Nukus davlat pedagogika instituti


Download 3.96 Mb.
bet13/78
Sana12.10.2023
Hajmi3.96 Mb.
#1699979
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78
Bog'liq
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021

Kirill alifbosi – yozuv tizimidir. Bugungi kunda bu yozuvdan ko‘p xalqlar foydalandi. Hozirda o‘zbek tili uchun kirill yozuvidan lotin yozuviga qadam-baqadam o‘tish amalga oshirilmoqda. O‘zbek qo‘shimcha xarflari bilan, u quyidagi xarflardan iborat:
А Б В Г Д Е Ё Ж З И Й К Л МН О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Ъ Ь Э Ю Я Ў Қ ҒҲ

O'zbek lotin yozuvi - lotin grafikasiga asoslangan harf tovush (fonografik) yozuv turi. O'zbek xalqi va yozuvi tarixida 2 marta joriy etilgan. O'zbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga o'tkazish haqidagi dastlabki qaror 1929 yil 15-23 may kunlari Samarqand shahri (O'zbekistonning o'sha davrdagi poytaxti)da bo'lib o'tgan respublika adiblari, til-imlochilari va umuman yetakchi ziyolilar ishtirokidagi konferensiyada qabul qilingan va bu qaror 1929 yil 10 avgustda tasdiqlangan. Samarqand konferensiyasida qabul qilingan “lotinlashtirilgan o'zbek alifbosi” 33 harf va bir belgi (apostrof)dan iborat bo'lgan. Konferensiyada singarmonizm o'zbek adabiy tili uchun xos hodisa deb topilishi va alifboga 9 ta unli uchun alohida harflar kiritilgani, shu asosda ishlab chiqilgan imlo qoidalari keyinchalik o'zini oqlamadi, amalda imloda boshdoqlik vujudga keldi, ayni bir so'z bir necha xil yoziladigan bo'ldi. Natijada bu masala 1934 yil yanvarda bo'lib o'tgan Til va imlo masalalariga bag'ishlangan respublika qurultoyida qayta muhokama qilinadi va alifboga tegishli o'zgarishlar kiritiladi. O'tgan asrning 30-yillari 2-yarmidan o'zbek yozuvini rus grafikasi asosida shakllantirish ishlari boshlanib, bu jarayon 1940 yilda yangi alifbo qabul qilinishi bilan yakunlandi. Shu yildan to O'zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo'lgan davrda rus grafikasi asosidagi o'zbek alifbosining qo'llanishi rus tili mavqeining oshib borishi, hatto “ikkinchi ona tili” darajasiga ko'tarilishiga, o'zbek tili mavqeining esa pasayishiga, qo'llanish doirasining torayishiga olib keldi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng respublikada o'zbek yozuvini rus grafikasidan yana lotin grafikasi asosidagi yozuvga o'tkazish haqida fikr- mulohazalar o'rtaga tashlanadi. Bu masala bir yil davomida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, 1993 yil 2 sentyabrda O'zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida”gi qonuni e'lon qilindi. Yangidan qabul qilingan o'zbek alifbosi 31 harf va bir tutuq belgisi (apostrof)dan iborat deb belgilandi: Aa — rus grafikasidagi “a” tovushi, Bb - “b”, Cc - “s”, Dd - “d”, Ee - “e”, Ff - “f”, Gg - “g”, Hh - “h”, Ii - “I”, Jj - “j” (jonli, jo'ra), Kk - “k”, Ll - “l”, Mm - “m”, Nn - “n”, Oo - “o”, Pp - “p”, Qq - “q”, Rr - “r”, Cc - “s”, Tt - “t”, Uu - “u”, VV - “v”, Xx - “x”, Yy - “y”, Zz - “z” Çç - “ch”, Ğğ - “g'”, Jj - “j” (ajdod), Ňg - “ng”, Ŏŏ - “o'”, Şş - “sh”, (‘) tutuq belgisi (apostrof). Ushbu alifboni va shu asosda tayyorlangan “O'zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ni muhokama qilish jarayonida bir qator taklif va tavsiyalar qilindi.


Arab alifbosi bizda VIII asrning 20-yillaridan XX asrning 20-yillarigacha qo‘llangan. ―Milliy uyg‘onish‖ davrida arab imlosi va alifbosiga ayrim islohlar kiritish boshlangan. Ilg‘or o‘zbek ziyolilari 1905-1907 yillardan (matbuot va so‘z erkinligiga erishilgandan so‘ng) ayrim arabcha harflarning shakliga, ba‘zi imlo qoidalariga isloh kiritish to‘g‘risida matbuotda yoza boshlaganlar. Ammo bu masalaga Turkistonni boshqargan davlat amaldorlari salbiy munosabatda bo‘lib, O‘lkada davlat tili rus tili, mahalliy tillar, ularning yozuvi, imlosi bilan shug‘ullanish davlatning vazifasi hisoblanmaydi" deb salbiy munosabatda bo‘lganlar. O‘zbekcha matbuot va muallimlik bilan shug‘ullangan mahalliy ziyolilar esa turli tazyiqlarga bardosh berib, imlo va ona tili darsliklari yaratish yuzasidan o‘zlari tashabbus ko‘rsatib ish olib borganlar, „Turkcha qoida", „Imlo" singari o‘quv qo‘llanmalarini nashr qildirganlar, matbuotda maqolalar bilan chiqqanlar. Demak, yuqoridagi sababalarga ko‘ra birinchi davrning 1916 yilgacha bo‘lgan bosqichida yozuvni isloh qilishga qaratilgan jiddiy harakatlar kuzatilmaydi. Bu bosqichda asosiy e‘tibor savod chiqarish, o‘qish va o‘rgatish ishlarni tashkil etish masalalariga qaratilgan va shu maqsadda qator o‘quv – uslubiy kitoblar yaratilgan. «Ustodi avval» (Saidrasul Saidazizov. 1902), «Birinchi muallim» (Abdulla Avloniy, 1911), «lkkinchi muallim» (Abdulla Avloniy, 1912), «Turkcha qoida» (M.M. Faxriddinov, 1913), «Rahbarisoni» (Abdullaxo'ja Saidmuhammad-xo'jayev, 1916) kabi qo'llanmaiar shularjumlasidandir.
1917 yil oktyabr to‘ntarishidan so‘ng mahalliy tillar, ularning alifbosi va imlosiga rasmiy ravishda e‘tibor berila boshlangan. Ayniqsa, 1919 yil 26 dekabrda Rusiya Respublikasida savodsizlikni tugatish to‘grisida Dekret chiqqanidan so‘ng Qo‘shma Rusiya Sho‘rolarining Turkiston Muxtor Jumhuriyatida ham alifbo va imlo masalalarini tezroq hal qilish o‘rtaga qo‘yilgan, chunki imlo va harflar shakli masala-larini hal qilmay turib, ko‘pchilik xalqni savodxon qilib bo‘lmas edi.
1918-yilda Toshkentda til-imlo va adabiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi to‘garak-seminar – «Chig‘atoy gurungi‖ jamiyati tashkil topadi. Unga Fitrat va - 7 - Qayum Ramazonov boshchilik qilishadi. 1919-1920 yillarda bu jamiyat a‘zolari alifboni isloh qilish bilan bog‘liq ―Bitim yo‘llari‖ kitobchasini yaratadi.
Turkiston jumhuriyati Xalq Maorif Komissarligi o‘zbek maorifchilarining 1918 yil avgustda bo‘lib o‘tgan birinchi qurultoyida arabcha harflarni isloh qilish yuzasidan quyidagi qarorga kelingan: harflarning ikki xil shaklda, ya‘ni alohida yozilish shakli hamda so‘z boshida yozilish shakligina bo‘lishi lozim.
1921 yilgi til va imlo qurultoyi. Turkiston Xalq Maorif Komissarligining tashabbusi bilan (komissar Shohid Ahmadiev) 1921 yilning yanvar oyi boshida Toshkentda uzbek tili va imlosi yuzasidan Turkiston Muxtor Jumhuriyati qurultoyi o‘tkaziladi. Bu anjumanda harf va imlo masalasi yuzasidan ma‘ruza qilgan Fitrat o‘z so‘zini: „Maorifimizni eski imlo va yozuv bilan kengaytmak mumkin emas. Maorifni kengaytmak va savodsizlikni bitirmak uchun imlomizni isloh etmak lozimdir", — degan chaqiriq bilan yakunlagan. Fitrat o‘z ma‘ruzasida arab alifbosining o‘zbek tili xususiyatlariga mos emasligini, unda unli tovushlarni ifodalash uchun belgilar etishmasligini har bir harfning to‘rt shakli borligini, bunday nomukammallikdan qutilish uchun esa uni isloh qilish zarurligini aytadi.
Mazkur masala yuzasidan qo‘shimcha ma‘ruza qilgan Botu-Maxmud Xodiev arab alifbosini isloh qilish bilan kifoyalanmay uni lotin grafikasi asosidagi yangi alifbo bilan almashtirish masalasini o‘rtaga qo‘yadi.
1921 yil yanvargacha „Yangi imlochilar" bilan („CHig‘atoy gurungi" qatnashchilari) „Eski imlochilar" (M.Abdurashidxonov boshchiligida), „O‘rta imlochilar" o‘rtasida ilmiy baxs-kurash bo‘lgan edi, 1921 yilgi qurultoydan so‘ng „Lotinchilar", ya‘ni lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini yaratuvchilar (Mahmud Hodiev-Botu rahbarligida) paydo bo‘ldilar, bular ham kurashga qo‘shildilar.
Turkiston Respublikasi Xalq maorif komissari Sultonbek Xo‘janov Ozarbayjon turk yangi alifbo qo‘mitasidan 1922 yilning 5 dekabrida xat oladi. Bu xatda Ozarbayjon Markaziy Ijroiya Qo‘mitasida (AzSIK) „Turk yangi alifbo qo‘mitasi" ishlab turganligi, Qo‘mitaning maqsadi amaldagi arab alifbosini lotin alifbosi bilan almashtirish g‘oyasini ommalashtirish va bu ishni turkiy xalqlar hayotiga joriy qilish ekanligini bildiradi. Bu xat Turkiston Maorif Komissarligi qoshidagi Davlat ilmiy kengashi (GUS) raisi Xalil Do‘stmuhamedovga yo‘llanadi, rais, hozircha bu ishga zaruriyat yo‘q, mazmunidagi javob xatini hozirlaydi.
1923 yil 3–9 oktyabrda O‘rta Osiyo o‘zbeklari yozuvi va imlosini isloh qilish yuzasidan Buxoro shahrida alifbo-imlo konferensiyasi o‘tadi. Unda 1922 yildagi qaror asosida isloh qilingan yangi arab alifbosi qabul qilinadi. Alifboga unlilar uchun 6 belgi kiritiladi.

Download 3.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling