70 -modda. Dalillarni ta’minlash
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda manfaatdor shaxslarning iltimosiga binoan
notarius sudda yoki ma’muriy organda ish yuzaga kelgan taqdirda, agar taqdim etish
keyinchalik mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyin bo‘ladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud
bo‘lsa, dalillarni ta’minlaydi.
Dalillarni ta’minlash maqsadida notarius guvohlarning ko‘rsatuvlarini yozib oladi,
yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechiradi va guvohlantiradi, ekspertiza tayinlaydi,
Internet jahon axborot tarmog‘idagi faktlarni tasdiqlaydi.
(70 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |