Nukus davlat pedagogika instituti kurambayeva gulandam karimbayevna


Download 193.21 Kb.
bet7/30
Sana11.05.2023
Hajmi193.21 Kb.
#1450300
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
4.Эълонга автореферат

Tadqiqotning predmetini o‘zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalarining adabiy aloqa, o‘zaro ta’sir, badiiy tarjima, ikki tilda ijod qilish tajribasi, adabiyotshunoslik aloqalaridan iborat shakllarining tahlil usullari, tamoyillari va yo‘nalishlari tashkil qiladi.
Tadqiqot usullari. Dissertatsiyada qiyosiy-tipologik, badiiy-estetik va struktural tahlil usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bir hududda yashaydigan, tili yaqin, madaniyatlari mushtarak, folklor va yozma adabiyotlarida umumiyliklar, urf-odatlarda o‘xshashliklar, eng asosiysi, tarixiy ildizlaridagi birlik adabiy aloqalar rivojlanishida muhim vosita ekanligi o‘zbek adabiyotining qardosh adabiyotlar, xususan, qoraqalpoq adabiyoti bilan aloqalari va o‘zaro ijodiy ta’siri misolida ko‘rsatib berilgan;
adabiyotlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarda alohida ijodkorlarning muhim rol o‘ynashi o‘zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalari rivojiga katta hissa qo‘shgan adibu olimlar faoliyati misolida dalillangan;
ikki tilda ijod qilish an’anasi shoir-yozuvchilarning adabiy muhitdagi imkoniyatini kengaytiribgina qolmay, ikki adabiyot taraqqiyotiga ham ijobiy turtki berishi muayyan adiblar ijodi misolida ko‘rsatib berilgan;
Qoraqalpog‘istonda yashab, o‘zbek tilida asarlar yozayotgan shoir va yozuvchilar ijodida qoraqalpoq mavzusida asarlar yaratish asosiy o‘rinda turishi, bu asarlarda qoraqalpoq milliy koloriti boshqa hududlardagi o‘zbek ijodkorlari asarlariga nisbatan ustuvor va tabiiy aks etgan bo‘lishi, ikki tilni puxta bilishi ular tarjimalarining badiiy jihatdan yuksakligini ta’minlashga xizmat qilishi isbotlangan;
o‘zaro badiiy tarjimalar adabiy aloqalarni rivojlantirishning davrlar sinovidan o‘tgan samarali shakllaridan biri ekanligi o‘zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalari misolida dalillangan.
Tadqiqotning ilmiy natijalari:
o‘zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalari har ikki adabiyot taraqqiyotida, muayyan ijodkor faoliyatida, badiiy mahorat sirlarini egallashda ijod maktabi vazifasini o‘tagani qator shoir va yozuvchilar asarlari misolida belgilab berilgan;
bir adabiyotning ikkinchi adabiyot bilan aloqa o‘rnatishida alohida ijodkorlarning muhim rol o‘ynashi, ular tufayli adabiyotga yangi mavzular, shakllar, uslublar kirib kelishi, badiiy tarjimalar amalga oshirilishi, adabiyotshunoslik aloqalari ilmiy tajriba almashishda amaliy ahamiyat kasb etishi dalillangan;
ikki tilda ijod qilish an’anasi nafaqat adabiy aloqalarda, balki shoir yoki yozuvchining adabiy muhitdagi imkoniyatini ham kengaytirishi, ikki adabiyot taraqqiyotiga ham hissa qo‘shishi isbotlangan;
badiiy tarjima faoliyatiga qanchalik katta e’tibor qaratilsa, adabiyotlarning bir-biriga ta’siri o‘zaro kuchayib, bir-birini boyitishi va rivojiga xizmat qilishi aniqlangan;
o‘zbek va qoraqalpoq adabiyotshunosligi aloqalari kengayib borayotgani ikki xalq adabiyotshunoslarining bir-birlarining badiiy asarlarini o‘rganishlari asnosida adabiy an’ana, badiiy tarjima va o‘zaro ta’sir xususida ham fikr yuritishlari, buning natijasida qiyosiy adabiyotshunoslik rivojlanib, bu har ikki xalq adabiyotshunosligi taraqqiyotiga xizmat qilayotgani ko‘rsatib berilgan;
mustaqillik yillarida qoraqalpoq va o‘zbek adabiy aloqalarida yangi davr boshlanganini e’tirof etish bilan birga do‘stlik va qardoshlik mavzusida yangi asarlar yaratilishi zamon talabi ekanligi dalillangan.

Download 193.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling