92-modda. Notariusning boshqa davlatlar adliya organlari bilan o‘zaro
munosabatlari
Notariusning boshqa davlatlar adliya organlari bilan o‘zaro munosabatlari tartibi
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
93-modda. Xalqaro shartnoma
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida notarial harakatlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida xalqaro shartnoma qoidalari
qo‘llanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi notariusga O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan notarial harakatni amalga oshirish
vakolatini bersa, notarius bu notarial harakatni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
belgilagan tartibda amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |