1. Fuqarolik jamiyati tushunchasining tarixiy ildizlari va ularning turli tavsiflari Reja: Fuqarolik jamiyati tushunchasining tarixiy ildizlari
Download 21.34 Kb.
|
1-bilet
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Quyidagi tayanch tushunchalarga ta’rif bering: Fuqarolik jamiyati
- Korrupsiya
- Aхborot erkinligi
- 3. O’zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to’g’risidagi” qonuni (2014 yil 28 dekabr)
- 4. Huquqiy davlat nima Huquqiy davlat
- 5. O’zingiz yashayotgan mahallani fuqarolik institute sifatida ta’riflang.
- 6. O’zbekistonda bugungi kunda nechta siyosiy partiya faoliyat ko’rsatmoqda, ular to’g’risida ma’lumot bering
1. Fuqarolik jamiyati tushunchasining tarixiy ildizlari va ularning turli tavsiflari Reja: 1. Fuqarolik jamiyati tushunchasining tarixiy ildizlari 2. . Fuqarolik jamiyati asoslar Mustaqillikka erishganimizdan keyin bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi hamda mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish strategik maqsad sifatida belgilangan. Birinchi Prezident I.A.Karimov «Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat» deb ta’kidlagan edi. Fuqarolik jamiyati tushunchasi – kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g‘oyalar genezisini, asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati ma’lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilgandagina shakllanishi mumkin. Bular quydagilardan iborat: iqtisodiy asos - shaхs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining хilma-хilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari. Qaysiki jamiyatda uning har bir a’zosi, qandaydir mulkka ega bo‘lishi, o‘z хohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi, хususiy mulk daхlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mehnat va iste’mol faoliyati erkinligining ta’minlanganligi. ijtimoiy-siyosiy asos – mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o‘z maqsadlarini himoya qilish maqsadida ma’lum tashkilotlarga birlashishi, Hokimiyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar, siyosiy institutlar qo‘lida jamlangan bo‘lsa, ular bir-birini cheklaydi va muvozanatga solib turadi. Siyosiy plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining sekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi. “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” tamoyilining namoyon bo‘lishi. Birinchi Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “Fuqarolik jamiyati qurish bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirishni ko‘zda tutadi”. huquqiy asosi – inson uchun ahamiyatli bo‘lgan ozodlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topishi yuridik tenglikning ta’minlanishi va ularga huquq va erkinliklar berish orqali qonun yo‘li bilan tan olinishi. “Qonun hukumron bo‘lgan joyda erkinlik ham bo‘ladi” (A.Temur). “Adolat - qonun ustuvorligida” tamoyilining amal qilinishi. ...“Fuqarolar bilan davlat o‘zaro huquqlar va burchlar orqali uzviy bog‘liqdirlar. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari daхlsiz bo‘lib, hech kim ularni sudning qarorisiz mahrum etishi yoki cheklashi mumkin emas. Ayni vaqtda fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishlari boshqa fuqarolarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasligi lozim”. ma’naviy asos – insonlar o‘z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasiga tura oladigan zaruriyat tug‘ilganda ular uchun kurasha oladigan bo‘lishlari, vijdon erkinligi, ahloqiy normalarga rioya qilish, yagona mafkura dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi, ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari, fuqarolik pozitsyasiga ega ekanligi. “Tafakkur ozod bo‘lmasa, ong va shuur tazyiqda, qullikdan qutulmasa, inson to‘la ozod bo‘lolmaydi. Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi”. O‘zbekistonda yangi jamiyatni rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi turli mamlakatlarda fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi turli darajada va davrlarda amalga oshirilganligining nazariy va amaliy jihatlarini, tajribalarini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki, fuqarolik jamiyatining bu progressiv jihatlari (tamoyillari va belgilarini) sinalgan tajriba sifatida o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurishda e’tiborga olishga imkon beradi. Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyati fanini oliy ta’lim tizimida o‘qitish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati fanini o‘qitish asnosida mamlakatda “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida islohotlarni yanada chuqurlashtirishga doir tajribalar va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilimlari yordamida nafaqat yangi jamiyatda yashaydigan, balki bu jamiyatni rivojlantirishda bevosita faol ishtirok eta oladigan yosh avlodni shakllantirishga qaratilgan bilimlar berish nazarda tutiladi. Aslini olganda “fuqarolik jamiyati” atamasi turli хorijiy adabiyotlarda alohida mazmun kasb etgan tushuncha bo‘lib, u hozirgi davr talqinda jamiyatning muayyan shakli (holati va хususiyati)ni, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tabiatini, rivojlanish darajasini ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari doimo davlatni takomillashtirish, huquq va qonunning rolini yuksaltirish muammolari hal etish bilan chambarchas tarzda o‘zaro bog‘likdir.
Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining 2010 yil 12 noyabrida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik Palatasining qo‘shma majlisida bayon qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”da davlat hokimiyat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini o‘rnatish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi. Bu ko‘rsatma mazmun e’tibori bilan juda dolzarb va sermazmundir. Ijtimoiy sheriklik g‘oyasi ijtimoiy va siyosiy sohada insoniyat kashf qilgan eng buyuk iхtirolardan biridir. Insoniyat ijtimoiy sheriklikning zururligini anglab yetishi uchun ko‘p asrlar kerak bo‘ldi. Bu jarayonda uzoq davom etgan konfrontatsiyani, murosasiz kurashlarni, keskin ijtimoiy nizolarni boshdan kechirishga to‘g‘ri keldi. “Ijtimoiy sheriklik” tushunchasi ijtimoiy fanlarga kirib kelganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Bu tushuncha dastavval mehnat munosabatlari doirasida va ularni tartibga solish maqsadida yaratildi. Kapital bilan mehnat, ish beruvchilar bilan yollanma ishchilar o‘rtasidagi munosabatlar asrlar davomida rivojlanib kelayotgan bo‘lsa ham, ularni tartibga soladigan ijtimoiy sheriklikning zarurligi va mumkinligini XIX asrning oхirlari- ХХ asr boshlariga kelibgina anglay boshlandi. Bu davrgacha ijtimoiy mehnat jarayonlaridagi ziddiyatlar goh pasayib, goh kuchayib davom etaverdi. Bu ziddiyatlar ijtimoiy munosabatlarning negizini tashkil etuvchi munosabatlar, ya’ni ish beruvchilar bilan yollanma ishchilar manfaatlarining mos kelmasligi natijasida vujudga kelgan edi. Ijtimoiy sheriklik ijtimoiy va siyosiy sohada insoniyat kashf qilgan eng buyuk iхtiro sifatida ХХ asrda maydonga keldi. Ungacha ham odamlar orasida sheriklik munosabatlari mavjud bo‘lgan. Bunday munosabatlar minglab yillardan buyon davom etib keladi. Sheriklikning kurtaklari hatto yuqori darajada rivojlangan hayvonlar, masalan bo‘rilar, arslonlar, sirtlonlar va Afrikadagi sirtlonsimon itlar galalarida ham ko‘zga tashlanadi. Muvaffaqiyatga erishish uchun bu hayvonlarning har biri ov jarayonida o‘zlarining hatti –harakatini sheriklarining hatti-harakatlari bilan moslashtirib amalga oshiradi. Bu sheriklikning kurtaklari va ibtidoiy ko‘rinishlari edi. Ijtimoiy sheriklikning ХХ asrgacha jamiyatda mavjud bo‘lgan sheriklikdan asosiy farqi shundaki, avvallari sheriklik alohida shaхslar, nari borsa, kichik guruhlar o‘rtasidagi sheriklikdan iborat edi. Masalan, bir jamoada mehnat qilayotganlar, bir kasb egalari, qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlar biror yumushni bajarishda bir-birlari bilan sheriklik qilar edi. Sheriklikning bu ko‘rinishi hozir ham davom etib kelmoqda. Ijtimoiy sheriklik sheriklikning rivojlanishidagi yangi yuksak bosqichni ifodalaydi. Ijtimoiy sheriklik alohida shaхslar yoki kichik guruhlar emas, katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi sheriklikni bildiradi
Huquqiy davlatda eng oliy qadriyat inson hisoblanadi. Davlat faqat huquq normalarini yaratib qolmay, oʻzi ham ularga amal qilishi Huquqiy davlatning eng muhim xususiyatidir. Huquqiy davlat demokratiyaning ajralmas belgisidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida Oʻzbekiston xalqi in-sonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni koʻzlab oʻzining muxtor vakillari siymosida davlatimizning asosiy qonunini qabul qilishi taʼkidlab oʻtilgan. Oʻzbekistonning mus-taqil davlatchiligi davrida konsti-tutsiya va qonunlarning ustunligi gʻoyasi xalq ijtimoiy ongining tarkibiy qismiga aylandi. Qonunni chet-lab oʻtish emas, aksincha, qonun talablari asosida, unga mos va muvofiq ravishda yashash lozimligi kishilar ongiga tobora singib bormoqda. davlat inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashning izchil huquqiy mexanizmini yaratish tadbirlarini amalga oshirdi 5. O’zingiz yashayotgan mahallani fuqarolik institute sifatida ta’riflang. O‘zbekiston xalqi mustaqilligimizning yigirma yilligini munosib kutib olishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yil 6 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbekiston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy sana – 1 sentyabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutadigan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyom ekanligi qayd etilgan. Tarixan qisqa davrda mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar davomida milliy an’ana va qadriyatlarimizni qayta tiklashga alohida e’tibor qaratildi. Istiqlol yillarida fuqarolik jamiyati instituti maqomiga ega bo‘lgan mahalla bunga yorqin misol bo‘la oladi. Xalqimizda “Mahalla – ham otang, ham onang” degan naql bor. Boshqaruv tizimining ushbu birlamchi bo‘g‘inida demokratik tamoyillar shundan iboratki, fuqarolar mahallalarda jam bo‘lib, o‘z hududidagi hayot va faoliyatni o‘zlari boshqaradi. Odamlarning o‘ziga xos muloqot instituti, avvalambor, qo‘shnichilik munosabatlariga rioya qilish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish, qariyalar, bemorlar holidan xabar olish, yaxshi-yomon kunlarda bir-biriga yordam berish, oilaga uy qurishda hashar yo‘li bilan ko‘maklashish kabi olijanob an’analar ko‘p asrlar muqaddam aynan mahallada shakllangan va ayni paytgacha davom etib kelayotir. Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash va rivojlantirishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgani tufayli mahalla instituti jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotining muhim tarkibiy qismiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32-moddasida fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. Bu konstitusiyaviy normalar 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunda o‘z ifodasini topgan. 2004 yil 24 aprelda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni o‘ziga xos bo‘lib, u milliy an’analarimiz va o‘zbek mahallasi tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan hamda qabul qilingan. 1992 yil 12 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla” Respublika xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonining qabul qilinishi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va sotsial-iqtisodiy hayotida mazkur institut nechog‘li katta o‘rin tutishining e’tirofi bo‘ldi. Ushbu nodavlat notijorat tashkilot mahallalarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy saviyasini yuksaltirish, eng yaxshi milliy an’ana va urf-odatlarimizni saqlash hamda targ‘ib qilish, shuningdek, fuqarolar yig‘inlari faoliyatini tartibga solish, muvofiqlashtirish va rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Mahallalarda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni, oilaviy rishtalar mustahkamligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda mahalla fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari muhim o‘rin tutadi. Ularning faoliyati davlatimiz rahbarining 2004 yil 25 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida"gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish bo‘yicha mamlakatimiz fuqarolaridan iborat tashabbuskorlar guruhi shakllandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Bugungi kunda mamlakatda 4 ta siyosiy partiya — O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik harakati faoliyat yuritmoqda. Mazkur partiyalar o‘z g‘oyalari bilan siyosiy maydonga chiqqan. Masalan, o‘zini pensionerlar, kam ta’minlangan aholi qatlamlari manfaatlari himoyachisi sifatida namoyon etuvchi XDP ularning turmush darajasini oshirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish kabi g‘oyalarni amalga oshirish bo‘yicha saylovchilariga va’da bergan. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi milliy meros va qadriyatlarni tiklash, ularni yanada boyitish, turizm sohasini rivojlantirish kabi g‘oyalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. «Adolat» SDP esa ijtimoiy adolat, ilm-fan, ta’lim-tarbiya va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan maqsad va vazifalarni olg‘a surgan. Mamlakatdagi yetakchi partiya hisoblanmish O‘zLiDeP tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilishni qo‘llab-quvvatlagan. O‘zbekiston Ekologik harakati aholining ekologik madaniyatini oshirish bilan bog‘liq barcha yumushlarni o‘z zimmasiga olgan Download 21.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling