Nur tashxisi usullari avzalliklari va kamchiliklari


Download 0.65 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1155056
Bog'liq
3-kurs 2- Mavzu


NUR TASHXISI USULLARI AVZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Labaratoriya ishi rentgenografik plyonkani proyavka qilish metodikasi.
RENTGENOLOGIK XIZMATNI UYUSHTIRISH

Rentgen nurlari kashf etilishi bilan Rossiyada u keng qo'llanila boshlagan. 1896 yildan N. G. Yegorov, I. I. Borgman, V. N. Tonkov, P. N. Lebedev kabi olimlar rentgen nurlarining xususiyatini qunt bilan o'rgana boshladilar.


1896 yil 13 fevralda V. N. Tonkov skeletni rentgen nurlari bilan tekshirishda olgan ijobiy natijalari to'g'risida axborot berdi. O'sha yilning mart oyida prof. N. V. Sklifasovskiy rentgen nurlarini ishlata boshlagan. Uning ko'rsatmasi bo'yicha prof. N. G. Yegorov rahbarligida harbiy meditsina akademiyasining fizika laboratoriyasida rentgen laborant N. N. Georgiyevskiy singan bilak suyagini rentgen nurlari bilan Rossiyada birinchi bo'lib suratga olgan. Tez orada ko'l kaftiga kirib qolgan ninani rentgen nurlari yordamida olib tashlash operatsiyasi o'tkazildi.
Prof. A. C. Popov qunt bilan rentgen nurlarini o'rganadi va o'z qo'li bilan Kronshtadtdagi harbiy dengiz gospitali uchun Rossiyada birinchi rentgen qurilmasini yaratadi. Kasallarni tekshirishda shaxsan o'zi qatnashadi. Dotsent I. F. Kotovich 1897 yilda vatan rentgenologiyasining yutuqlariga bag'ishlangan risola chop qiladi. Tez orada I. R. Tarxanov rentgen nurlari odam organizmiga ta'sir qilganida nerv sistemasida ro'y beradigan reaksiyaga bag'ishlangan ajoyib tekshirishlar natijalarini bayon qiladi. 1903 yilda YE. S. London, V. S. Jukovskiy, M. N. Goldberglar rentgen nurlarining nerv sistemasiga ta'siri to'g'risidagi fikrlarini e'lon qilishdi. N. N. Cherkasov kuchaytiruvchi ekran yaratib, meditsina retgenologiyasining taraqqiyotiga katta hissa ko'shdi. Yirik rus xirurgi N. A. Velyaminov harakatdagi frontda rentgen nurlarini ishlatish fikri bilan chikdi. Rus-yapon urushida Xarbinga yaqin yerlardagi frontda rentgen nurlari ishlatilgan. Susimada yaralangan matroslarga yordam berish uchun «Avrora» harbiy kemasi vrachi V. S. Qravchenko birinchi bo'lib rentgen nurlarini ishlatgan, u «Oleg» va «Jemchug» kreyserlarining yaralangan matroslariga ham yordam bergan.
Chor Rossiyasida texnika kolokligi sababli meditsina rentgenologiyasi sekin rivojlangan. Birinchi jahon urushi arafasida Chor Rossiyasida atigi 142 rentgen kabineti bo'lgan, u ham xususiy mulk egalari qo'lida bo'lib, uchdan bir qismi Peterburgda joylashgan edi.
Birinchi jahon urushida (19141918) meditsina ilmiy jamiyati tomonidan bir iyechta ko'chma rentgen kurilmasi tuzilib, ularda suyak sistemasi tekshirilgan, shu yo'l bilan ko'p yarador askarlarga yordam berilgan.
Sovet hokimiyati yillarida vatanimizda rentgenologik xizmat muvaffaqiyatli rivojlanib bordi. Grajdanlar urushining og'ir sharoitiga, vayronalikka, ocharchilikka va qashshoqlikka qaramay 1918 yilda prof. M. I. Nemenovning tashabbusi, maorif xalq komissari A. 'B. Lunacharskiyning aktiv yordami bilan Petrogradda vatanimizda birirchi rentgenologiya, radiologiya va rak kasalligi instituti tashkil etildi. Keyinchalik bunday institutlar Moskva, Qiyev, Xaryov, Rostov-Don, Sverdlovskiy, Voronejda, Ulug' vatan urushidan keyin deyarli hamma ittifoqdosh jumhuriyatlarning markazlarida ochildi.
Vatanimizda rentgenologiya fanining rivojlanishiga mashhur olimlar A. V. Ayzenshteyn, L. L. Golst, S. P. Grigoryev, L. YA. Dilon, G. A. Zedgenidze, M. I. Nemenov, A. YE. Prozorov, S. A. Reynberg, I. R. Reshitilo, YA. M. Rozenblat, A. D. Ribinskiy, I. L. Tager, И. R. Tarxanov, V. A. Fanarjyan, A. A. Seytlin, I. G. Shlifer va b. k. katta hissa ko'shdi.
Sovet hukumatida shahar va kishloqlarda barchaga barobar rentgenologiya xizmati ko'rsatila boshladi. Vatanimizda hamma tibbiyot oliy bilimgohlari va vrachlar malakasini oshirish bilimgohlarida rentgenologiya va tibbiyot radiologiyasi kafedralari bor. Barcha tibbiyot ilmiy tadqikot bilimgohlarida va sog'liqni saqlash organlariga qarashli davolash-profilaktika muassasalarida rentgen kabinetlar mavjud. Shahar va qishloqlardagi rentgen diagnostika kabinetlari zamonaviy apparatlar bilan jihozlangan. Hozir vatanimizda ishlab chiqariladigan «RUM-20» rentgen-diagnostika apparati ikki ish stoliga ega. Germaniyada ishlab chiqariladigan «TUR-1001» va «TUR-D-1500» markali apparat rentgenologik tasvirni kuchaytiruvchi (URI) moslama va televizor priyomnigi bilan jihozlangan bo'lib, 24 ish stoliga ega; Vengriyada ishlab chiqariladigan «YEDR-750», «Diagnomaks-125» va «Neodiagno-maks-125» markali apparatlarda rentgenologik tasvirni kuchaytiruvchi moslama va televizor priyomnigi bor. Chexiya-Slovakiyada ishlab chiqariladigan «Xirodur-125» va «Durolyuks» markali apparatlar 23 ish stoliga ega.
Mamlakatimizda texnika taraqqiyoti tufayli tekshirish natijalari to'rg'isida ko'p axborot olish mumkin bo'lgan, ishonchli rentgenologik tasvir olinadigan, bemor hamda rentgen kabineti xodimlarini nurlanishdan yetarli darajada saqlaydigan rentgendi, agnostika apparatlari ishlab chiqarila boshlandi. Avtomatlashtirilgan rentgendiagnostika kompleksi «Rentgen 50-2» va «Rent-1 gen-100-T» apparatlari shular jumlasidandir. Ularning texnik xarakteri quyidagicha: yuqori kuchlanishli tok 125 kV gacha, tok kuchi 1000 mA; surat olish diapazoni 0,0015 sekund; anodning aylanish tezligi 1 minutda 9000 marta.



1-rasm. Elektron-optik o'zgartirgich (EOP) sxemasi.


1 rentgen trubka; 2 rentgen nurlari; 3 tekshiriluvchi obyekt;
4 nur sochadigan (flyuoressensiya) ekran; 5 fotokatod; 6 fo-
toelektronlar; 7 vakuum; 8shisha kolba; 9 ekran; 10 ko'rinuvchi yorug'lik.

Elektron-optik o'zgartirgich (EOP) paydo bo'lishi rentgendi agnostikaning katta yutug'i bo'ldi, u rentgen ekranining yorug'ligini vakuum asbobi yordamida 8001000 marta oshirishga imkon berdi. EOP tufayli rentgenologik tekshirishlarni tabiiy sharoitda o'tkazishga muvaffaq bo'lindi, rentgenkinematografiya va rentgente levideniye usullari yaratildi. EOP ning ishlashi fotoelektrik effektga va elektronning tezlanishiga asoslangan. EOP havosiz (vakuum), diametri 1323 sm li shisha trubka bo'lib (1-rasm), uning oxiriga tekshiriluvchi organga qabariq tomoni qaratilgan doira shaklli, yoritiladigan ekran o'rnatilgan. Ekranning botiq tomonida manba elektron beruvchi fotokatod joylashgan. Yoritiladigan ekrandagi rentgen tasviri fotokatodning har bir nuqtasida elektronlar emissiyasini hosil qiladi va ekranni tegishli darajada jadal yoritadi. Bunda yorug'lik energiyasi elektronning kinetik energiyasiga aylanady, uning tezlanishi trubkaning qarama-qarshi tomonida joylashgan fotokatod bilan aluminiy anodi o'rtasidagi 1220 kV potensialning farqiga bog'liq. Anod tirqishidan o'tgan elektronlar kichkina ko'rsatadigan boshqa ekran yuzasiga tushadi va uyerda kinetik energiya yorug'lik energiyasiga aylanib, ekranning yoritilishini birinchi ekranga nisbatan 800 1000 marta oshiradi. Yorug'likning intensiv tasvirlanishi katod bilan anod o'rtasidagi elektr maydonida o'rnashgan elektronlar tezligiga to'g'ri proporsional.


EOP bemorga va xizmat qiluvchi xodimlarga zarar keltirmasdan, rentgen nurlarining qattiqligini minimal holatida ekran ravshanligini juda ko'paytirish xususiyatiga ega. Hozirgi EOP-lar ravshanligi kino va televizor ekranlari ravshanligi bilan barobar.
EOP bemor va xizmat qiluvchi xodimlarning nurlanish dozasini baravar kamaytirib, tekshirishlarni tabiiy sharoitda o'tkazishga imkon yaratdi.
Sovet rentgenologiyasining hozirgi zamon natijalari mashhur olimlar YU. I. Arkusskiy, L. YA- Dillon, V. V. Zodiyev, V. A. Dyachenko, M. A. Ivanitskaya, S. L. Kopelman, YE. M. Kagan, YE. L. Kevesh, I. G. Lagunova, L. D. Lindenbraten, V. S. Maykova Stroganova, D. G. Roxlin, I. X. Rabkin, L. S. Rozenshtraux, YU. N. Sokolov, A. YA. Pitel, I. A. Shexter va b. q. nomi bilan bog'liq.
S. I. Slonim va M. M. Medziyevich O'zbekiston rentgenologiyasining birinchi pionerlari bo'lishgan. Sovet rentgenologiyasining rivojlanishiga jumhuriyatimizning rentgenolog olimlari: prof J. M. Abdurasulov, A. A. Ajimullayev, S. A. Molchanov (ToshMIda rentgenologiya kafedrasining asoschisi), SSSR MFA muxbir a'zosi J. N. Maxsumov, prof. A. P. Mansurov, SH. M. Mirg'aniyev, T. M. Mirzayev, N. K. Murodxo'jayev, L. B. Naumov, dotsentlardan B. N. Kalmikov, M. N. Kochergina, K. YE. Nikishin va boshqalar katta hissa qo'shishgan. Jumhuriyatimizda birinchi tomografni yaratgan rentgen-texnik N. P. Gajiyevskiy alohida hurmatga sazovordir.
Rentgenologiyaning taraqqiyoti tufayli rentgenoosteologiya, rentgenopulmonologiya, rentgenoangiokardiologiya, rentgenogastro-enterologiya, rentgenourologiya, rentgenostomatologiya sohalari vujudga keldi. Hozir tibbiyotda rentgenologiya usullaridan foydalanmaydigan soha yo'q. Bu usullar ko'pincha asosiy o'rinni egallaydl. Ular bemorlarni klinik tekshirish va aholining sog'lom kontingentini profilaktik tekshirishdan o'tkazishda, ayniqsa dispanserizatsiya qilishda yetakchi usul hisoblanadi.
Rentgen kabineti kasalxona va poliklinikalarda bemorni tekshirish uchun rentgen apparatlari bilan jihozlangan maxsus xona.
Rentgen nurlarini olish uchun manba elektr toki va rentgen apparati kerak. Ishlatiladigan elektr toki o'zgaruvchan bo'lib, uning kuchlanishi 127,220 yoki 380 V. Hozirgi rentgendiagnostika apparatlari yuqoridagi kuchlanishning xohlaganiga ulanishi mumkin.
Tibbiyot rentgendiagnostika apparatlari tuzilishi va ishlatilishiga qarab ekran orqali ko'radigan (rentgenoskopiya), suratini oladigan (rentgenografiya) va maxsus ishlangan siydik yo'lini tekshiradigan (urologik), yurak-tomirni tekshiradigan (angio-kardiologik), tish bilan jag'ni tekshiradigan (stomatologik) va boshqa apparatlarga bo'linadi.
Rentgendiagnostika apparatlari bir joyga o'rnatilgan (statsionar) va ko'chma bo'ladi. Ularni kismlarga bo'lib, avtomashinada bir joydan ikkinchi joyga olib borish yoki temir yo'l vagonlariga o'rnatish mumkin.
Rentgen trubkasi elektr sxemasining ta'minlanishiga qarab rentgendiagnostika apparatlari kuyidagi gruppalarga bo'linadi:
1. Kenotroni yo'q apparatlar, ularning rentgen trubkasi bevosita bosh transformatorga ulangan bo'ladi va o'zgaruvchan tokning yarim to'lkinidan foydalaniladi. Bu apparatlarga kam quvvatli, ko'chma, yuqori kuchlanishi 100 kV tokka ega bo'lgan apparatlar: palatada ishlatiladigan ko'chma «Arman-I» «12-I-5 (SSSR). «TUR-DE-16» «TUR-DE-18» (Germaniya) va tish suratini oladigan «5-D-1» va 5-D-2» apparatlari kiradi.
2. Bir yoki ikki kenotronli, o'zgaruvchan tokning yarim to'lqinida ishlaydigan, 6 kVt tok kuchiga va yukori kychlanish 100 kV tokka ega apparatlar.
3. Elektr tokining uch fazasida ishlaydigan to'rt va olti kenotronli, katta kuchli statsionar apparatlar. Bular 10 kVt tok kuchiga ega bo'lib, yuqori kuchlanishi 140 kV va undan ko'proq.
Hozirgi vaqtda ko'p davolash-profilaktika muassasalari va ularning rentgen kabinetlari vatanimiz hamda chet elda ishlab chiqariladigan zamonaviy statsionar rentgendiagnostika apparatlari bilan jihozlanmoqda. Ularning elektr toki bilan ta'minlash sistemasidagi kenotron selen yarim o'tkazgichli asbob bilan almashtirilgan. Ta'minlash snstemasining tuzilishi va shtativ konstrukniyaspga ko'ra rentgendiagnostika apparatlari oliy, birinchi, pkkinchi va uchinchi sinfga bo'limadi.
Oliy sinfdagi rentgendiagnostika apparatlari uch fazali o'r ikki yarim o'tkazgich to'g'ri chaguvchisi bilan ta'minlangap, ular elektr tokining maksimal yukori kuchlanishini 150 kV, anod tokini ega 1000 dan 2000 mA gacha yetkazadi. Ularning URI (rentgen tasvirni kuchaytiruvchi) sistemasi kuyidagi tartibda ishlaydi nur tarqatuvchi EOP televizor trubkasi monitor.
Bu sinfga: a) «Simens» firmasi (Germaniya) ishlab chiqaradigan rentgendiagnostika qurilmasn, uning shtativi «Seregraf», «Orbi-skop. » va ta'minlash sistemasining tuzilishi «Gigamtos YE», «Garantiks» va boshqalar; b) «Jeneral-elektrik» firmasi (AQSH) ishlab chikaradigan «Televiks-2» rentgendiagnostika kurilmasi; v) «TUR-D-1500» (Germaniya) rentgendiagnostika qurilmasi kiradi.
Birinchi sinfga kiradigan rentgendiagnostika apparatlari uch fazali olti yarim o'tkazgich tuzilishiga ega bo'lib, maksimal yuqori kuchlanishi 125150 kV, anod tokini esa 600 dan 800 mA gacha yetkazadi. Ular oliy darajada avtomatlashgan universal shtativ, URI, televizor priyomnigi, kino va flyuorograf kamerasi bilan ta'minlangan.
Birinchi sinfga: a) «RUM-20» va «Rentgen 50» (SSSR); b) «TUR-D-701» va «TUR-D-1001» (Germaniya); v) «Durolyuks» (CH-SR); g) «YEDR-750» (VXR) apparatlari kiradi.
Ikkinchi snnfga bir fazali ta'minlanuvchi qurilma bilan ikkita yarim o'tkazgichli to'g'rilaguvchi sxemasi bo'lgan rentgendiagnostika apparatlari kiradi. Ularning yuqori kuchlanishi 125150 kV, anod tokini esa 400 dan 500 mA gacha yetkazadi. Bu apparatlar komplektida oliy avtomatik shtativ, URI sistemasi va televizor priyomnigi bor. Bu sinfga: a) «RUM-10» va «RUM-22» (SSSR); b) «Xirodur-125» va «Megameta-125» (CH-SR); v) «Diagnomaks-125» va «Neodiagnomaks-125 (VXR) apparatlari kiradi.
Uchinchi sinfga kam quvvatli, ko'p tarqalgan rentgendiagnostika apparatlari kiradi. Ular 220 va 380 V elektr tarmoqlari uchun chiqarilgan, bitta fazali, ikkita yarim o'tkazgichli to'g'rilash sistemasiga ega bo'lib, yuqori kuchlanishi 125 kV, anod toki esa 125300 mA ni tashkil kiladi. Apparatlar shtativi oddiy. Ular kichik kasalxonalar uchun mo'ljallangan. Bu sinfga: a) «Rentgen-30», «URD-D-NO» va «RUM-5» (SSSR); b) «TUR-D-350» (Germaniya); v) «Durameta» (CH-SR) apparatlari kiradi.
Rentgendiagnostika apparatlari yuqori kuchlanishli doimiy elektr energnyasida ishlaydi. Yuqori kuchlanishli o'zgaruvchan tok kenotron yoki yarim o'tkazgich (selen plastinkasi) yordamida yuqori kuchlanishli doimiy tokka aylantiriladi. Rentgen trubkasining elektr sistemasida 4 yoki 6 kenotron yoki ikkitadan to o'n ikkitagacha yarim o'tkazgich o'zgaruvchi bo'lsa, o'zgaruvchan tokning hammasi doimiy tokka aylanadi va apparat kuvvatini oshiradi. Shuning uchun tibbiyotda bunday apparatlar keng ko'llaniladi. Bitta rentgen kabinetida ular ikkita yoki ko'proq shtativga ega bo'lib, bitta pult bilan boshqariladi. Shuning uchun rentgen kabinetini kurishda shtativ soniga qarab sanitariya normalarini bajarish va nurlanish xavfsizligini saqlash uchun binoga, xonaning soniga va xajmiga qattiq talab qo'yiladi.
Rentgendiagnostika kabinetini tashkil qilish va uning faoliyati SES, jumhuriyat, viloyat va shahar (markazda) davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari nazoratida bo'ladi.
Sanitariya nazorati talabi bo'yicha rentgendiagnostika kabineti maxsus binoda yoki odam kam joyda tashkil kilinishi mumkin. Bunda nurlanish xavfsizligini saqlash uchun kabinet hamma tomondan saqlanish vositalari bilan ajratilgan bo'lishi kerak.
Zamonaviy rentgendiagnostika kabineti 4 xona va hojatxonadan iborat bo'lishi kerak: protsedura xonasi, boshkarish pulti xonasi, vrach xonasi, fotolaboratoriya (2-rasm).
Protsedura (muolaja) xonasi katta, unda rentgen apparatining asosiy qismlari joylashgan bo'lib, bu xonada vrach-rentgenolog bemorni tekshiradi, rentgen-laborant esa surat oladi.
Protsedura xonasining hajmi rentgen apparati ish stolining soniga bog'liq. Bitta ish stoliga ega bo'lgan rentgen apparati uchun xonaning hajmi 34 m2, ikkita ish stoli uchun 45 m2, rentgendiagnostika apparatlarida URI, televizor priyomnigi bo'lsa, 48 m2 bo'lishi lozim. Ish stoli kancha ko'p bo'lsa, xonaning hajmi shuncha katta bo'lishi kerak. Protsedura xonasining eshigi peshtokiga, poldan 160 sm balandlikka «Kirish mumkin emas» deb yozilgan ok yoki kizil fonar tablosi o'rnatiladi. U rentgen apparati ishlaganda avtomatik holatda yonadi. Rentgen kabineti yoki protsedura xonasi yonida bemorlar uchun hajatxona bo'lishi kerak y me'da va ichakni tekshirishda (irrigoskopiya) juda zarur.
Boshqarish pulti xonasida rentgen apparatining boshqarish pulti qurilmasi joylashgan bo'lib, rentgen apparatining kerakli ish stolida ishlashini masofadan boshqaradi. Honaning hajmi 69 m2 bo'lishi lozim. Protsedura xonasi boshqarish pulti xonasi bilan gaplashish apparati orqali bog'langan bo'lib, ular o'rtasidagi devorda qo'rg'oshinlangan oyna solingan qaraydigan darcha bo'lishi kerak, undan bemor va xodimlarni kuzatish uchuy foydalaniladi.
Vrach xonasining hajmi 10 m2 bo'lishi kerak. Bu xonada vrach nurlanish bilan bog'lanmagan ishlarni bajaradi.



2-rasm. Rentgendiagnostika kabineti sxemasi va rentgen
apparatning joylashishi.
I vrach xopasi; II boshkarish pulti xonasi; III protsedura xonasi; IV labo-ratoriya; V hojatxona; D eshiklar; DZ nurdzn saklovchi eshiklar. I boshqarish pulti; 2 karaydigan darcha; 3 ish stollari; 4 stullar; 5 negotoskoplar; 6 rakovinalar; 7 adaptatsiya fonari; 8 kichik himoya to'sig'i; 9 yumaloq aylanma stul; 10 katta voltli generator; 1 1 elsktron-optik o'zgartirgich (EOP); 1 2 universal shtatin; 13 tslevi. chor kuridmasi; 14---surat oladigan stol; 15 tik holatda surat oladigan ustun; 16-kushetka; 17 havo chiqarib-tortuvchi ventnlyatorlar; 18 olingan suratga ishlov beradigan kurilma; 19 saklovchi, fonar; 20 kassetani plenka bilap zarndlanadigan va zaradsizlantiradigan stol; 21 elektr tarmog'i rozetkasi; 22 metal shkaf; 23 elektr bilan plyonkani qurituvchi; 24«kirish mumkin emas» fonari.

Fotolaboratoriyada surat olingan plyonkalarga ishlov beriladi (tasvirni yoritish, mahkamlab qo'yish, oqib turgan suvda yuvish, quritish). Xonaning hajmi rentgen apparati ish stolining soniga qarab 912 m2 bo'lishi kerak. Surat chiqarish laboratoriyasi bilan protsedura xonasi orasida tambur va qo'sh qavat eshik bo'lishi lozim. Protsedura va surat chiqarish xonalari qorong'ilashtirilishi kerak, tabiiy va sun'iy yo'l bilan havo almashtirib turilishi lozim, buning uchun havo tortuvchi va yuboruvchi ventilator o'rnatiladi. Bu xonalarda sovuq va issiq suv bilan ta'minlangan ko'l yuvgich bo'lishi kerak.


Rentgen kabineti kerakli hamma jihozlar (kushetka, yozuv stollari va stullar, qizil va xira fonarlar, negatoskoplar va boshqalar), yozuv-chizuv buyumlari (bemorlarni hisobga, olish va ro'yxatdan o'tkazish jurnali, ruchka, qalam, daftarlar) va fotolaboratoriyaga kerakli asbob-anjomlar: plyonkalarga ishlov beradigan va okar suvda yuvadigan tank moslamasi komplekti, «assetaga plyonka joylaydigan va surat olgandan so'ng undan plyonkani chiqarib olish stoli, har xil kattalikdagi kassetalar (13X18, 18X24, 24X30, 30X40, 35X35 sm) va shunday rentgen plyonkalar, qizil fonarlar, negotoskop, qo'rg'oshindan ishlangan nomer quygich, quritgich shkaf, bariy sulfatni pishiradigan va saqlaydigan asboblar bilan ta'minlanishi kerak. Rentgen kabinetida yong'inga karshi asboblar (o't o'chirgich, belkurak, chelak va boshqalar) bo'lishi lozim.
Xodimlar- va bemorlarni nurlanishdan saqlash rentgendiagnostika kabinetida apparatni tartib bilan to'g'ri o'rnatishga, konetruktiv-texnika qoiddlarining bajarilishiga, texnikaning to'g'ri ishlashiga, nurlanishdan saqlaydigan zamonaviy va ratsional kollektiv hamda individual ishlatiladigan vositalarga, rentgen kabineti ishining to'g'ri tashkil qilinishiga, nur tarqatuvchi manbalardan saqlanish qoidalariga to'g'ri rioya qilishga, ish joylarining tartibli ravishda dozimetrik nazorat qilinishiga va xodimlarni har yili maksadli tibbiy kurikdan o'tkazib turishga bog'liq.
Rentgen kabinetidan nur tarqalmasligi uchun atrofi to'sib qo'yiladi. Bunday to'siqlar kuyidagilarga bo'linadi: a) statsionar (mustahkam) saqlaydigan to'siqlar (devor, pol, shift, eshiklar, qaraydigan darchani saqlovchi qoplama, ventilatsiya va b), nostatsionar saqlaydigan vositalar (kichkina va katta shirmalar, tubuslar, diafragma, ko'rg'oshinlangan oyna, rentgen trubkasidan nur chiqadigan joydagi filtrlar, ekran tagidagi fartiq).
Har bir rentgen kabinetida ikki komplekt himoya vositalars bo'lishi kerak. Qomplektga quyidagilar kiradi: ko'rg'oshinlangan rezina qo'lqoplar, fartiqlar va yubkalar; ularning ekvivalenti qo'rg'oshin plastinkasining qalinligi 0,31 mm ga teng; yaroqliligini aniqlash uchun ikki yilda bir marta tekshiruvdan o'tkaziladi.
Bemorni rentgenologik tekshiruvdan o'tkazganda radiatsiyadan saqlanish uchun rentgenolog shifokor nur kuchini kamaytirish chorasini ko'rishi kerak. Shu maqsadda u vaqt-vaqti bilan o'tkazilgan rentgenologik tekshiruv, uning soni va nurlanish dozasini hisobga olib borishi lozim; bemorga nur ta'sirini kamaytirish uchun texnikani ishlatish va tekshirish vaqtini qiskartirish; himoya choralarini ko'rish va diafragmani kisqartirish yo'llarini topish; tekshirish usullarini tartibli takomillashtirish, har bir xodim o'zining kasbiy saviyasini oshirishi va rentgenologik tekshirishni qat'iy ravishda klinik talabga muvofiq va vrach aytganidek qilib o'tkazish kerak.
Rentgendiagnostika apparati quyidagi qismlardan: boshqarish pulti, yuqori kuchlanishli transformator, kenotron, yuqori kuchlanishli tokni o'tkazadigan ekranli kabel, rentgen trubka, shtativ va ko'rsatadigan ekrandan tuzilgan. Elektr tokidan shikastlanmaslik uchun rentgendiagnostika apparatining metalldan ishlangan qismlari yerga kiritilgan himoya simiga ulangan bo'lishi kerak.
Boshqarish pulti rentgen apparatning elektr sistemasini sirtqi elektr tarmog'i bilan ulaydi, apparatning tegishli ish joyida va sharoitda ishlashini ta'minlaydi.
Boshqarish pulti har xil o'lchov asboblari bilan ta'minlangan bo'lib, ular tarmoqdagi tok kuchlanishini (V), yuqori kuchlanishni tokni (kV), tok kuchini (mA) ko'rsatadi, unda tarmoqdagi yuqori kuchlanishli tokni, uning kuchini, vaqtni ko'rsatuvchi, boshqarish uchun moslashgan asboblar, shuningdek apparatni tegishli ish joyida ishlash imkoniyatini beradigan asbob va elektron yorug'lik signalizatsiyasi bor.
Boshqarish pultida tarmoqdagi elektr tokini to'g'rilaydigan avtotransformator va tokni 15 V pasaytiruvchi transformator joylashgan bo'lib, u rentgen trubkasini va kenotronni qizitib, ishga tayyorlaydi.
Rentgen apparatining boshqarish pulti ikki bosqich ulanishga ega. Birinchi bosqich kizitish (tayyorlanish) bunda pasaytiruvchi (15 V) transformator ulanadi, kenotrondagi va rentgen trubkasidagi katodlarda joylashgan volframdan tayyorlangan spiral shaklidagi simlar yonib, ularni qizitadi va yuqori kuchlanishli tokni qabul qilishga tayyorlanadi. Tayyorlanish vaqti 1 10 sekund. Ikkinchi bosqich yuqori kuchlanishli tokni ulash. Pultni vrach-rentgenologning talabiga muvofik rentgen laborant boshqaradi.

3- rasm. Kenotron sxemasi.


1 katod; 2 anod.

Yuqori kuchlanishli transformator tarmoqdagi (127 V, 220 V, 380 V) o'zgaruvchan tokni yuqori kuchlanishli (30 kV dan 150 kV gacha) tokka (kV) aylantirish uchun belgilangan. Rentgen nurlarini olysh uchun zarur bo'lgan yuqori kuchlanishli doimiy tok kenotron orqali olinadi (3-rasm).


Kenotron havosiz (vakuum) shisha kolbaga o'xshaydi. Uning ichida, ikki tomonida elektrod joylashgan bo'lib, biri katod, ikkinchisi anod. Katod ichkari tomoni g'ildirakka o'xshash plastinka bo'lib uning orasida volfram simi bor. Katod o'rtada joylashgan ustunga mahkamlangan. Uning tashqi qismi pasaytiruvchi va yuqori kuchlanishli transformatorlar bilan bog'langan. Anod ichkari tomoni yumaloq, volframdan yoki molibdendan ishlangan plastinka bo'lib, taqsimchaga o'xshaydi va o'rtadagi ustunga mahkamlangan, ustun esa anodning kolbaga kirish qismiga qalaylangan bo'ladi. Anodning sirtqi qismi rentgen trubkaning elektr sistemasn bilan bog'langan. Yuqori kuchlanishli doimiy tok yuqori kuchlanishli tok o'tkazadigan kabel orqali rentgen trubkaga beriladi. Kenotron yukori kuchlanishli transformator ichidagi moyda sovutiladi.
P ye n t g ye n trubka elektr vakuum bo'lib, unda yuqori kuchlanishli katod nurlari rentgen nurlariga aylanadi. Buning uchun katod nurlari (elektronlar) ga katta tezlik beriladi, so'ngra ular anod yuziga urilishi uchun keskin ravishda to'xtatiladi. Katod nurlarining urilishi paytida ularning kinetik energiyalari issiqlik energiyasi va rentgen nurlariga aylanadi.
Rentgen trubkaning o'rta kismi sharga o'xshab, ikki uchi silindr shaklida, u joyga ikkita elektrod katod va anod payvandlangan. Katodning ichki qismi metall plastinkadan ishlangan kosachaga o'xshash bo'lib, uning o'rtasiga volfram spirali o'rnatilgan, U trubkani qizdiradi. Qatodning tashqi qismi kamaytiruvchi transformator va kenotrondan kelayotgan o'zgarmas yuqori kuchlanishli tokka ulangan. Anod misdan ishlangan ustun (sterjen) bo'lib, uning ichki qismi boshchaga o'xshaydi, yuz tomoni kiyshiq bo'lib, 19° burchak hosil qiladi. Uning yuzida fokus dog'i (trubka fokusi) bor, bu yerga katod nurlari urilib, rentgen nurlarini hosil qiladi. Rentgen nurlarining ekranda tasvir hosil kilishi rentgen trubkaning optiq tuzilishiga va paydo bo'lgan rentgen nurlarining soniga bog'lik. Trubka fokusi qanchalik kichik bo'lsa, nurlani manbai shunchalik kichiklikka (nuqtalikka) yaqinlashadi va rentge trubkaning optik xususiyati yaxshilanadi, bu esa rentgen nurlanishn katta intensiv darajada olishga imkon beradi. Trubka fokusid rentgen nurlaridan tashqari issiqlik energiyasi paydo bo'ladi v tarqaladi, u esa anodni tez qizdiradi va cho'g'lantiradi. Fokus dog' erib ketmasligi uchun uni volfram yoki platinadan ishlanadi. 1 Paydo bo'lgan issiqlik energiyasi misdan ishlangan boshchadan ustunga o'tib, tashqariga sovutish uchun chiqariladi, u yerda anod misdan ishlangan radiator bilan tugallanadi (4-rasm, A).
Rentgen trubka metall g'ilof ichiga joylanadi, rentgen nurlar esa kichkina maxsus oyna tuynuqdan tashqariga chiqadi, g'ilofning boshqa tomonlaridan nur o'tmaydi. Rentgen trubkani g'ilofga joylar bo'lgach, transformator moyi bilan to'ldiriladi. G'ilofning yuqori va past tomoniga o'rnatilgan ventilator moyni, moy esa rentgen trubkani sovutadi. Shunday qilib, rentgen trubka havo-moy usulida sovutiladi.
Rentgen trubka ishlayotgan vaqtda hosil bo'lgan rentgen nurlari har tomonga taraladi, uning asosiy qismi (markaziy nur) oyna teshikdan tashqariga chiqib, shtativdan o'tib ekranga tushadi va uni yoritadi.
Rentgen texnikasi rivojlanishi natijasida rentgen trubka mukammallashdi, uning optik xususiyatlarini saqlab qolgan holda, quvvati oshirildi va aylanadigan anodga ega trubka yaratildi. Bunday trubkalarda anod boshchasi uncha qalin bo'lmagan, kesik konusli, yumaloq bo'lib, o'z o'qi atrofida minutiga 27009000 marta aylanadi. Qonusli yon tomoni anodning oynasi vazifasini bajaradi va u rentgen nurlarining markaziy nurlanishiga 19° burchak hosil qiladi. Aylanadigan anodda optik fokusning o'lchami kichik (1X1 mm, 2,5X2,5 mm) bo'lib, suratlar esa ancha yaxshi sifatli (A. YA. Katsman). Aylanadigan anodli trubkalar quvvati katta kuchga ega, surat olish vaqti taxminan 0,010,1 sekund. Agar surat olish vaqti (viderjka) I sekunddan ko'p bo'lsa, bu trubkalar quvvati oddiy trubkalar bilan baravar hisoblanadi (4-rasm, B). SH t a t i v. Rentgendiagnostika apparatining shtativi stoli 10 mm qalinlikdagi fanerdan ishlangan, o'lchami 70X^00 sm. Shtativ bemorni turli vaziyatda (tik, yotgan holatda) tekshirishga imkon beradi va suriluvchan. Ba'zi apparatlarda surat olish stoli-vazifasini. o'taydi. . Rentgendiagnostika apparatida ykkita shtativ bo'lsa, uning bittasi surat olish uchun ishlatiladi. Rentgen nurlari bilan yoritiluvchi ekran. Rentgen nurlari ko'zga ko'rinmaydi, ularni bavosita yo'llar bilan aniqlanadi. Rentgen nurlari moddalar ichiga kirib singiganda yorug'lik hosil qiladi (lyuminessensiya), u qoroyg'ida yaxshi ko'rinadi. Yoritib ko'rish uchun (rentgenoskopiya) maxsus lyuminessent ekrandan foydalaniladi. Ekran kartondan tayyorlanadi va o'lchami 35X35, 30X40 sm bo'lib, bir tomoniga yelim aralashtirilgan lyuminessent moddalar (rux) sulfid, kalsiy volfromat va b. k. ) surtilgan. Unga rentgen nurlari tushganda sariq-yashil rangda nur sochadi. Rentgen nurlarining qattiqligi (intensivligi) qancha ko'p bo'lsa, ekran shuncha yaxshi ravshanlashadi. Ekran alohida gardishga o'rnatilgan, uning old tomonida turgan 10 mm qo'rg'oshinlangan oyna to'g'ri kelayotgan rentgen nurlaridan saqlaydi.



4-rasm. A. Rentgen trubka sxemasi.


I-katoding kizdiruvchi spirali; 2-trubka fokusi; 3 anid
boshchasi; 4 shisha kolba; 5 radiator; 6 - rentgen nurlari.
B. Anodi aylanadigan rentgen trubka sxemasi
1. shisha kolba 2 katod. 3 rentgen nurlari; 4 optika
fokusi; 5 - aylanadigan anod disji; 6 - stator; 7 elek-
trodvigatel rotori; 8 xaqiqiy anod fokusi.

Rentgen nurlari bilan yorug'lantirib ko'rgan vaqtda bemor rentgen trubka bilan (shtativ oldida) ekray orasida turadi. Rentgen nurlari jismdan (organdan) o'tganda, qisman singadi va har tomonga taraladi, boshqalari esa ekranga yetib borib, tekshirilayotgan organni ko'rsatadi.
Sanitariya qoidalariga ko'ra nurlanishdan saqlanish uchun rentgen kabinetida ortiqcha buyumlar bo'lmasligi kerak. Rentgen plyonkalar va rentgen suratlar (rentgenogrammalar) eshigi zich yopiladigan metall yashiklar va shkaflarda saqlanishi lozim.
Rentgendiagnostika kabinetida vrach-rentgenolog, rentgen-laborant va sanitarka ishlaydi, ular uchun qonun bo'yicha quyidagi imtiyozlar belgilangan: 5 soatlik ish kuni, oylik ish haqiga 15 % Qo'shimcha, 30 ish kunilik mehnat ta'tili va ish staji 7,5 yil, yoshi 5 ga to'lgan ayollarni, ish staji 10 yil, yoshi 50 ga to'lgan erkaklarni pensiyaga chiqarish.
Rentgen apparatlarini ishlatadigan mutaxassislar va rentgen kabinetida ishlaydigan xodimlar Sog'liqni saqlash vazirli qarori bo'yicha yiliga bir marta albatta tibbiy ko'rikdan o'tishlari va xavfsizlik texnikasini o'rgangan bo'lishlari shart. Vrach-rentgenolog rentgenologik tekshirishlarni radiatsiyadan xavfsiz holda o'tkazishga javobgar hisoblanadi.
Rentgenologik tekshirish o'tkazilayotgan vaqtda bemordan boshqa hyech kim bo'lmasligi lozim. Rentgen kabinetida va ko'chma rentgen apparatlaridan foydalanganda nur ta'siridan saqlanish choralari ko'rilishi kerak.
Ayollar homiladorlik davrida rentgen apparatida ishlashdan ozod qilinadi. Tug'ish yoshidagi ayollarni rentgenologik tekshirish 1 hayz ko'rganidan keyin birinchi hafta davomida o'tkazilishi mumkin, homilador ayollar esa, klinik ko'rsatmaga qarab, tez tibbiy yordam berish lozim bo'lgan hollarda homiladorlikning ikkinchi yarmida tekshirilishi mumkin.
Sog'lom kishilarni profilaktik rentgenologik tekshirish Sog'liqni saqlash vazirining buyrug'i va ko'rsatmaga muvofiq minimal nurlantiradigan katta formatli flyuorograf (flyuorografiya usuli) orqali o'tkaziladi, bolalar va homilador ayollar profilaktik rentgenologik tekshirishdan o'tkazilmaydi.
Rentgenologik tekshirishlarda nurlanadigan maydoncha minimal kattalikda bo'lishi, tekshirish vaqti kisqa bo'lib, tekshirishga ziyon keltirmasligi kerak. Tekshirish vaqtida hayot uchun zarur hamda jinsiy organlarni nur ta'siridan saqlash shart.
Ekranda yaxshi ko'rish (rentgenoskopiya) uchun vrach-rentgenoloYA 1015 minut davomida ko'zini qorong'iga o'rgatishi (adaptatsiya) kerak.
Rentgendiagnostika kabinetlarida o'tkaziladigan rentgenologik Tekshirishlar vaqtida xodimlar va bemorlarning nurlanish dozasini bilish uchun radiatsion nazorat o'tkazilishi zarur. Uning natijalari to'g'risida ikki nusxada bayon tuzilib, uning bir nusxasi rentgen kabinetida saqlanadi.
Rentgen kabynet xodimlarini kvartalda bir marta individual dozimetrik nazoratdan o'tkazilib, natijasi ish jurnaliga qayd qilinadi. Xodimlarning bir yil davomida olgan individual nurlanish dozasi hisob kartochkasiga yozib boriladi. Bunday kartochka tashkilotlarda 30 yil saqlanadi. Xodim boshqa joyga ishga o'tsa, kartochkasi o'sha joyga yuboriladi.
Odam. organizmida rentgen nurlariga qarshi ro'y beradigan biologik javob reaksiyasi nurlar energiyasining singdirilish miqdoriga bog'liq.
Bir ekspozitsion nurlanish dozasi 23x104 kl/-kr (sistemadan tashqari 9 R) deb qabul qilingan, uni bemor ko'krak qafasi organlarini rentgenoskopiya qilganda oladi (I. X. Rabkin, B. M. Aliyev).
Rentgenologik tasvirni kuchaytiruvchining (URI) qo'llanishi bilan bemorning nurlanishi o'rta hisobda 1012 marta kamaydi. Ekran rentgen nurlarini kuchaytiruvchi orqali 1000 martadan ko'proq ravshanlashdi. Bu esa tok kuchini kamaytirishga va rentgen trubkaga 1 keladigan yukori kuchlanishli tokni hamda rentgen nurlarining bemor terisiga ta'sir kuvvatini pasaytirishga imkoniyat yaratdi. Agar oddiy rentgenoskopiyani 1 minut o'tkazish 16,5X104 Kl/kg /g r) ni tashkil qilsa, URI bilan o'tkazish 1. 03X10"4 Kl/kg /0,4 R) Rentgen televizor bilan ishlaganda nurlanish dozasi 15 marta kamayadi va 1,03X10 Kl/kg (0,4 R/min)ni tashkil etadi. Natijada doza yig'indisi 2530 marta, xodimlarning nurlanish dozasi esa anchagina kamayadi.
Tomografiya qilgandagi nurlanish dozasi ko'krak qafasini rentgenoskopiya kilgandagi doza bilan baravar. Eng kam nurlanysh suratga olish (rentgenografiya) vaqtida bo'ladi.
Rentgenografiya paytida ko'shimcha filtrlar (Al, Cu) ko'llanilsa, kiradigan nur mikdori va bomornipg nurlanishi anchagina kamayadi, lekin surat sifatiga putur yetmaydi.
Me'dani rentgenoskopiya qilganda bemor nurlanish orkali oladigan integral singdirilgan doza anchagina katta va u rentgen-diagnostika apparatining markasiga bog'liq. ARD-2 apparatida 0,12 dan 2,79 kg/Gr gacha, RUM-4 da esa 0,022 dan 0,5 kg/Gr gacha (I. Jumayev).
Nurlanish dozasini kamaytirish uchun rentgen nurlaridan optimal darajada foydalanish, tekshirish sifatiga putur yetkazmasdan tekshirish vaqtini kisqartirish, nur taramini diafragmalashtirish, himoya vositalari (fartiqlar, qo'lkoplar, pardalar)dan foydalanish va bemorning tekshirilmaydigan qismlariga qo'rg'oshinlangan rezina yopib qo'yish lozim. Ayniqsa tug'ish yoshidagi ayollarning jinsiy organlarini nurlanishdan saklashga katta e'tibor berish kerak. Agar rentgenologik tekshirishda bemor katta dozada nurlanish olgan bo'lsa, takror va murakkab tekshirish oldingisidan 15 kun keyin kaytarilishi mumkin.
Har bir rentgen kabinetining ko'zga tashlanadigan joyiga davolash-profilaktika muassasasi boshlig'i tasdiklagan xavfsizlik texnikasi qo'llanmasi osib qo'yilishi lozim.
Bemorni rentgenologik tekshirish uchun asosiy xujjat vrach imzolagan yo'llanmadir. Har bir rentgenologik tekshirish asoslanishi va tekshirish qoidalari buzilmasligi kerak. Asossiz, noto'g'ri tayyorlangan bemorni vrach-rentgenolog tekshirmasligi mumkin va bu haqdagi asosiy dalillarni kasallik tarixi varaqasi yoki ambulatoriya kartasiga yozib ko'yishi zarur, chunki vrach-rentgenolog rentgenologik tekshirishni o'tkazish uchun javobgar hisoblanadi. Bemorni asossiz takroran rentgenologik tekshirishdan o'tkazmaslik uchun oldingi tekshirishlar natijasi to'g'risida ko'chirma yozib berish kerak. Vrach-rentgenolog o'tkazilgan rentgenologik tekshirish natijalarini va bemor olgan nurlanish dozasini kasallik tarixi varaqasi yoki ambulatoriya kartasiga yozishga majbur. Shunday yozuv hisobga olish va qayd etish jurnalida ham bo'lishi kerak.
Murakkab, maxsus va kontrast moddalar bilan rentgenologik tekshirishlar qat'iy ravishda klinik ko'rsatmaga asoslanib, oldindan vrach-rentgenolog roziligini olib tayinlanadi.
Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling