Qurilishni Boshqarish fakulteti


Milliy iqtisodiyotda davlat mulki ulushini pasayib borish tendentsiyasi


Download 74.1 Kb.
bet6/11
Sana28.12.2022
Hajmi74.1 Kb.
#1017473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdudaxmonov Jahongir

3.Milliy iqtisodiyotda davlat mulki ulushini pasayib borish tendentsiyasi

Iqtisodiy faoliyatda bilimdonlik bilan ish yuritish uchun mulk turlari, shakllarini ajrata bilish kerak. Yuqorida ko’rib o’tdikki, mulk munosabatlari o’zlashtirish munosabatlarini ifodalaydi, o’zlashtirish esa, doimo jamiyat tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshadi.


O’zlashtirishning qanday tarzda yuz berishiga ko’ra mulk turlari bir-biridan quyidagi asosiy mezonlarga ko’ra ajratiladi:
a) mulk sub’ekti kimligi;
b) o’zlashtirish printsipi;
v) mulk egalari xohishiga ko’ra, mulkni ularning o’rtasida erkin bo’linishi mumkinmi yoki yo’qligi;
g) mulk egalarining iqtisodiy psixologiyasi xarakteriga ko’ra.
Dastlab o’zlashtirish birgalikda yuz berib, umumiy bo’linmaydigan mulk vujudga kelgan.
U odatda ijtimoiy mulk deb ataladi. U kishilik jamiyati tarixida ayrim iqtisodchilar fikriga ko’ra, taxminan 1 mln yil davomida hukm surgan. Umumiy birgalikda o’zlashtirish — bu jamoaga birlashgan barcha kishilar tomonidan hal qiluvchi ishlab chiqarish resurslari va boshqa hayot kechirish vositalariga birgalikda teng egalik qilishdir. Bu mulk tipi quyidagi xususiyatlari: a) ishlab chiqarish resurslariga teng egalik qilish;
b) umumiy birgalikda qilingan mehnat natijasini birgalikda o’zlashtirish;
v) iste’mol buyumlarini teng taqsimlash tendentsiyasi bilan xarakterlanadi.
Birgalikda o’zlashtirish o’ziga xos iqtisodiy psixologiyani ham shakllantiradi. Ya’ni:
— bunda jamiyatda boylikni tekis taqsimlash g’oyasi hukmron;
— jamoachilik asosiy o’ringa chiqadi;
— jamoa bo’lib mehnat qilish, o’zaro yordam berish, ko’maklashish;
— umumiy mulk shaxsan hech kimga tegishli emas degan fikrning hukmronligi;
— har bir shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati o’rtasida bevosita aloqaning yo’qligi.
Mulkchilikning ijtimoiy tipi, ya’ni birgalikda o’zlashtirish quyidagi aniq shakllarda:
ibtidoiy jamoa, davlat mulki tarzida namoyon bo’ladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida inson hayoti butunlay tabiatga, atrof-muhitga bog’liq bo’lgan. Mehnat qurollari juda oddiy bo’lib, hayot kechirish uchun ne’matlar izlab topish katta qiyinchiliklar bilan amalga oshgan. Xayot kechirish jamoa bo’lib yashagandagina mumkin bo’lgan. O’z jonini saqlashga intilish odamlarni stixiyali tarzda jamoaga birlashishga olib kelgan. Jamoalar avval urug’ jamoasi, so’ngra qabila tarzida tarkib topgan. Jamoaga qarashli bo’lgan er, mehnat qurollari, ishlab chiqarish natijasi teng taqsimlangan.
Jamiyatda dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, so’ngra hunarmandchilikning kelib chiqishi katta o’zgarishlarga olib keldi. Mehnat qurollarining takomillashuvi, ishchi hayvonlardan foydalanish nisbatan ozchilik uchun boshqalarsiz ishlab chiqarish imkoniyatini vujudga keltirdi.
Birgalikda yashash, hayot kechirish uchun ne’matlar izlab topish o’z iqtisodiy
ahamiyatini yo’qotdi. Uning o’rniga oilaviy xo’jaliklar vujudga keldiki, ular o’z navbatida keyinchalik xususiy mulk kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
Birgalikda o’zlashtirishning turli shakllari uzoq vaqt hukm surgan.
Islom qoidalariga ko’ra barcha mulk Ollohnikidir. Er, suv va boshqa ne’matlar Ollohning bandalariga inoyatidir. Demak, barcha mulkda hammaning haqi bor. Shu sababli islomda mulkdan jamoa bo’lib foydalanish kuchli. Uni hozir ham his qilish mumkin. Xozirgi paytda ham Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida jamoa-lar ijtimoiy tizimning tarkibiy qismi sifatida mavjud.
Birgalikda o’zlashtirishning davlat mulki shakli davlat kelib chiqishi bilan bog’liq.
Davlatning o’z vazifalarini ado etishi uchun davlat mulki bo’lishi, ya’ni boylikni davlat tomonidan o’zlashtirish zarur. Davlat mulkining miqyosi va undan foydalanishning maqsadi jamiyat taraqqiyotida ob’ektiv zaruratdan kelib chiqib o’zgarib turgan.
Davlat mulki xususiy va jamoa mulkidan o’sib chiqqan. Masalan, O’rta Osiyo mintaqasida X—XIII asrlarda dastlabki turk-islom davlati — Qoraxoniylarning kuchli markazlashgan davlati hukm surgan. Davlat mulki quyidagi shakllarda:

Download 74.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling