Nukus-2013 mavzu. KİRİSh. HayoTİy faoliYat xavfsiZLİGİNİng asosiy nuchalari. Fanning predmeti, obekti, maqsadi va mazmuni. Reja


YoNG`İN XAVFSİZLİGİGA DOİR ASOSİY TALABLAR VA QOİDALAR


Download 479 Kb.
bet29/39
Sana28.12.2022
Hajmi479 Kb.
#1024023
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Bog'liq
Nukus-2013 mavzu. K R Sh. HayoT y faoliYat xavfsiZL G N ng asosi

YoNG`İN XAVFSİZLİGİGA DOİR ASOSİY TALABLAR VA QOİDALAR
Vujudga kelishi mumkin bwlgan yong`inni oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: tashkiliy (kwngilli wt wchiruvchi drujinalari yoki yong`indan muhofazalash drujinalari tuzish, omma orasida tushuntirish ishlari olib borish); texnikaviy tadbirlarga ishlab chiqish ( yong`in yoki portlash jixatidan xavfli xonalarga alohida konstruksiyali elektr jixozlar wrnatish, nosoz pechlar, mashinalar, elsktr jixozlardan, shuningdek, oson
alangalanadigan suyuqliklar saklanadigan yoki ishlatiladigan joylarda
olovdan foydalanishni taqiqlab qwyish, yashin kaytargichlar wrnatish; chiqqan yong`inning tarqalishiga yo`l qwymaslik maqsadida ob`ektlarni wtga chidamli materiallardan qurish;
binolar orasidagi yong`inga qarshi oraliqlarga rioya qilish; yonayotgan binolardan odamlar, qayvonlar va qimmatbaho xwjalik buyumlarini muvaffaqiyatli ravishda kwchirishga imkon beradigan choralarni kwrish (kerakli mikdorda eshiklar, zarur kengliqda yulaklar qurish va ularni twsib qwyishni man etish; yong`inni wchirishni osonlashtiradigan tadbirlarni kwrish (yong`inni wchirish, narvonlar, yonqin kuzatish minoralari, suv havzalari va binolarga kelish yo`llari qurish, yong`inga qarshi avtomatlashtirilgan uchirish vositalarini hamda signalizasiyasini wrnatish).
YoNİSh ShARTİ, YoNİShNİNG TURLARİ.
Yonuvchi modda bilan havodagi kislorodning wzaro ta`siri natijasida juda tez kechuvchi va kwp miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi kimyoviy reaksiyaga yonish deyiladi. Kwp hollarda yonish yonuvchi modda zarrachalarining nurlanishi bilan birga kechadi. Yong`in hosil bwlishi va davom yetishi uchun yonuvchi modda (qattiq, suyuq yoki gazsimon), oksidlovchi modda (oddiy sharoitda oksidlovchi modda 124 vazifasini havodagi kislorod wtashi mumkin) va yondiruvchi manba (uchqun, ochiq alanga va chwqlangan narsa)mavjud bwlishi kerak. Shuni aytish kerakki, havodagi kislorod miqdori 15 %dan yuqori bwlgandagina oksidlovchi vazifasini bajara oladi, undan past konsentrasiyada esa yonish sodir bwlmaydi. Bundan tashqari, oksidlovchi modda vazifasini tegishli sharoitlarda xlor, brom, kaliy va boshqa moddalar ham wtashi mumkin. Xavfliligi bwyicha barcha modda va ashyolarni quyidagi turlarga bwlish mumkin: yonmaydigan, yonish yoki yonish va portlash xavfi mavjud hamda portlash xavfi mavjud moddalar. Yonmaydigan modda va ashyolarning yonish yoki yong`inni uzatish xususiyatlari Yo`q. Masalan, g`isht, metall, beton va boshqalar. Yonish xavfi mavjud modda va ashyolar havoda yonish va yong`inni uzata olish xususiyatiga egadir. Masalan, yog`och, Qog`oz, paxta tolasi, mazut va portlash xossasiga ega bwlmagan changlar Yonish va portlash xavfi mavjud modda va ashyolar, qattiq va suyuq yonuvchi
moddalar bilan birikkanda bir zumda alangalanib ketish xossasiga ega. Bunday moddalarga vodorod angidridi, azot kislotasi va boshqalar hamda yonuvchi moddalar bilan aralashganda wzidan kislorod ajratib chiqaruvchi kislota ta`sirida, qizdirilganda yoki mexanik ta`sir ostida portlovchi birikmalar kiradi. Masalan, paxta yoki tamaki changi bilan selitra aralashganda shu hol rwy berishi mumkin. Shu bilan birga havoda tarqalgan
holda portlovchi aralashmalar hosil qiluvchi changlar ham bunga mansubdir. Masalan, lub, tamaki va kanop tolalari changlari. Yonish va portlash xavfi mavjud moddalarga wzi yonmaydigan, lekin suv bilan aralashganda parchalanib, gaz ajratib chiqaruvchi va bu gaz havo bilan birikkanda portlovchi birikma hosil qiluvchi moddalar ham kiradi (kalsiy karbid).
Portlovchi narsa va moddalar havo bilan aralashib, portlovchi birikmalar (yonuvchi gaz, vodorod, asetilen) hosil qiladi. Portlash xavfi mavjud moddalarga yonuvchi gazlar bilan .aralashganda portlash xavfini vujudga keltiradigan yonmaydigan gazlar ham kiradi (kislorod yonuvchi gaz bilan aralashganda portlashga olib keladi). Ayrim holda yonmaydigan va yonishni ta`minlay olmaydigan portlovchi gazlar ham bwlishi mumkin. Masalan, balonlarda siqilgan holda saqlanuvchi karbonat angidrid gazi. Portlovchi
moddalarga, shuningdek, havo bilan aralashgan holdagi noorganik moddalar ham (alyuminiy, magniy va boshqa moddalar kukunlari) kiradi.

Download 479 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling