Nuklein kislotalarning kimyoviy tarkibi. Minor azot asoslari. Nuklein kislotalarining fizik-kimyoviy xossalari


Download 331.17 Kb.
bet2/2
Sana09.04.2023
Hajmi331.17 Kb.
#1345743
1   2
Bog'liq
Nuklein kislotalarning kimyoviy tarkibi. Minor azot asoslari. Nu

Nuklein kislota komponentlari. Ajratib olinib, tozalangan DNK va RNK maxsus sharoitda kislota (DNK) va ishqor (RNK) ta’sirida gidrolizlanadi; ko`pincha gidrolizlanish polinukleotidlardagi fosfodiefir bog`larini uzadigan maxsus fermentlar – nukleazalar ishtirokida bajariladi. Gidroliz natijasida nuklein kislotalarning struktura monomerlari – azot asosi, pentoza va fosfat kislota qoldiqlaridan iborat bo`lgan mononukleotidlar ajralib chiqadi.


Azotli asoslar. Nuklein kislotalarining azotli asoslari kimyoviy tuzilishiga ko`ra 2 guruhga – purin va pirimidin asoslariga bo`linadi. Ularning orasida siyrak (minor) purin va pirimidinli asoslar mavjud. Eng muhim purin asoslariga – adenin



  1. va guanin (G); pirimidinlarga esa – sitozin (S), uratsil (U) va timin(T) kiradi. DNK tarkibiga


  2. A,G,S,T; RNK tarkibiga esa timindan bo`lak asoslarning hammasi va uratsil kiradi. Minor asoslar asosan tRNK va rRNK da uchraydi. Ularga qo`shimcha metillangan purin va pirimidinli asoslar kiradi.



Nukleozidlar. Azotli asosning pentoza bilan birikishidan hosil bo`lgan moddaga nukleozid deb aytiladi. Nukleozidlar N-glikozidlarga mansub. Ularda pentozaning C-1 atomi purinning N-3 yoki pirimidinning N-1 atomi bilan bog`langan. Nukleozidlar pentoza turiga ko`ra tarkibida 2 xil –2-dezoksiriboza tutgani dezoksiribonukleozidlarga, riboza bo`lsa, ribonukleozidlarga taqsimlanadi. DNK strukturasida faqat dezoksiribonukleozidlar; ribonukleozidlar esa faqat RNK da uchraydi. Pirimidin va purin nukleozidlari o`ziga mos azot asoslari saqlaydi.




N ukleotidlar. Nukleozidlarni fosfat kislota qoldig`i bilan birikishidan nukleotidlar hosil bo`ladi, ya’ni nukleotid tarkibi – azot asosi, uglevod qoldig`i va fosfat kislotadan iborat. Bu tartib (A-U-F) dagi nukleotid 2 xil gidroliz qilish bilan aniq tasdiqlanishi mumkin. Birinchi gidrolizda uglevod bilan fosfat kislota orasida bog` uzilib, azot asosi va uglevoddan iborat glikozid (nukleozid) , ikkinchi gidrolizda azot asosi erkin holda ajralib, uglevod bilan fosfat kislotadan iborat monosaxarid-fosfat hosil bo`ladi. Demak, nukleotid molekulasida uglevod o`rtada joylashgan.

Turlicha ribonukleotidlarda fosfat pentoza halqasiga 2¹, 3¹, 5¹ va dezoksiribonukleotidlarda - 3¹, 5¹ holatlarida birikishi mumkin. Hujayradagi erkin


nukleotidlar fosfatni 5¹ holatida biriktirgan. Nuklein kislotalarining biologik sintezida nukleozid - 5¹-fosfatlar ishtirok etadi va ularning parchalanishidan hosil bo`ladi. Nukleozid - 5¹-fosfatlar yoki mononukleotidlar o`z nukleozidlarining





unumlari

bo`lgan

asosiy

va

siyrak

ribomononukleotidlarga

va

dezoksiribomononukleotidlarga

taqsimlanadi.

Mononukleotidlarning

fosfatli

tarkibiga qo`shimcha fosfatlarni

birikishidan nukleozidpolifosfatlar hosil bo`ladi:

adenozin

5¹-trifosfat

(ATF).

Hujayrada

nukleoziddifosfatlar




va

nukleozidtrifosfatlar ko`proq uchraydi.


Hujayra ichi modda almashinuvining universal regulyatorlari bo`lgan siklik nukleotidlar nukleotidlar unumlari hisoblanadi (3¹, 5¹ - AMF va 3¹, 5¹ - GMF). Nukleotidlar unumlarining katta guruhi turli fermentlarning kofermentlari bo`lib xizmat qiladi:






Siklik nukleotidning tuzilishi
Download 331.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling