Nuqtaning egri chiziqli koordinatalaridagi tezlik va tezlanish


Normal va urinma tezlanishlar


Download 141.19 Kb.
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi141.19 Kb.
#223550
1   2   3   4
Bog'liq
Nazariy Mexanika MI1

Normal va urinma tezlanishlar.

Tabiiy uchyoq. Nuqta trayektoriyasining M va M1 nuqtalaridan o'tuvchi to'g'ri chiziqning M1 nuqta M nuqtaga intilgandagi limitik holatiga trayektoriyaning M nuqtasidagi urinmasi deyiladi. M nuqtada egri chiziq urinmasiga perpendikulyar to'g'ri chiziqqa egri chiziqning M nuqtadagi normali deyiladi. Bu ta'rifga asosan M nuqtada egri chiziqqa cheksiz ko'p normallar o'tkazish mumkin. Bu normallarning hammasi M nuqtadan o'tuvchi urinmaga perpendikulyar tekislikda yotadi. Bu tekislikka egri chiziqning M nuqtasidagi normal tekisligi deyiladi. Egri chiziqning M nuqtasidagi yopishma tekisligida yotuvchi normaliga uning bosh normali deyiladi. Shunday qilib, M nuqtadagi yopishma tekislik bilan normal tekislik egri chiziqning bosh normali bo'ylab kesishar ekan. Egri chiziqning M nuqtasidan o'tuvchi yopishma tekislikka perpendikulyar bo'lgan normalga M nuqtadagi binormal deyiladi.

Egri chiziqning M nuqtasidagi urinma bo'ylab yo'nalgan birlik vektorni f0 bilan, bosh normali bo'ylab yo'nalgan birlik vektorni n0 bilan va binormal bo'ylab yo'nalgan birlik vektorni b0 bilan belgilaymiz (141-shakl). Bu vektorlar orqali quyidagi tekisliklar o'tadi: (f0, n0) yopishma tekislik, (n0, b0) normal tekislik va (b0 ,f0) urinma tekislik.




f10


f0, n0 va b0 vektorlar uchta o'zaro perpendkulyar to'g'ri burchakli uchyoqni hosil qiladi. Bu uchyoqqa tabiiy uchyoq deyiladi. Bu tabiiy uchyoq M nuqta bilan birgalikda harakatlanadi. Tabiiy uchyoqdan tashqil topgan koordinatalar sistemasiga tabiiy koordinatalar sistemasi deyiladi.


Download 141.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling