8-modda. Davlat notarial idorasi
Davlat notarial idoralari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil
etiladi va tugatiladi.
Davlat notarial idorasi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi.
Davlat notarial idorasining nomida “davlat notarial idorasi” degan so‘zlar bo‘lishi,
tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi va zarur bo‘lganda, davlat notarial idorasining raqami
bo‘lishi kerak.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |