Nuklein kislotalar. Nuklein kislotalar, kimyoviy tarkibi. Nukleozid va nukleotidlar


 Nuklein kislotalar va organizmlar sistematikasi


Download 170.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana05.05.2023
Hajmi170.92 Kb.
#1431825
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4. 1-Ma’ruza. Nuklein kislotalar, kimyoviy tarkibi. Nukleozid va

3. Nuklein kislotalar va organizmlar sistematikasi. Nuklein kislotalar, avvalo DNK irsiy 
axborotni tashiydi va organizmning turga xosligini belgilab beradi. Har xil organizmlarning DNK 
sidagi nukleotidlar tarkibining xususiyatlarini o`rganish tashqi belgilarga asoslangan 
sistematikadan genetik sistematikaga o`tishga yo`l ochib beradi. Molekulyar biologiyadagi bunday 
yo`nalish genosistematika deb nom oldi. Uning asoschisi buyuk bioximik A.N.Belozerskiydir. 
Har xil organizm DNK sidagi nukleotidlar tarkibini qiyoslash qiziqarli xulosalarga olib keldi. 
DNK o`ziga xosligining koeffistienti, ya’ni G + S ning A + T ga nisbati mikroorganizmlarda 
o`zgaruvchan; yuksak o`simliklar va hayvonlarda doimiy ekan. Mikroorganizmlarda eng kam 
miqdordagi GS turdan aniq namoyon bo`lgan AT turgacha o`zgarish kuzatiladi. Yuksak 
organizmlar DNK si AT – tuRNKi qat’iy holatda saqlaydi. Bundan go`yoki yuksak organizmlarda
DNK ning o`ziga xosligi yo`qolganga o`xshaydi. Aslida esa ularda xuddi bakteriyalardagidek 
o`ziga xos nuklein kislota bo`ladi, lekin uning o`ziga xosligi nukleotidlar tarkibining
o`zgaruvchanligi bilan emas, balki ularning zanjir bo`ylab ketma-ket kelishi tartibida bo`ladi. Ko’p 
hujayrali hayvonlar va yuksak o`simliklarning DNK si AT-turda bo`lishi zamburug`lar DNK siga 
yaqinroqdir, shu sababdan hayvonlar va zamburug`lar o`z-o`zidan umumiy ajdod – juda oddiy 
tuzilgan zamburug`simon organizmlar kelib chiqqan bo`lishi mumkin.

Download 170.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling