Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab manbalariga borib taqaladi. U o’zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlangan


Download 5.01 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1574028
Bog'liq
2 5438353870130522786

Buxoro davlat universiteti Boshlang’ich ta'lim yo'nalishi 9-4-BTUS 20 sirtqi guruh talabasi Farhodova Vaziraning ona tili fanidan mustaqil ta'limi  

 

 

Punktuatsiya (lot. punctum — nuqta; kichkina dogʻ) — 1) alifbodan tashqari boʻlgan grafik belgilar (tinish belgilari) tizimi boʻlib, grafika va orfografiya (imlo) bilan birgalikda yozma tilning asosiy vositalarini tashkil etadi. P.ning asosiy vazifasi yozma (bosma) matnni qismlarga ajra-tish, grafik jihatdan shakllantirishdir; 2) yozma matnni punktuatsion rasmiylashtirishni tartibga soluvchi, har bir til uchun tarixan shakllangan qoidalar, meʼyorlar; 3) P. tizimi qonuniyatlarini, shuningdek, tinish belgilarining qoʻllanish meʼyorlarini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi.

Muayyan milliy til grafikasi (yozuvi) 2 xil vositadan: harflar (alifbo) va tinish belgilari (punktuatsiya) tizimidan iborat. P. tarixi, punktuatsion tizimniig paydo boʻlishi, tinish belgilarining soni turli tillarda turlicha namoyon boʻladi. Masalan, punktuatsion tizim hozirgi maʼno va koʻrinishda Gʻarbiy Yevropa tillari yozuvlarida 15—16-asrlarda, rus yozuvida 18-asr da, oʼzbek yozuvida esa 19-asrning 2-yarmida paydo boʻlgan. Yoki ingliz tili punktuatsion tizimida apostrof va defis ham tinish belgisi hisoblanib, ularning jami 12 ta boʻlsa, hozirgi oʻzbek P.si quyidagi 10 ta tinish belgisidan iborat: vergul, ikki nuqta, koʻp nuqta, nuqta, nuqtali vergul, soʻroq belgisi, tire, undov belgisi, qavs, qoʻshtirnoq. P.ning qoʻllanishida ham tillararo tafovut boʻlishi mumkin, Masalan, ispan tilida soʻroq va undov belgilari gapning boshida va oxirida qoʻyiladi.

P. tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini taʼminlashda muhim vositadir. Oʻz navbatida, muayyan tiddagi P. anʼanalarining mustahkamlanishi va takomillashuvida tanikli yozuvchilarning ijo-di hamda tinish belgilarining qoʻllanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hozirgi uzbek P.sining shakllanishi, rivoji, uning oʻrganilishi Fitrat, S. Ibrohimov, H. Gʻoziyev, O. Usmon, Gʻ. Abdurahmonov, K. Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomi bilan bogʻliq.

Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab manbalariga borib taqaladi. U o’zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlangan.

NUQTANING ISHLATILISHI 1. His-hayajonsiz aytilgan darak, buyruq gaplardan so’ng. 2. Atov gaplardan keyin. 3. Ismi, otasining ismi(ba’zan familiyasi ham) qisqartirilganda, ularning birinchi harfidan so’ng. 4. Nashriyot ishlarida, lug’at va ma’lumotnomalarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so’zlarning birinchi harfi yoki bo’g’inidan so’ng. 5. Qo’shma gapning birinchi qismidan so’ng kuchli to’xtam bulsa, mantiqan biri ikkinchisiga bog’lanmagan qo’shma gaplar orasida ham nuqta ishlatiladi. Bunday hollarda ikkinchi gap ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchunbog’lovchilari bilan boshlanishi mumkin.

6. Ba’zi bir hollarda yil, oy, kunni ofodalovchi raqamlardan so’ng nuqta qo’yilishi kuzatiladi. 7. Butunning qismlarini sanash uchun qo’llanilgan arab raqamlaridan so’ng ham nuqta ishlatiladi. 8. Hisob-kitob ishlarida nuqta belgisidan ko’paytiruv alomati sifatida ham foydalaniladi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling