Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Notariusning mustaqilligi va betarafligi


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

5-modda. Notariusning mustaqilligi va betarafligi

Notarius  o‘z  faoliyatida  mustaqil  va  betaraf  bo‘lib,  uni  amalga  oshirishda  notariat

to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga amal qiladi.

(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda —

Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  12.10.2018-y.,  03/18/497/2044-son  —  2019-yil  1-yanvardan

kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

6-modda. Notarial harakatlarning maxfiyligi

Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning,

shuningdek  amalga  oshirilayotgan  notarial  harakatlar  to‘g‘risida  o‘z  xizmat  vazifalarini

bajarishi  munosabati  bilan  xabardor  bo‘lib  qolgan  shaxslarning  o‘zlariga  ma’lum  bo‘lgan

ma’lumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham

oshkor qilishi taqiqlanadi.

Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjatlar) bu harakatlar

kimning nomidan yoki kimning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning

o‘zigagina berilishi mumkin.

Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) sud,

prokuratura,  surishtiruv  va  tergov  organlari  yurituvida  bo‘lgan  ishlar  munosabati  bilan

ularning talabiga binoan beriladi.

Notariuslar tomonidan shuningdek:

Oldingi tahrirga qarang.

maxsus  vakolatli  davlat  organiga  —  jinoiy  faoliyatdan  olingan  daromadlarni

legallashtirishga,  terrorizmni  moliyalashtirishga  va  ommaviy  qirg‘in  qurolini  tarqatishni

moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar

to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar);

(6-modda  to‘rtinchi  qismining  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  15-

yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y.,

03/19/516/2484-son)

davlat  soliq  xizmati  organiga  —  ko‘chmas  mulk  oldi-sotdi  shartnomalarini,  mol-mulk

ijarasi  shartnomalarini  tasdiqlash  va  ijara  haqining  miqdori  to‘g‘risidagi,  shuningdek  meros

yoki  hadya  tartibida  fuqarolar  mulkiga  o‘tayotgan  mol-mulkning  qiymati  haqidagi

ma’lumotnomalar;

ichki  ishlar  organiga  —  avtomototransport  vositalaridan  foydalanish  va  (yoki)  ularni

tasarruf  etish  huquqi  uchun  ishonchnomalarni,  ushbu  vositalarni  boshqa  shaxsga  o‘tkazish,

ijaraga  berish,  ulardan  tekin  foydalanish,  ularning  garov,  lizing  shartnomalarini  tasdiqlash

to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar;

yer  tuzish  va  ko‘chmas  mulk  kadastri  davlat  korxonasi  tuman  (shahar)  filialiga  —

boshqa  shaxsga  o‘tkazilayotgan  ko‘chmas  mulkning  kadastr  raqami  to‘g‘risidagi  va  oluvchi

haqidagi ma’lumotlar;

kredit  byurosiga  uning  so‘roviga  ko‘ra  —  bitim  predmeti  bo‘lgan  obyektni  boshqa

shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi

ma’lumotnomalar (ma’lumotlar);

rieltorlik  tashkilotiga  uning  so‘roviga  ko‘ra  —  bitim  predmeti  bo‘lgan  ko‘chmas  mulk

obyektini  boshqa  shaxsga  o‘tkazishni  taqiqlash  yoki  ushbu  obyektga  nisbatan  xatlov  mavjud

emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar);

manfaatdor shaxslarga vasiyat qiluvchining vafotidan keyin — vasiyatnoma to‘g‘risidagi

ma’lumotnomalar beriladi.




Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi

Hisob  palatasiga  o‘z  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalarni  amalga  oshirishi  maqsadida  uning

so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  va  Tashqi  ishlar  vazirligining  2011-yil  31-

yanvardagi  21,  1-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  “O‘zbekiston  Respublikasi  konsullik  muassasalarining

konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”ning 5-bandi.

Ma’lumotnomalarni 

(ma’lumotlarni) 

taqdim 


etish 

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshirilishi mumkin.

(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda —

Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  12.10.2018-y.,  03/18/497/2044-son  —  2019-yil  1-yanvardan

kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling