Noverbal aggressiyaning qiyosiy tahlili
урсин. Ҳа деганда, ма дейсан. Аммо бу ишинг яхши, шошилмасанг, осиласан. [8;401]. O’zbek tilidagi “jin ursin”
Download 287.91 Kb. Pdf ko'rish
|
INGLIZ VA O’ZBEK TILLARI BADIIY ASARLARIDAGI VERBAL VA NOVERBAL
урсин. Ҳа деганда, ма дейсан. Аммо бу ишинг яхши, шошилмасанг,
осиласан. [8;401]. O’zbek tilidagi “jin ursin” iborasi vaziyatdan norozilik tuyg’usini ifodalaydi. Lekin ingliz tilidagi “damn it!” bilan taqqoslaganda uning aggressivlik emotsiyasi kamroq, ya’ni yuqoridagi “jin ursin” iborasidan anglashiladigan emotsional ma’no yengilroq va vaziyatdan g’azablanish tushunchasi hosil qilmaydi. Tadqiqotimiz davomida shuni aniqlashga erishdikki verbal va noverbal aggressiyani nafaqat leksik ma’no anglatuvchi iboralar bilan, balki fonetik urg’u orqali ham yuzaga keltirish mumkin. MRS HIGGINS. I’m sorry to say that my celebrated son has no manners. You mustn’t mind him. MISS EYENSFORD HILL (gaily). I don’t (She sits in the Elizabethan chair) [9;77]. Yuqoridagi misollarda implisit aggressiya mavjud bo’lib, buni biz birinchi so’zlovchi (MRS HIGGINS) so’zlarini fonetik jihatdan tahlil qilish natijasida aniqlaymiz. Gap tarkibida “s” undoshiga I’m sorry to say that my celebrated son has no manners alleteratsiya hodisasini yuzaga keltirgan holda, takroriy urg’u berib ishlatilishi xavotir, qo’rquv tuyg’ularini yuzaga kelishiga xizmat qilmoqda. Shunga o’xshah misolдфкni biz o’zbek tilidagi asarlarda ham ko’rishimiz mumkin. -Pul olmaydigan qaysar eshshak-ku, u? - U olmaydigan eshshak bo`lsa, sen pul berishni eplolmaydigan molsan! [6;70] Ma’lumki, badiiy adabiyotda biror qahramonni ta’riflash uchun odatda uning xarakteridagi ba`zi xususiyatlar hayvon(jonivor)larga xos xususiyatlarga qiyos qilinadi. Bu xususiyatlar salbiy yoki ijobiy bo`lishi mumkin. Masalan, ijobiy: beozorlik-musicha, mehnatsevarlik-chumoli, yuvoshlik-qo`y (qo`zichoq); salbiy: ayyor-tulki, ortiqcha semizlik-cho`chqa, befarosatlik- mol, qaysarlik-eshak va h.k. Misolda qahramon fikri qaratilayotgan shaxsga nisbatan salbiy munosabatda ekani 6 va “sh” undoshining ikkilantirilishi orqali qahramonning o`ta qaysar, o`jar ekanligiga urg`u bermoqda. -Hamma gapirsa ishonaverasanmi, he……. s-so`tak! [6;118] Bizga ma’lumki, “Shaytanat” qissasida jinoiy guruh a’zolari, ularning qilgan qabih ishlari va uning natijasi bayon qilingan. Shu sababli qahramonlar nutqida uchraydigan vulgarizmlar jinoiy guruh tili spetsifikasiga kiradi.Yuqoridagi misolda uch nuqta qahramonning adabiy til leksikasiga kirmaydigan so`zlardan foydalanganligini bildirib turibdi. Jumladan “s” undoshining cho`zib aytilishi haqoratning davomi sifatida namoyon bo`lmoqda. Bu holatni qahramon nutqidagi keskin o`zgarishlar natijasi deb izohlash mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, hayvonlarga xos xususiyatlarning inson xarakteriga ko`chishi badiiy adabiyotda qahramon fe’l-atvorini tasvirlashning samarali usullaridan biri sanaladi. Bu esa o`z navbatida nutq parchasining mazmun-mohiyatini, maqsadini yaqqol ochib berishga xizmat qiladi. Bunday leksik birliklar kishi xarakteri in’ikosini aks ettiradi. Quyidagi misolda qahramon o`z suhbatdoshini dushman deb bilishi va uni shunchaki “gazanda” deb emas, balki nafratini yanada kuchliroq aks ettirish maqsadida “gazzanda” deb atashini anglash qiyin emas. Ko`chma ma’noda bu so`z jonivorlarga nisbatlangan odam, o`taketgan yovuz, qabih, yaramas kishilarga isbatan qo`llanadi. Asar qahramoni o`z suhbatdoshiga o`zining agressiv munosabatini bildirishi uchun ushbu so`zni tanlagan: - U o`rnidan shart turib baqirdi: - Yo`qol, gazzanda! [6;269] Parchada nafaqat verbal balki noverbal agressiya ham ifodalangan. Ya’ni qahramonning o`rnidan tezlik bilan turishi ham suhbatdoshiga nisbatan salbiy munosabatini ifodalab kelmoqda. Qissani tahlil qilish jarayonida fonetik vositalar qahramonlarning turli holatlarini, jumladan, qo`rquv, ishonchsizlik, norozilik kayfiyatlarini ifodalash namoyon bo`lgan.Quyidagi misol tergovchi ayol nutqidan olingan bo`lib u tergov jarayonida gumondor shaxsga nisbatan mensimaslik, ishonchsizlik kayfiyatida. 7 Shu sababli ham u suhbatdoshining javobidan qoniqmagan tarzda tishining orasidan gapirmoqda: Download 287.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling