Nukus davlat pedagogika instituti
Download 3.96 Mb.
|
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-MAVZU: 1940 -1995 yillarda alifbo va imlo muammolari
- Kirill yozuvi
Adabiyotlar ro’yxati:
1. U.Tursunov, N.Muxtorov, Sh.Rahmatullaev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1992 yil. 2. Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. II qism. Toshkent. «O’qituvchi» nashriyoti. 1980 yil. 3. A.G’ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o’zbek tili. Sintaksis. Toshkent. O’qituvchi nashriyoti. 1987 yil. 4. O’zbek tilining imlo lug’ati. Toshkent. O’qituvchi. 1995 yil. 4-MAVZU: 1940 -1995 yillarda alifbo va imlo muammolari O‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirishga oid manbalarda hozirgi o‘zbek adabiy tili XIX-XX asrlarda yoki XX asrning 20-30 yillarida shakllangan degan qarashlar mavjud. Demak, uning yozuv tizimlarini ham XX asr boshidan to hozirga qadar bo‘lgan va bo‘layotgan jarayonlar bilan bog‘lab o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o‘z navbatida o‘zbek orfografiyasining tarixiy rivojlanish jarayonlarini belgilaydi. O'zbek yozuvining XX asr tarixi murakkab jarayonlarga boyligi bilan harakterlanadi: bu davrda o'zbek yozuvi bir necha marta tub isloh qilindi — bir grafik tizimdan boshqa grafik tizimga ko'chirildi. Jahon xalqlarining yozuv tarixida bunday hodisa kamdan kam uchraydi. Mavjud manbalar tahlilidan shu narsa ma'lum boiadiki, o'zbek yozuvining XX asr tarixi to'rt davrni o'z ichiga oladi: 1-davr — arab grafikasiga asoslangan yillar (1900—1929). 2-davr — lotin grafikasiga asoslangan yillar (1929—1940). 3-davr — rus grafikasiga asoslangan yillar (1940—1995). 4-davr — ikki yozuvlilikka (rus va lotin grafikalaridagi yozuvlarga) asoslangan yillar (1995-2010) Kirill yozuvi — qad. slavyanlarning ikki alifbosidan biri (ikkinchisi — glagolitsa). "K." atamasi xristianlikning slavyanlar orasidagi targ‘ibotchiisi Kirill nomi bilan bog‘liq . Kirill alifbosi yunonlarning unsial yozuvi asosida paydo bo‘lgan. Slavyanlardagi tovushlarni ifodalash uchun mazkur yunon yozuvida harflar (jami 24 ta) yetishmas edi. Bu tovushlar uchun maxsus (ba’zilari glagolitsa bilan bog‘liq holda) belgilar yaratildi. Kirill alifbosining qad. yodgorliklari qad. bulg'or Mostich (10-asr), shoh Samuil (11-asr) qabrtosh xatlari, Suprasl (16-asr) yilnomasi va boshqa; sharqiy slavyanlar bo‘yicha esa Ostromir Injili, Beresta (qayin po‘stlog‘iga yozilgan) yorliqlari va boshqalardan iborat. Kirill alifbosini dastlabki pravoslav slavyanlar va, shuningdek, ruminlar (19-asrgacha) qo‘llagan. Kirill alifbosining tarkibi va shakllari vaqt-vaqti bilan o‘zgartirib turilgan. Rossiyada 1708-yil Petr I farmoyishiga ko‘ra, bosma Kirill alifbosi raqami iste’moldan chiqarilgan. Bolgar, belorus, rus, serb, ukrain yozuvi slavyan Kirill alifbosi asosida (qo‘shimcha harflar va diakritik belgilar kiritish bilan) yaratilgan. Ko‘pgina xalqlar rus tilida 1930— 40-yillarda amalda bo‘lgan Kirill alifbosiga ayrim o‘zgartishlar kiritib, o‘z yozuvlarini belgiladilar. O‘zbekistonda 1940 yil mazkur yozuvdan щ , ы harflarini chiqarib tashlab, ў , қ , ғ , х, harflarini ilova qilgan holda rus Kirill alifbosii qabul qilindi. 1996-yil lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tila boshlandi.[1] Download 3.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling