Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning xayot kechirish davr turlari


Download 1.33 Mb.
bet18/21
Sana01.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1315773
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning x

Yog‘ochlik. U naylar, traxeidlar, yog‘ochlik parenximasi va libriformdan iborat. Yog‘ochlikdan ham o‘zak nurlari o‘tgan bo‘ladi. Yog‘ochlik parenximasi va o‘zak nurlarida zapas oziq moddalar to‘planadi. Kambiyning bir meyorda ishlamasligi natijasida yog‘ochlikni hosil qiluvchi hujayralar bahorda hosil bo‘ladi, ya’ni bu kambiy jadal ishlagan davrga to‘g‘ri keladi. Keyinchalik mayda va yupqa devorli hujayralar kelib chiqadi. Yog‘ochlik hujayralari smolalar, dubil moddalar, efir moylari kabilarni shimib olib ma’lum rangga bo‘yaladi. Ana shunday yog‘ochlikning faollik ko‘rsatmay qolgan markaziy qismi yog‘ochlikning mag‘zi deb ataladi. Yog‘ochlikning bevosita kambiyga yaqin joylashgan qismlari suv va unda erigan moddalarni o‘tkazish vazifasini bajarib, uni zabolon deyiladi. Zabolon yadro qismiga nisbatan rangsiz bo‘lishi bilan yog‘ochlikda ajralib turadi.
O‘zak.O‘zak poyaning markaziy qismini tashkil etib, hujayralarida har xil moddalar to‘plangan va asosiy to‘qimadan iboratdir.
Daraxt va o‘t o‘simliklarning poyalari umrining uzun-qisqaligiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. O‘t o‘simliklarning yer ustki novdalari odatda bir yoki ba’zan 2 – 3 yil hayot kechiradi. Daraxt o‘simliklar poyasi bir necha yil yashaydi, asosiy poyasi tana hosil qiladi. Butalarda esa ayrim yirik poyalarini tanachalar deb qaralishi mumkin.

    1. Ko‘p yillik yog‘ochli o‘simliklarning poyasining ichki tuzilishi. Daraxtsimon o‘simliklarda yillik halqaning paydo bo‘lishi.

Bir pallali o‘simliklarning poyasi birlamchi tuzilishda bo‘ladi.
Poya tashqi tomondan epidermis bilan qoplangan. Epidermis faqat bir qavat hujayralardan iborat. Epidermisda ustitsalar bor. Ustitsalar bargdagiga qaraganda kamroq uchraydi. Epidermisdan har xil tuklar bir hujayrali tuklar, ko‘p hujayrali tuklar, bezli tuklar va boshqalar o‘sib chiqadi. Poya ko‘ndalang qismida epidermisning ichkarisi (tagi)da birlamchi po‘stloqning tirik parenximalari joylashgan. Ba’zan epidermis tagida mexanik to‘qima-sklerinxima joylashadi.Masalan: jo‘xori poyasida. Sklerenxi-ma ma’lum joyda yoki doira bo‘yicha bir necha qator joylashgan bo‘ladi. Po‘tloqning tirik hujayralarida xlorofil donachalari bo‘lib, u erda fotosintez protsessi boradi. Fotosintez protsessida organic moddalar to‘planadi. Po‘stloqning ichki qavatini endoderma deb ataladi. Ba’zan endoderma o‘rnida krxmalga boy bo‘lgan hujayralar uchraydi. Poyaning markaziy silindr qismi tug‘diruvchi to‘qima peresikldan boshlanadi. Peresikl poyada bir necha hujayralardan iborat. Peresikl ichkarida, ya’ni poyaning markaziy qismida o‘tkazuvchi bog‘lamlari asosiy to‘qimalarda tarqoq joylashgan. Bir pallali o‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami yopiq, ya’ni floema bilan ksilema o‘rtasida kambiy bo‘lmaydi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami kolloterial tipda tuzilgan. Ya’ni floema ksilemaning bir tomoniga o‘rnashgan. Poyaning markaziy qismidagi o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari yirik va katta, chet tomondagilari esa, maydaroq bo‘ladi. Lekin o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari poyaning chetroq qismida ko‘proq bo‘ladi. Sababi o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari bargdan poyaga o‘tib turadi. Bir pallali o‘simliklar poyasining markazida o‘zak bo‘lmaydi (bug‘doy poyasining ichi kovak,makkajo‘xori poyasining ichi esa g‘ovak bo‘ladi).

O‘tli ikki pallali o‘siliklar ham tashqi tomondan epidermis bilan qoplangan. Poya ko‘ndalang kesimida epidermis tagida birlamchi po‘stloq joylashgan. Birlamchi po‘stloqda 2xil mexanik to‘qimalarni uchratish mumkin.:

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling