Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. O‘zbekiston Respublikasida notarius


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

2-modda. O‘zbekiston Respublikasida notarius

Oldingi tahrirga qarang.

Yigirma  besh  yoshdan  kichik  va  oltmish  besh  yoshdan  katta  bo‘lmagan,  oliy  yuridik

ma’lumotga,  yuridik  mutaxassislik  bo‘yicha  kamida  uch  yillik  ish  stajiga  ega  bo‘lgan,  shu

jumladan  notarial  idorada  kamida  bir  yil  stajirovka  o‘tagan,  malaka  imtihonini  topshirgan

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh

yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik

qilish  va  ushbu  faoliyatni  nazorat  qilish  bilan  bog‘liq  lavozimlarida  kamida  uch  yil  ishlagan

shaxslar  uchun  stajirovkadan  o‘tish  talab  qilinmaydi.  Surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror,

adliya  organlarining  ishi  notariat  faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  boshqaruv  xodimi  yoki

advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan

e’tiboran besh yil o‘tmagan bo‘lsa, olti oy muddat stajirovka o‘taydi.

Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin emas:

muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;

qasddan  sodir  etgan  jinoyati  uchun  sudlanganlik  holati  tugallanmagan  yoki

sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;



notarius,  advokat,  tergovchi,  surishtiruvchi,  prokuror,  sudya  yoki  huquqni  muhofaza

qiluvchi  organlarning  boshqa  xodimi  sifatidagi  vakolatlari  o‘z  kasbiy  faoliyatiga  mos

kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida.

Notarius  yordamchi,  stajor,  shuningdek  notarial  faoliyatni  tashkil  etish  bilan  bog‘liq

boshqa xodimlarga ega bo‘lishi mumkin.

Notarial  harakatlarni  amalga  oshirishda  notariuslar,  davlat  notarial  idorasida

ishlashidan  yoki  xususiy  amaliyot  bilan  shug‘ullanuvchi  notariuslar  bo‘lib  ishlashidan  qat’i

nazar,  teng  huquqlarga  ega  va  bir  xil  majburiyatlarni  o‘z  zimmasiga  oladi.  Davlat  notarial

idoralari  notariuslari  va  xususiy  amaliyot  bilan  shug‘ullanuvchi  notariuslar  tomonidan

rasmiylashtirilgan hujjatlar bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Davlat notarial idoralari notariuslariga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi.

(2-moddaning  matni  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  14-yanvardagi  O‘RQ-602-sonli  Qonuni

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)

Oldingi tahrirga qarang.


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling