Qurilishni Boshqarish fakulteti


Download 74.1 Kb.
bet1/11
Sana28.12.2022
Hajmi74.1 Kb.
#1017473
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdudaxmonov Jahongir


Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti

Qurilishni Boshqarish fakulteti
45-21 guruh talabasi
Abduraxmonov Jahongirning Iqtisodiyot Nazariyasi
fanidan bajargan kurs ishi
Ilmiy rahbar: Xolov Hamza Tojiddinovich


Mavzu: Jахоn mоliyaviy iqtisоdiy inqirоz shаrоitidа, mulkchilik shаkllаrining хilmахilligi.
Rеjа:
Kirish
1. Jахоn mоliyaviy iqtisоdiy inqirоz shаrоitidа, mulk shаkllаrining хilmа – хilligi.
2. Mulk shаkllаrining tеngligi vа ulаrning o’zаrо diаlеktikаsi.
3. Milliy iqtisоdiyotdа dаvlаt mulki ulushini pаsаyib bоrish tеndеntsiyasi.


Mavzuning dolzarbligi: Ijtimoiy munosabatlardagi har qanday jarayon mohiyatan jamiyatda muayyan muvozanatni, mutanosiblikni qaror toptirishga yo’naltirilgan bo’ladi, lekin ayni paytda bunday ijtimoiy hodisalarga bir tomonlama yondoshish hech qachon tom ma’noda ijobiy ahamiyat kasb etmaydi. Erkinlashtirish, ma’muriy nazorat tizimini susaytirish ham jamiyatda tadbirkorlik, tashabbuskorlik, navotorlik muhitini rag’batlantirishi shubhasiz, lekin, masalaga bozor munosabatlarining shaxsiy, individual manfaatga asoslanishi nuqtai nazaridan yondoshadigan bo’lsak, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, hattoki, g’oyaviy munosabatlarni erkinlashtirish pirovardida o’z holiga tashlab qo’yish maqsadga muvofiq emas.
Ma’lumki, jamiyat boshqaruvini erkinlashtirishga, davlat tomonidan nazorat, tartiblash funktsiyasini zaiflashtirish iqtisodiyotni tartibga solishda bilvosita usullar, jumladan, rivojlangan mamlakatlar tajribasida keng kuzatiladigan moliyaviy vositalardan foydalanishga keng yo’l ochib beradi. Moliyaviy dastaklar ahamiyati oshib borayotgan sharoitda esa, aynan moliyaviy tuzilmalar (birinchi galda bankdan tashqari moliya institutlari) erkinlashtirish ob’ektiga aylanib, davlat nazorati tizimidan chetga chiqa boshlaydi. SHu ma’noda ham ayrim “... moliyachi- iqtisodchilar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning haqiqiy sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosatining “mevasi” ekanligini, ya’ni, “o’z-o’zini boshqaruvchi bozor” g’oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvining cheklanganligi bilan ham”1 izohlashlari ma’lum mantiqqa ega.Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamda uni boshlab bergan AQSH ipoteka kreditlash tizimidagi tanglik bir kunlik yoki bir yillik jarayonlar emas, aksincha, uzoq yillik moliyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, hodisa va jarayonlar “mevasi”dir.

Download 74.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling