Qurilishni Boshqarish fakulteti
ko’rsatilgan barcha huquqlar uning yakka o’ziga tegishli
Download 74.1 Kb.
|
Abdudaxmonov Jahongir
ko’rsatilgan barcha huquqlar uning yakka o’ziga tegishli.
Xususiy mulkning ikkinchi turida mehnat omilidan boshqa omillar mulk egasiga tegishli bo’lib, ishlab chiqarish natijasi ham unga qarashli bo’ladi. U nisbatan katta miqdorda mulkka egalik qilib, yirik ishlab chiqarish, ya’ni yirik xo’jalik tashkil etib, iqtisodiy faoliyat yuritadi. Bunda ishlab chiqarish jarayonida mehnat omili bilan boshqa omillarning birikishi ikki usul bilan amalga oshiriladi: 1) noiqtisodiy, ya’ni majburiy mehnat orqali; 2) iqtisodiy yo’l bilan, ya’ni iqtisodiy rag’batlantirish, haq to’lash yo’li bilan mehnatga jalb qilish orqali. XV—XIX asrlarda o’arbiy Evropada yangi sotsial-iqtisodiy tizim: kapitalizmning dastlabki, tarixda «klassik kapitalizm» deb nom olgan bosqichi qaror topdi. Bu bosqichda xususiy kapitalistik tadbirkorlik printsiplari to’la namoyon bo’ladi. Bosh iqtisodiy omil yakka xususiy mulk egasi bo’lib, u korxona egasi sifatida ishlab chiqarishni o’zi boshqa-radi. Shunday xo’jalik faoliyatini A. Smit va D. Rikardo nazariy jihatdan yoritib berishgan. Kapitalizm bosqichiga o’tilishi bilan buyuk tarixiy jarayon — insoniyatning industrial ishlab chiqarishga o’tishi boshlandi. Bu texnika va ishlab chiqarishni tashkil etishda katta sifat va miqdor o’zgarishlariga yo’l ochdi. «Bug’ asri»dan «Elektr asri»ga o’tilishi mehnat kooperatsiyasi masshtabining kengayishi, kapitalning to’planishi va markazlashuvini kuchaytirdi. Oqibatda mikroiqtisodiyot tamomila yangi ko’rinishga ega bo’ldi. Ko’plab yirik korxonalar ajralib, ishlab chiqarishda hukmron mavqeni egallashga kirishdi. Bu yirik korxonalar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida o’z mahsulotini realizatsiya qilish uchun hamma imkoniyatlarini ishga solishga kirishdi. Yirik sanoat kapitali bilan bank kapitali qo’shilib moliya kapitali vujudga keldi. Mulkchilikning yangi tipi: birgalikda qo’shilgan ulushga qarab o’zlashtiriladigan mulk kelib chiqdi. Mulkchilik yangi tipining shakllanishiga ko’p jihatdan fan-texnika inqilobi natijasida yangi, katta kapital talab qiladigan sohalarning paydo bo’lishi sabab bo’ldi. Bunda birinchidan, alohida kapitalistlarning kapitali etmasligi, ikkinchidan, raqobatda mag’lub bo’lib, bankrot bo’lishi tufayli mol-mulkdan ajralib qolish xavfi muhim rol o’ynadi. Mulkchilikning yangi, uchinchi tipida — umumiy va xususiy o’zlashtirish birgalikda amalga oshadi. Bunday aralash o’zlashtirishga quyidagi sabablarga ko’ra erishiladi: 1.Bu mulk umumiy mulkka barcha qatnashchilar qo’shgan hissa asosida tashkil topadi. 2.Birgalikdagi hissadorlik asosida tashkil topgan bu mulkdan umumiy maqsad va yagona boshqaruv asosida foydalaniladi. Odatda, har bir hissa qo’shgan mulk egasiga umumlashgan mulkni boshqarishda me’yoriy imkoniyatlar beriladi. 3.Xo’jalik faoliyatini pirovard natijasi har bir kishining qo’shgan hissasiga ko’ra taqsimlanadi. Bu mulk tipi ham odamlarda ma’lum iqtisodiy psixologiya vujudga kelishiga ta’sir ko’rsatadi: — individual-jamoachilik tuyg’usi; — umumlashgan mulk egalari mulk va undan olinadigan daromad barqarorligini ta’minlashga harakat qiladilar; — xususiy iqtisodiy manfaatdorlik jamoaning umumiy manfaati bilan qo’shilib ketadi; — kishilarda har bir kishining daromadi umumiy daromadga, umumiy muvaffaqiyatga bog’liqligi haqida tushuncha paydo bo’ladi. Xamkor (ulush asosida birgalikda tashkil topgan) mulk quyi-dagi aniq shakllarda namoyon bo’ladi: — aktsionerlik jamiyati (korporativ) mulki; — qatnashuvchilarning pay mulkiga asoslangan kooperativ mulk; — shirkatlar mulki; — yirik xo’jalik birlashmalari (assotsiatsiya, ittifoq va bosh-qa shunga o’xshashlar) mulki; — qo’shma korxonalar (milliy va xorijiy kapital bilan); — turli shakldagi jamoalar mulki. Agar mulkchilikning birinchi tipida mulk umumiy, bo’linmaydigan, har bir kishining individual manfaati umumiy manfaatga to’laligicha bo’ysundirilgan bo’lsa, uchinchi tipida avvaldan bosh umumiy mulk uning qatnashchilari xususiy mulkidan tashkil topgan. Xar biri o’z ulushidan manfaatdor. U ikkinchi mulk tipidan ham farq qiladi. Agar klassik kapitalizmda ishlab chiqarish vositalariga yakka kapitalistning o’zi egalik qilsa, uchinchi tipda mulk egasi anonim, ya’ni barcha ulushi borlarning birgalikdagi mulki bo’ladi. Uchinchi tip mulkning eng keng tarqalgan shakli aktsionerlik jamiyati, ya’ni korporativ mulkdir. Bu mulk egalari birgalikdagi mulkdagi o’z ulushlarini xohlagan paytlarida sotishlari mumkin. Shuning uchun mulk hajmi o’zgarmagani holda mulk egalari tarkibi o’zgarib turishi mumkin. Undan tashqari, individual, yakka kapitalistik mulkda kapitalni mulk egalarining o’zi boshqarsa, aktsionerlik jamiyati faoliyatini maxsus professional boshqaruvchilar — menejerlar boshqaradi. Ular ma’lum muddatga har ikki tomonning huquq va majburiyatlari ko’rsatilgan shartnoma (kontrakt) asosida ishlaydilar. Agar kapital egasining kapitali o’z mablag’ini ishlab chiqarishga qo’yish tufayli ko’paysa, aktsionerlik kapitali chetdan pul mablag’larini, ayniqsa bank mablag’larini jalb qilish orqali ko’paytiriladi. Aktsionerlik shakli nihoyatda moslashuvchan. U turlicha sotsial-iqtisodiy mazmunga ega bo’lib, undan alohida kishilar manfaati yoki sotsial guruhlar, yoki davlat manfaati yo’lida foydalanish mumkin. Bu aktsiyalar nazorat paketi kimga tegishli bo’lishiga bog’liq. Nazorat paketi kimning qo’lida bo’lishiga qarab, aktsionerlik jamiyatlari alohida kishilar, boshqa kompaniyalar, davlat yoki mehnat jamoasi nazoratidami ajratish mumkin. Oxirgi paytlarda g’arbdagi mamlakatlarda nisbatan uncha katta bo’lmagan butunlay mehnat jamoalariga tegishli bo’lgan aktsionerlik jamiyatlari miqdori o’sib boryapti. Masalan, AQShda 10 mingdan ortiq, shunday korxonalarda 10 mln dan ortiq kishi band. Download 74.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling