Nukus konchilik nstituti Fan : Oʻzbekistonning yangi tarixi


Download 375.88 Kb.
Sana19.12.2022
Hajmi375.88 Kb.
#1033667

Nukus konchilik nstituti

Fan : Oʻzbekistonning yangi tarixi

Mavzu : Мilliy havfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar

Bajardi : Safarov B

Qabul qildi : Dawletnazarova G

Reja

  • Milliy xavfsizlikni ta’minlash.
  • Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.

Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-dekabrda
qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy tamoyillari»
haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy rasmiylashtirilgan. Bu Qonun O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari va
boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini,
hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa tizimining asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi:
  • Quriqlikdagi qo‘shinlar.
  • Harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari.
  • Maxsus qo‘shinlar.
  • Milliy gvardiya brigadasi.
  • Chegara va ichki qo‘shinlar.
  • Milliy xavfsizlik xizmati.
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalar

1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 1999-yil 13-
yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi.
Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari, chegaralari
va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik maqsad asosida ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik va operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining
Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi.
«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, Mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buyruq beradi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida (2002-yil 12-dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan bo‘ldi.
Davlat tuzilmasi va davlat chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qilish, inson huquqlari va erkinliklariga og‘ishmay rioya etish, jamiyatdagi millatlararo totuvlik, diniy Bagʻrikenglik, tinchlik va osoyishtalik – demokratik huquqiy davlat qurishning hamda
mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi.
O‘zbekistoni Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi,
suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini tashqi va ichki
tahdidlardan himoya qilish tizimida alohida o‘rin tutadi.
Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini
aniq belgilab beruvchi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni
ta’minlashning barcha jihatlari yuklatilgani ushbu idoraning davlat organlari faoliyatining
barcha sohalariga asossiz aralashuviga shart-sharoit yaratib berdi.
Mamlakatni rivojlantirishning hozirgi bosqichidagi ustuvor yo‘nilishlar, davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish davlat xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatdan yangi tizimini shakllantirishni taqozo etadi.O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nilishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari
bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki
tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb
yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo‘nilishlari etib quyidagilar belgilansin:
Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organi sifatidagi huquqiy maqomi,
vakolatlari va faoliyat yo‘nilishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratish;
bugungi kundagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning tasirchan shakl hamda uslublarini joriy etish;
yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda davlat xavfsizligini ta’minlashi borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuch hamda vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish;
Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini ta’minlashi ishlarining shakl va uslublari,
shuningdek, Xizmat harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi ma’lumotlari
oshkor bo‘lishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga og‘ishmay rioya etilishini
kafolatlaydigan ta‟sirchan mexanizmlarni joriy qilish;
O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib himoya qilishga qodir, har
tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni
tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish;
mehnatga munosib haq to‘lash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, sog‘likni
saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy
himoyasini kuchaytirish
3. Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nilishlari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki
tahdidlardan himoya qilishni ta’minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun
ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga
tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo‘yicha
razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish;
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish;
terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarogʻ giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;
davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish;iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta’minlashi,
Oʻzbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy ma’naviy merosini himoya qilish;davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;
telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda
holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy ma’naviy merosini himoya qilish; davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid
soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;
telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;
Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv
va dastlabki tergov olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish
Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo‘lida amalga oshirilgan say-harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozi masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida
yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bo‘layotgan edi. O‘tgan yili
Oʻzbekistonning qo‘shni davlatlar bilan oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz o‘sib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari
rahbarlarining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda
oʻzaro savdo hajmini 5 milliard AQSH dollariga yetkazish mo‘ljallanayotganini ta’kidladi.
Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qo‘shni
Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bog‘liqdir. Binobarin,
ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo‘lgan hamda shunday bo‘lib
qolajak.
Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni ta’minlash, savdosotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko‘rfazi portlariga eng qisqa yolini ta’minlashi,
Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog‘lashi mumkin.Shuning uchun ham Afg‘onistonni mintaqaviy muammolar, tahdidlar manbai sifatida
emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash o‘rinli. Bu esa, o‘z navbatida, butun Yevroosiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga turtki beradi.
O‘tgan davr mobaynida Oʻzbekiston Afg‘oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni
sezilarli darajada kengaytirdi, afg‘on muammosini hal qilish bo‘yicha xalqaro sa‟yharakatlarga faol qo‘shildi. Oʻzbekiston — Afg‘oniston munosabatlari yuqori sur’atlarda rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi, noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo bo‘yicha yuqori darajadagi anjuman hamda yaqinda Ostonada bo‘lib o‘tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ilgari surgan Oʻzbekistonning
yangi tashqi siyosat strategiyasining amaliy natijasidir. Bugun Toshkent Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniy gumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha izchil hamda qat’iy siyosat
olib bo‘rayapti. Ikki mamlakat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan oʻzaro
muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekistondan Afg‘onistonga yiliga 300 ming tonna mineral o‘git, 2
ming dona qishloq xo‘jaligi texnikasi, 250 ming tonnagacha g‘alla va afg‘on bozorida talab yuqori bo‘lgan boshqa mahsulotlarni uzoq muddatli yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shu bilan birga, avtomobil, qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlab chiqarish hamda to‘qimachilik sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rilmayapti.
O‘zbekistonlik mutaxassislarning Shimoliy Afg‘onistonda istiqbolli neft va gaz konlarini
o‘zlashtirishga ko‘maklashishi imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
Ikkinchidan, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlik natijasida Mozori Sharif —Hirot yo‘nalishi bo‘yicha transafgʻon transport yo‘lagani yaratish bo‘yicha muhim
kelishuvga erishildi. Ushbu yo‘l ilgari Oʻzbekiston tomonidan qurilgan birinchi transport yoʻlagi — Hayraton — Mozori Sharif temir yolining davomi hisoblanadi. U Afg‘oniston iqtisodiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bugungi kunda mazkur
magistral orqali Afg‘oniston importining katta qismi olib kirilmoqda. Ular orasida
insonparvarlik yuklarining hajmi katta orin tutadi.
Osiyo taraqqiyot banki hisob-kitoblariga ko‘ra, Hayraton — Mozori Sharif temir yoli foydalanishga topshirilishi natijasida mingdan ortiq kishilar ishli bo‘lishdi. Temir yo‘l bo‘ylab afg‘onlar bandaligi o‘sish sur’atlari yiliga 10-11 foizni tashkil etdi. Mozori Sharif — Hirot temir yoli loyihasini amalga oshirish Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashga katta hissa qo‘shadi. Qatnovning yo‘lga qo‘yilishi Afg‘oniston tashqi savdo aylanmasini 50 foiz ko‘paytirish imkonini beradi. Jumladan, temir yo‘l liniyasi qurilishi yakunlanganidan
so‘ng birinchi yilda yuklar tranziti hajmi taxminan 5,3 million tonna, istiqbolda esa yiliga 15 million tonnaga yetishi mumkin.
Shu bilan birga, Afg‘oniston bilan transport hamkorligining boshqa yo‘nalishlari ham
jadal kengayib bormoqda. Masalan, 2017 yilning noyabridan Toshkent va Kobul o‘rtasida doimiy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Avtomobil tushovlari sohasida ham hamkorlik faol rivojlanmoqda. O‘tgan yili 2016 yildagiga qaraganda Oʻzbekiston hududi orqali olib o‘tilgan Afg‘oniston yuklari hajmi 70 foiz oshdi.
Uchinchidan, Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash ishlarining muvaffaqiyatli
kechishida energetika sohasidagi aloqalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi sir emas. Oʻzbekiston 15 yildan ortiq muddat davomida elektr energiyasi yetkazib berish borasida Afg‘onistonning ishonchli sherigiga aylandi. Afg‘onistonga yetkazib
berilayotgan elektr energiyasi hajmi 2002 yildagiga qaraganda 30 baravar ko„paydi.
2018 yilning yanvaridan Oʻzbekiston Afg‘oniston uchun eksport qilinayotgan elektr energiyasi narxini 35 foiz arzonlashtirdi.
Afg‘oniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi davomida 260 kilometrlik Surxon —Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi. Uning 45 kilometri Oʻzbekiston hududidan o‘tadi. Loyihalash uchun trassaning koordinatlari kelishildi. Hozirgi paytda loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilayapti.
Oʻzbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida energetika sohasida amalga oshirilayotgan
qo‘shma loyihalar ko‘p jihatdan multiplikativ samara beradi. Ya’ni Kobulga elektr
uzatish liniyasi qurilishi aholi uchun o‘tkar — elektr tanqisligi muammosini hal qilibgina qolmasdan, ishlab chiqarish quvvatlarini, yangi korxonalarni ishga tushirish, ish o‘rinlari yaratishda qo‘shimcha imkoniyatlar eshigini ochadi.
To‘rtinchidan, ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari ham sifat jihatidan yangi bosqichga
chiqmoqda. Masalan, Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Termizda Afg‘oniston
fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi ochildi. Unda Afg‘oniston turli sohalari uchun
malakali kadrlar tayyorlanadi. Bu borada istiqbolli yo‘nalish sifatida temir yo‘l transporti va servisi sohasi uchun kadrlar tayyorlash belgilab olingan.
Oʻzbekiston erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmoqchi emas. Toshkent
umummintaqaviy ahamiyatga ega transport loyihalarini amalga oshirish, kadrlar
tayyorlash, Afg‘onistondagi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilish jarayonini qoʻllab quvvatlagan holda, mamlakatning tinch-osoyishta ravnaqiga ko‘maklashish bo‘yicha
sa’y-harakatlarini davom ettiradi. Bular esa pirovardida butun Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi hamda taraqqiyotining garoviga aylanadi.
Download 375.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling