{number}-son darsliklar va mashq daftarlarini bepul foydalanishga berish toʻGʻrisidagi
Download 12.53 Kb.
|
LoadedDocument (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
- V. NIZOLARNI BARTARAF ETISH
III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. Maktab quyidagilarga majbur: 3.1.1. Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berish; 3.1.2. Foydalanuvchini darsliklar yoki mashq daftarlardan foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash. 3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur: 3.2.1. Olingan darsliklar yoki mashq daftarlarning toʻliq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlash; 3.2.2. Darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli holatda Maktabga qaytarish; 3.2.3. Darsliklar yoki mashq daftarlar yoʻqolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar yoki mashq daftarlar bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash: birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning bir baravari miqdorida; - 2- 4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning ikki baravari miqdorida; - 5- 9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning toʻrt baravari miqdorida. - 10- 11-sinf o'quvchilaring har bir darsliklari uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda IV. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI 4.1. Mazkur Shartnoma boʻyicha olingan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Tomonlar shartnoma shartlari va qonunchilikhujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi. 4.2. Tomonlar bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi. V. NIZOLARNI BARTARAF ETISH 5.1. Mazkur Shartnomaning amal qilishi davomida vujudga kelgan nizolar tomonlar orasida muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal qilinadi. 5.2. Nizolarni hal qilishda kelishuvga erishilmagan taqdirda, ular qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Download 12.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling