Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius yuridik shaxs tashkil etmagan holda o‘z
idorasiga ega bo‘lishga, bank hisobvarag‘i va boshqa shaxsiy hisobvaraqlar ochishga, mulkiy
hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishga hamda majburiyatlarni o‘z zimmasiga
olishga, xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga, sudda o‘z nomidan
ishtirok etishga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusni hisobga qo‘yish va hisobdan
chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda
1
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan amalga
oshiriladi.
Xususiy
amaliyot
bilan
shug‘ullanuvchi
notariusning
idorasi
tugatilganda
kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan so‘ng qolgan mol-mulk notariusning tasarrufida
qoladi va unga soliq solinmaydi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial idoraning xodimlarini
lavozimga tayinlashda va lavozimidan ozod qilishda mustaqildir, bundan ushbu Qonunning 2
va 2 -moddalarida ko‘rsatilgan hollar mustasno.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius idorasining nomida “xususiy amaliyot
bilan shug‘ullanuvchi notarius” degan so‘zlar bo‘lishi va tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: