7-modda. Notarius faoliyatidagi cheklovlar
Notarius:
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy
boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;
shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish chog‘ida vositachilik xizmati
ko‘rsatishga;
faksimiledan foydalanishga va shaxsiy muhrni boshqa shaxslarga berishga, bundan
uning litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilgan davrga muhrni Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga topshirishi mustasno;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda o‘z idorasi joylashgan
hududdan tashqarida faoliyatni amalga oshirishga haqli emas.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urta qilish shartnomasini tuzmasdan turib o‘z faoliyatini amalga oshirishga ham haqli
emas.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan cheklov davlat
notarial idorasining boshqa xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |