Notiqlik sanati va nutq madaniyati shakllanishining tarixiy ildizlari


Download 258.19 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi258.19 Kb.
#1130940
Bog'liq
Notiqlik sanati va nutq madaniyati shakllanishining tarixiy ildizlari


Notiqlik sanati va nutq madaniyati shakllanishining tarixiy ildizlari
Til – moddiy va ma’naviy ishlab chiqariganing samarasi; uzluksiz sa’y-harakat, imo-ishora, bahslashuv va muloqot oqibatida vujudga kelgan ma’naviy boylikning billur qotishmasidir. Til - har qanday millatning qalbi.
O‘qituvchi ravon va go‘zal ifodalarga boy nutqi bilan o‘quvchilarini mahliyo etib, bermoqchi bo‘lgan bilimini yosh avlod shuuriga osonlikcha singdiradi.Zotan, ona tili milliy maʼnaviyatimizning, dunyoni teran idrok etishimizning zaminidir”. Notiqlik sanʼati juda muhim sanʼat hisoblanadi.
Notiqlik sanʼati o‘zi nima? “Ritorika (grekcha rhetorike – “notiqlik sanʼati”) – notiqlik sanʼati haqidagi fan bo‘lib, u auditoriya oldida nutq qilish mahoratini, o‘z nutqi yordamida tinglovchilarga samarali taʼsir qilish sirlarini, notiqlik madaniyatini o‘rgatadi”
XV asrda Xirotda yashagan atoqli alloma Husayn Voiz Koshfiy ham nutq haqida qimmatli fikrlar bildirgan:
«Bilgilki, odamzotning sharafi nutqi bilan va nutq odobiga rioya qilmagan odam bu sharafdan bebahradir. So‘z hamma vaqt savob uchun ishlatilishi, to‘g‘ri va haqqoniy bo‘lishi kerak. Agar shunday bo‘lmasa, jim turgan maʼqul», – deydi va suhbat qoidalarini ikkiga ajratadi.
Yoshi ulug‘larning suhbat odobi qoidalari oltita:
  • Har kimning ahvoliga qarab munosib so‘z aytsin;
  • Dag‘allik qilmasdan, lutf va muloyimlik bilan gapirsin;
  • Gapirayotganda tabassum qilib, ochilib gapirsin;
  • Ovozini baland ko‘tarmasin, eshituvchilarga malol keltirmaydigan qilib gapirsin;
  • Odamlarga nafi tegadigan maʼnoli gaplarni gapirsin;
  • Agar so‘zning qimmati-qadri bo‘lmasa uni tilga olmasin, chunki ulug‘larning so‘zi bamisoli urug‘dir, agar urug‘ puch yoki chirigan bo‘lsa, uni qayerga ekmang unib chiqmaydi;

Yoshlar suhbat odobi sakkizta:
  • So‘ramagunlaricha gapirmasin;
  • Gapirayotganda ovozini baland ko‘tarmasin;
  • Gapirayotganda o‘nggu sulga qaramasin;
  • G‘arazli va kinoyali gaplarni gapirmasin;
  • Qattiq gapirmasin va betga choparlik qilmasin;
  • Pushaymon bo‘lmaslik uchun o‘ylab gapirsin;
  • Odamlar gapini bo‘lib so‘z qotmasin;
  • Ko‘p gapirmasin. Chunki, ko‘p gapirish aqli noqislik belgisidir. Oz bo‘lsa ham, ammo soz gapirishni shior etsin.

Kaykovusning notiq so‘zning maʼnolarini har tomonlama o‘rgangan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi: «Yey, farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qilgin, so‘zlaganingda maʼnoli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday maʼnoga ega ekanini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar! Shunday kishini notiq (suxanguy) deymizki, uning har so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi unga ham maʼlum bo‘lsin.
Olamdagi eng buyuk notiq, nutqlari eng taʼsirli zot Rasululloh sollalohu alayhi vasallam hisoblanadilar.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam chiroyli gapirar, so‘zlamoqchi bo‘lgan fikrlarini tushunarli bayon qilib berar, so‘zlarini quvvatlash uchun keltirgan hujjatlari o‘ta kuchli bo‘lar edi. 
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 258.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling