan bo‘lsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.



79-modda. Ijro xatining mazmuni

Ijro xatida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:

ijro xatini yozayotgan notarius ism-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi;

undirib oluvchining nomi va manzili;

qarzdorning nomi va manzili;

undirib olish amalga oshiriladigan muddat;

undirib olinishi kerak bo‘lgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak bo‘lgan narsalar,

shu jumladan to‘lanishi kerak bo‘lgan penya, foizlar;

undirib oluvchi to‘lagan yoki qarzdordan undirilishi kerak bo‘lgan davlat boji yoki tarif

summalari;

ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun);

ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami;

ijro xatini yozgan notariusning imzosi;

notariusning muhri.



80-modda.  Ijro  xatini  taqdim  etish  muddatlari  va  ijro  xati  bo‘yicha  undirib  olish

tartibi

Ijro  xati,  agar  qonun  hujjatlarida  boshqa  muddat  belgilangan  bo‘lmasa,  u  yozilgan

kundan boshlab uch yil muddat ichida majburiy ijro uchun taqdim etilishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  “Sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish

to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasi.

Ijro  xatini  taqdim  etishning  o‘tkazib  yuborilgan  muddatini,  shuningdek  ijro  xati

bo‘yicha undirishni tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  “Sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish

to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi.


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling