Ноябрь 2020 17-қисм
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika matematika 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Ноябрь 2020 17-қисм
Тошкент MATEMATIKA FANIDA DIDAKTIK USULLAR YORDAMIDA MATNLI MASALALARNI YECHISH Yaxshilikov Ruslan Xujayorovich Samamrqand viloyati Ishtixon tumani 15-umumta’lim maktabi Matematika fani oʻqituvchisi +998991061590 Annotatsiya: maqolada matnli masalalarni yechish yuzasidan o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga doir fikrlar bildirilgan. Ma’lumki, matematika moddiy dunyoning obyektlarini o‘rganadi. Lekin boshqa fanlardan farqli o‘laroq, unda miqdoriy munosabatlar va fazoviy shakllar asosiy obyekt sifatida qaraladi. Matematika o‘sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o‘quv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. Kalit so‘zlar: Arifmetik amallar, matnli masalalar, algoritmlar, natural sonlar. Ta’lim - o‘quvchilarga dars jarayonida beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni ongli o‘zlashtirish hamda mustahkamlashning rejali jarayonidir. Sinf o‘quvchilarining bilish darajasi va qiziqishlari matematika darsining mazmuni va sutrukturasidan kelib chig‘ib, uning hajmiga katta ahamiyat bergan holda, undan darsning istalgan bosqichida foydalanish mumkin. Darsning boshida o‘quvchilarni shu darsga qiziqtirish uchun, darsning o‘rtasida yangi mavzu materiallarining yaxshi o‘zlashtirilishini ta’minlash uchun, darsning oxirida esa egallagan matematik bilim, ko‘nikma va malakalarini yanada mustahkamlash va nazariy bilimlarni kundalik amaliy hayot bilan bog‘lash maqsadida kiritiladi. Ko‘pincha matnli masalalarni yechishda aksariyat o‘quvchilar qiynalishadi yoki ushbu turli masalalarni yechish ko‘nikmalarini shakllantirish ko‘p vaqt va mehnat talab qiladi. Yuzaki qaraganda matnli masalalar nihoyatda xilma-xil bo‘lib, turi va soni nuqtai nazardan cheksiz ummonga o‘xshaydi. Shuning uchun o‘quvchida matnli masalalarni yechish ko‘nikmalarini yaxshi shakllanishi uchun qaysi turli masalalardan nechtadan yechishi kerak degan tabiiy savol tug‘iladi. Bunda yechiladigan masalalar soni asosiy mezon emas. Agar matnli masalalar yaxshi tahlil qilinsa, aslida boshqa holatni payqash mumkin ekan. Ya’ni matnli masalalarning soni ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin ular chekli sondagi turlarga bo‘linadi. Agar o‘quvchi o‘nlab bir xil turli masalalalrni ishlagan bo‘lsa, u aslida bir turli, yana ham aytish mumkinki, bitta masalani yechgan hisoblanadi. Demak, masalalarni yechishda masalalar xilma-xilligiga e’tibor berish kerak. Biz quyida darslikda yechish usullari ko‘rsatilmagan matnli masalalarning bir necha turlari va ularni yechishning umumiy algoritmlaridan namunalar keltiramiz: Ishga doir masalalar • 1-masala: Bir ishni 10 kishi 8 kunda bajara oladi, ikki kundan so‘ng ularga yordam berish uchun bir nechta kishi kelib qo‘shildi va qolgan ish to‘rt kunda bajarildi. Nechta kishi kelib qo‘shilgan? • 1-masalaning yechimi:10 kishi – 6 kun ishlagan bo‘lsa, x- kishi - 4 kunda ishni bajargan bo‘lsa 10:x=4:6 : x=15 15-10=5 • Javob : Demak 5 kishi kelib qo‘shilgan. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling